O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Buxoro Davlat Universiteti
Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar
Bo’yicha yo’nalishi talabasi
Nozimov Nizomning
Referati
Mavzu: “Hisobdor shaxslar bilan hisob kitob auditi”
Buxoro-2022
Reja:
1. Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalar
2. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditi.
3. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi
4. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi
Hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
Ichki hisob-kitob muomalalari xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo’yicha, hisobdor shaxslar va boshqa muomalalar bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi. Bu hisob-kitoblar asosan naqd pul bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ichki hisob-kitoblar ataylab yoki bilmasdan ko’p hato-kamchiliklarga yo’l qo’yiladigan soha bo’lib, auditordan tekshiruvda maxsus e’tibor qaratishni talab etadi.
Ichki hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan asosiy maqsad buxgalterlik hisobotidagi ichki hisob-kitob muomalalariga doir debitorlar va majburiyatlar aks ettiriladigan bo’limning ishonchliligi, qo’llanilayotgan hisob va soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.
Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi quyidagilarni aniqlashdan iborat:
to’liqlik – barcha muomalalarning buxgalteriya hisobotida aks ettirilganligi, hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yo’qligi;
mavjudlik – balans tuzish sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat haqi, hisobdor summalar va boshqalar) bo’yicha majburiyatlar mavjudligi va ushbu majburiyat summalarning katta-kichikligi;
huquq va majburiyatlar – ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlar summalari to’g’riligi uchta (shaklan, qonuniylik va haqqoniylik) mezonlaridan kelib chiqqan holda;
Do'stlaringiz bilan baham: |