Referati mavzu: etika fanining predmeti, mohiyati kategoriyalari reja
Download 57.67 Kb.
|
Etika faning predmeti, mohiyati kategoriyalari
Or-nomus kategoriyasi ijodining jamiyatdagi o’z qimmatini anglashi hamda bu qimmatining jamiyat tomonidan tan olinishini ifodalaydi. Or-nomus axloqiy tushuncha sifatida ishchida shaxsiy ijtimoiy ahamiyati va ximmati hosil bo’ladigan fazilatlarning, ya’ni jamiyat. Baxt-saodati va uning taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan fazilatlarning mavjudligini ko’rsatadi.
Or-nomus tushunchasi shaxsiy qard-qimmatni anglatishini o’z ichiga oladi. Bu axloqiy tushunchalar bir-biri bilan uzviy aloqada va ko’p jixatdan bir-biriga o’xshaydi. Or – bu o’ziga nomunosib yoki ko’rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg’usidir. Bundan o’z o’rnida hozir qilish yoki bo’lmasa obru e’tibor, fikrlanish ma’nolarini ham bildirish mumkin. Oriyat – bu or-nomusdan tashqari izzat-nafs, qadr tuyg’usidir. Odatda oriyatli odamlar o’zlari va oilalarining izzat-nafslarini yuksak tutadilar va o’zgalarni ham qadrlay biladilar. Nomus – bu iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari o’z mavqeini saqlash, ulug’lash va ardoklash, xijolat tortish tuyg’ularini, oila va ajdodlar sha’niga turmushini ma’nosini ham ifodalaydi. Odatda nomusli odam ma’naviy qadriyatni moddiy boylikka almashishni o’ziga ep ko’rmaydi. 1991 yil 1 sentyabrda o'zbek xalqiga baxt qo’lib boqdi. Xalqimiz uzoq asrlar davomida intiq bo’lib kutgan orzusi mustaqillikka erishdi. Istiqlol tufayli urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Natijada farovonlik, osoyishtalik baxtiga erishdik. Bugungi kunda har bir O'zbekistonlik o’zini ona yurtining ajralmas bo’lagi deb his qiladi va undan faxrlanadi, ya’ni o’zini baxtli deb biladi. Baxtli bo’lish orzusida yashagan kishining qalbi pok bo’lishi, o’z nafsini tarbiyalash, yaxshi ishlarni bajarishni odat qilishi zarur.Kishilar boshqalar bilan bo’lgan munosabatlari o’z muvaffaqiyatlariga erishganlarida, ijodiy ishlaridan mamnun bo’lganlarida o’zlarini baxtli sezadi.Shuning uchun ham xalqimizda «Kishining baxti-bir bilagi», «Baxt yo’lda emas, qo’lda», «Baxtli odam izlama, baxt yo’lini izla» kabi maqollar mavjud.Hamma narsa bo’la turib, obrusi bo’lmagan odam eng baxtsizdir. Kishi qalbidan joy olish eng ulug’ baxt. Baxtni sovg’a qilib bo’lmaydi.Har bir kishi o’zini baxtli bo’lishini orzu qiladi. Ammo baxtli bo’lish hammaga ham nasib etavermaydi. Baxtli bo’lgan kishilar hayotiga nazar tashlang. Ularning ko’pchiligi mehnat bilan hurmat qozongan. Hayotda oilani tinch – totuvligi, farzandlarining kamoli ham katta baxt. Shu bois har bir kishi uchun oila baxtdan ulug’ baxt bo’lmasa kerak. Abdulla Kaxxor baxt haqida shunday yozadi:»Baxtni birovlarning ostonasidan izlashning o’zi baxtsizlikning boisi»Baxtli kishi doim kuvnok yuradi. Uning aqli ilmi – baxt hammasidir. Axloqiy etikaviy muammolar qatorida yashashidan maqsad va hayotining ma’nosi haqidagi, insonning va vazifasi haqidagi, kishilar hayotining maxfiy sirlari va murakkabligi haqidagi masala markaziy o’rinlardan birini egallaydi. Hayotning ma’nosi muammosibuyicha hayot faoliyatning umumiy yo’nalishi to'g'risidagi masalalar. Hayot bemani bo’lmasligi uchun nima qilmay, qanday yashash kerak degan savolga javob izlash har bir kishining dikkat markazida bo’lib kelgan va turadi, axir kishi nimanidir o’zgartirish uchun va shu bilan birgalikda o’zini bunday o’zgartirishlarga qobil shaxs sifatida qaror topshirish uchun dunyoga kelgan.Etika ishonch hayotini tan olgan holda faqatgina hayotini to'g'ri tushinishga kishiga ishonch bagishlaydi, uning xulqiga, yurish turishiga maqsad sari to'g'ri yo’nalish beradi deb hisoblaydi.Hayotning haqiqiy ma’nosi «Yashashningn siri» jamiyat rivojlanishining yetilgan vazifalariga qoyib berishdan, ijodiy mehnatdan iboratdir. Inson o’z hayotining oqilona asosini va vazifasini, o’z istikbollarni, butun afoliyatiga ko’ra bilimi anglashishi va utshinishi kerak. Agar maqsadni oshirish yo’lida inson birma – bir o’tib bo’lmas to’siqqa uchrasa, u o’z hayot ma’nosidan maxrum bo’lmasligi uchun umumiy hayotiy yo’liga muofiq keladigan boshqa olijanob maqsadlarni qanchalik olijanob, sakson bo’lsa hayotning ma’nosi shunchalik teran va ahamiyatlirok bo’ladi.Birok inson hayotining ma’nosi faqat jamiyat baxt saodatga erishganligiga bog’lab qoyish yaramaydi, hayotning ma’nosi o’z – o’ziga xizmat qilishda ham, shaxsiy baxtga erishishda ham namoyon bo’ladi. Har bir fan o‘z kategoriyalar tizimiga ega. Axloq kategoriyalari deb, jamiyat axloqiy hayotidagi umumiy,muhim tomonlarni, xususiyatlar va munosabatlarni inson tomonidan o‘zlashtirish usullarini aks ettiruvchi kategoriyalarga aytiladi. Axloq katigoriyalarining o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular fan sifatidagi etikani amaliy asosini tashkil etuvchi axloqning eng muhim tomonlari va elementlari umumlashgan xolda o‘z ifodasini topadi.Axloq kategoriyalarining ko‘pchiligi qarama – qarshi xarakatlarga ega, chunonchi muhabbat va nafrat, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, kamtarlik va takabburlik, sadoqat va hiyonat turli ijtimoiy fakt va xodisalarni qamrab oluvchi baho katigoriyalari bo‘lsa, burch, vijdon, sha’n, qadr – qimmat, baxt nisbatan tor katigoriyalar bo‘lib, axloqiy munosabatlarni shaxsni ichki dunyosi orqali birmuncha yaqqol ask ettiradi. Download 57.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling