Referati mavzu: etika fanining predmeti, mohiyati kategoriyalari reja
Har bir fan o’z kategoriyalar sistemasiga ega bo’lgani singari etika fanining ham maxsus kategoriyalar sistemasi mavjuddir
Download 57.67 Kb.
|
Etika faning predmeti, mohiyati kategoriyalari
Har bir fan o’z kategoriyalar sistemasiga ega bo’lgani singari etika fanining ham maxsus kategoriyalar sistemasi mavjuddir.
Kategoriya (lot) – hukm ta’rif ma’nosini anglatadi. Etika kategoriyalari jumlasiga: yaxshilik va yomonlik, burch, adolat, vijdon, sha’n va or-nomus kabilar kiradi. Etika kategoriyalarining o’ziga xosligi shundan iboratki ularda fan sifatida etikaning amaliy asosini tashkil etuvchi aniqlik eng muhim tomonlari va elementlari umumlashtirilgan holda o’z ifodasini topadi. Etika kategoriyalari axloqiy munosabatlarning ob’ektiv qonuniyatlarini jamiyat axloqi hayotini hamma tomonlari va rang-barangligini aks ettiradi. Ularda kishilar xatti-harakatlari, qiliq va xulq atvorlari maqullanishi yoki qoralanishi o’z aksini topadi. Axloq kategoriyalari o’z mazmuni jixatidan ob’ektivdir. Etika kategoriyalarining ko’pchiligi qutbiy, qarama-qarshi harakterga ega, chunonchi yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik kabi. Har bir kategoriyaning o’ziga xos xususiyatlari bor va uning bilan jamiyat o’rtasidagi aloqaning ma’lum tomonlarini aks ettiradi, ilmiy bilimning turli pogonalarini ifodalaydi. Ba’zi bir kategoriyalar axloq sohasini nisbatan juda keng kamrab oladi va o’z mazmuniga ko’ra bir muncha umumiy hisoblanadi, boshqalari esa nisbatan tor kategoriyalar bo’lib, axloqiy munosabatlarni shaxsning ichki dunyosi orqali bir muncha yakqol aks ettiradi. Yaxshilik va yomonlik axloqiy ongning birmuncha umumiy tushunchalariga mansub bo’lib, axloqlik va axloqsizlikning ma’nosi, mazmuni shuningdek farqi hamda qarama-qarshiligini yaxlit bir shaklda ifoda etadi. Insonlar bu kategoriyalar yordamida tevarak atrofimizda, kundalik hayotimizda ruy berayotgan hamma xodisalarni baholaydilar hamda ma’no mazmuniga yetadilar. Yaxshilik va yomonlik o’zaro munosabatli, ayni vaqtda kutbiy va bir-birini inkor etuvchi kategoriyalaridir. Agar yaxshilik kategoriyasida birmuncha ijobiy ya’ni axloqiy idealiga mos keladigan narsalar haqida tasavvurlar jamlanib, yomonlik tushunchasida kishilarning idealiga zid keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarda insoniylik o’zaro hurmat-izzatga tuskinlik qiluvchi tushunchalar va tasavvurlarni ifodalaydi. Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’ladilar: nafis tarbiya topib, yaxshilik qilishga odatlangan yaxshi xulqli va yomonlikka tavsif qilib yomon xulqli deb ataganlar. Insoniyatning axloqiy taraqqiyoti qandaydir tugal bo’lishi mumkin emas. Yaxshilik hamisha konkretdir va o’zining ziddi yomonliksiz bo’lmaydi. Etika yoxud axloqshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi bir necha ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Axloq (arab. хulqning ko’pligi; lot. moralis- hulq-atvor)-ijtimoiy ong shakllaridan biri. Axloq-kishilarning tarixan tarkib topgan xulq -atvori, yurish turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro, shuningdek, jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig’indisi. Аxloq- butun boshliq jamiyat a’zolari, millat, хаlq, shaxs аmal qiladigan ijtimoiy tartib-qoida bo’lib,ushbu tartib-qoidalar yordamida inson hatti-harakati tartibga solinadi, ya’ni boshqariladi Axloq –ijtimoiy borliqning ta’sirchan omillaridan biridir. Davr o’zgara borgan sari har qanday hodisa kabi axloq ham o’zgaradi, rivojlanib, takomillashib, ma’naviy madaniyatning ko’rinishlaridan biriga aylanib boradi.Axloqni alohida falsafiy fan-<> o’rganadi.. «Etika –burch haqidagi fandir» degan fikr haqiqatga yaqindir. Chunki, burch- axloqning asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, u shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabatidir. «Burch shaxsning axloqiy faolyatinig ifodalovchi ma’suliyat, onglilik vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’liqdir»2. Zero, fikrlar xilma-xilligi umuminsoniy- axloqiy qadriyatlarni ma’naviy idial tarkib vositasida jamiyatga singdiradi. Odob–(аrab.adаb so’zining ko’pligi)-хulq –атvor, jamiyatda e’tirof etilgan xulq me’yori shaxs ma’naviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va u bilan munosabatda namoyon bo’ladi. Оdob asosida axloqiy tamoyillar, me’yorlar , tarbiyalanganliklar darajasi va estetik ideal talablari yotadi. Odob kishining jamoat orasida o’zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yusinda muomala qilishi, o’z turmushi, bo’sh vaqtini qanday tashkil etish, inson tashqi qiyofasi qanday bo’lishi lozimligiga mansub qoidalar. Misol uchun, faylasuf olim V. Semyonovning fikricha, bugungi jamiyatning axloqiy muhitini talab darajasida saqlab qolish etika fani zimmasiga tushadi va bunda etika insonni quyidagi olti jihatdan o’stirish hamda rivojlantirishga diqqat qilishi lozim: Insonni hayotiy maqsadga o’rgatish. Insonni ma’naviy-axloqiy o’stirish. Insonda ijodkorlikni rivojlantirish. Insonni jismoniy va ma’naviy jihatdan uyg’un rivojlantirish. Insonni erkinlikka o’rgatish. Insonni maqsadli tarbiyalash. Download 57.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling