Referati mavzu: etika fanining predmeti, mohiyati kategoriyalari reja
Download 57.67 Kb.
|
Etika faning predmeti, mohiyati kategoriyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ezgulik va yovuzlik
- Yaxshilik va yomonlik
- Foydalanilgan adabiyotlar
Muhabbat va nafrat. Muhabbat bosh mezoniy kategoriya sifatida deyarli barcha asosiy kategoriyalarda va tamoyillarda o‘z «hissa»siga ega. Muhabbatning ob’ekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Allohmi,Vatanmi, yormi - muhabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir ob’ektni sevgan kishi boshqa ob’ektlarni ham sevishi tabiiy.
Ezgulik va yovuzlik. Asosiy kategoriyalar orasidagi yana bir juftlik - ezgulik va yovuzlik; ezgulik etikadagi eng muhim kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi - Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon bo‘ladi. «Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu a’mol» uchligi «Avesto» dan tortib barcha muqaddas kitoblarda etakchi o‘rinni egallashi ham shundan. Yaxshilik va yomonlik. “Yaxshilik va yomonlik” axloqning markaziy katigoriyalaridan hisoblanadi “Yaxshilik katigoriyasi odatda, kishining biror talabiga to‘la javob beradigan, unga yoqadigan, ma’lumbo‘lgan hatti – xarakatlar narsalarning ijobiy sifatlari, biror kishining manfaatini ko‘zlab ish tutish, ungamanfaat etkazish, xayrli, ezgu ishlarni amalga oshirish tushiniladi. Etikaning eng asosiy kategoriyasi Muhabbat hisoblanadi. Barcha kategoriyalar, tamoyillar va meyorlar zamira ham muhabbat tushunchasi yotadi. Faylasuf olim Abdulla SHer muhabbat kategoriyasini shunday izohlaydi: “Muhabbatning obekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Allohmi, Vatanmi, yormi - muhabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir obektni sevgan kishi boshqa obektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga bo‘lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga muhabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero, «o‘z-o‘zicha», «yakka», «xudbin» muhabbatning bo‘lishi mumkin emas. Inson o‘zi o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi. XULOSA Shunday qilib ‘’estetika’’ so’zi bir tomondan,amaliyotda insonning nafis hissiyotini,nafis didini,uning go’zallikka,san’atga munosabatini anglatadigan atama bo’lsa , ikkinchi tomondan ,sub’ekt va ob’ektdagi,ya’ni inson bilan voqealikdagi estetik xususiyatlarini falsafiy nuqati nazardan o’raganadigan fanning nomidir. «Milliy g’oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan - biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodali, tugal namunasi hali-hanuz yaratilmagan, tushunchalarni o’zimizda tasavvur qilishimiz kerak deb o’ylayman. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g’oyalarning ma‘no-mazmunini teran anglab yetishga xizmat qiladi» deb ta’kidlagan birinchi prezidentimiz I.A.KARIMOV Davlatimiz madaniy –ma’naviy mustaqilligini ta’minlashda sharqona odob, axloq, milliy qadriyatlar, urf – odat va an’analarimiz asosida tarbiyalash nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti jumhuriyatimizga xorijiy mamlakatlarning sarmoyasi, yangi texnologiyasi, zamonaviy boshqaruv usullari bilan bir qatorda ularning madaniyati, turmush tarsi, dunyo qarashi kabilarni ham olib kelmoqda. Jamiyat rivojlanib borgan sari uning axloqiy tizimi ham o’zgarishlarga ehtiyoj sezib boradi. Shu manoda shaxs «jamiyat ehtiyojlariga ko’ra axloqiy jihatdan saqlanib borsa, u ijtimoiylashadi» . Hozirgi rivojlanish bosqichida jamiyatimizning manaviy- axloqiy muhitini ba’zi kuchlar tomonidan buzishga intilishlar borligi sir emas. Kishilarning, ayniqsa yoshlarning ongi, ruhiyati va kayfiyatini milliy istiqlol g’oyasi bilan ta‘minlash, yoshlarning axloqiy darajasini yuksaltirish va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek o’lkan vazifalar turibdi. Bu vazifalarni faqat axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Falsafa o’quv qo’llanma (Toshkent-2019) 2.Falsafa Axmedova M.A (Toshkent-2005) 3 ‘Falsafa’’ o’quv qo’llanma (Samarqand 2016) Download 57.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling