Referati mavzu: Iqtisodiy islohotlar,xususiy mulkchilikning shakllanishi
Majmuada 700ga yaqin kishi ish bilan ta‘minlandi. Turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi ish o’rni yaratildi
Download 30.03 Kb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi
Majmuada 700ga yaqin kishi ish bilan ta‘minlandi. Turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi ish o’rni yaratildi.
3. Qishloq xo’jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tishning asosiy yo’nalishlari va bosqichlari. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, xalq xo’jaligining barcha sohalarida tub islohotlar o’tkazish jarayoni boshlandi. Bu, tabiiyki, qishloq xo’jaligi sohasiga ham xos bo’lib, natijada soha, mulk egalari o’zgarib, yangi istiqbolli xo’jalik yuritish shakllari paydo bo’ldi.Mamlakat rahbari tomonidan mustaqillik arafasi va uning ilk yillaridayoq agrar sohadagi islohotlarning ustuvor yo’nalishlari belgilab berilgan edi. Jumladan, qishloq xo’jaligini diversifikatsiyalash, paxta yakkahokimligidan voz kechish, qishloqda turli xo’jalik yuritish shakllarini joriy qilish asosida ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, tadbirkorlik, xususan, fermer xo’jaliklari tashkil etishni qo’llab-quvvatlash va ularning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholini, avvalo, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish hamda qishloq aholisining turmush darajasini oshirishga alohida e‘tibor qaratildi.O’zbekiston o’tgan asrning 90-yillari boshida aholini oddiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham ta‘minlay olmaydigan darajaga tushib qolgan edi. Ma‘lumotlarga qaraganda, 1990 yilda aholi iste‘moli uchun zarur bo’lgan g’allaning 82 foizi, kartoshka, go’sht va go’sht mahsulotlarining 50 foizi, sut va sut mahsulotlarining 60 foizga yaqini chetdan keltirilar edi. Mamlakat importi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 70 foizdan ortiqni tashkil qilgan.Paxta monopoliyasi tufayli respublikada go’sht va sut yetishtirish imkoniyatlari cheklab qo’yildi, ilmiy asoslangan almashlab ekishning buzilganligi yer eroziyasiga sabab bo’ldi, suv manbalarining imkoniyatlari tobora kamayib borishi qishloq xo’jaligini halokat yoqasiga olib keldi. Jumladan, qishloq xo’jaligida ekstensiv rivojlanishni "moliyalashtirish" oqibatida 1971-1985 yillarda birgina O’zbekistonda 1,6 mln. gektar sug’oriladigan yerlar xo’jalik oborotiga qo’shimcha kiritilgan edi. Bu esa Markaziy Osiyoda Orol dengizi qurishini jadallashtirdi va ekologik inqirozni keltirib chiqardi. Shu bilan birga, respublika iqtisodiyoti paxtaga qanchalik bog’liq bo’lmasin, uni qayta ishlash va undan tayyor mahsulot tayyorlash markaz tomonidan monopollashtirilgan edi. Masalan, mustaqillik arafasida tayyorlanayotgan paxta xom ashyosining faqat 4-5 foizi O’zbekistonda qayta ishlangan. Ya‘ni 4,5-5 mln. tonna paxta xom ashyosi yetishtirilgani holda, pecpublikadagi korxonalar to’la quvvat bilan ishlab, atigi 150 ming tonna paxtani qayta ishlardi. Shu bilan birga, qishloqlarimizda 240 ming oilaning yeri yo’q, 1,8 milliondan ko’proq hovli esa uy-joy kurilishi va qishloq xo’jaligi maxsulotlari yetishtirish uchun kengaytirishga juda muhtoj edi. Shunga qaramasdan, haydaladigan yerlarning atigi 5 foiziga ega bo’lgan shaxsiy yordamchi xo’jaliklar qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining to’rtdan bir qismini ishlab chiqargan. Yetishtirilayotgan sabzavot, poliz ekinlari, go’shtning yarmidan ko’prog’i va sutning uchdan ikki qismi ular hissasiga to’g’ri kelgan. Yuqorida qayd etilgan muammolar hamda mustaqillik arafasida respublikada yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy keskinlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etdi.Sobiq Ittifoq davridayoq, qishloq aholisining iqtisodiy va moddiy ahvolini yaxshilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan, ijtimoiy himoya qilish, ular daromadini oshirish va oziq-ovqat masalasini hal etish maqsadida 1989 yil 19 avgustda "Qishlokda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta‘minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida" qaror qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjatda qishloqla yashovchi har bir kishiga o’rtacha 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar ko’paytirish ko’zda tug’ilgan edi. Bu boradagi amaliy ishlar natijasida 1989-1990 yillarda bir yarim milliondan ko’proq oilaga qo’shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari berildi. Bundan tashqari, yuz minglab gektar sug’oriladigan yer texnik ekinlar oborotidan chiqarildi, paxta yetishtirish rejasi 700 ming tonnaga kamaytirildi. Bu paxta yakkahokimligini bartaraf etish yo’lidagi dastlabki, ammo o’ta muhim amaliy qadam edi, Bunday ijtimoiy, iqtisodiy, qolaversa, siyosiy tadbir natijasida mamlakatning 2 milliondan ortiq oilasi yoki o’rtacha 10 mln.dan ziyod qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy muammosi hal etildi. Mazkur yirik ijtimoiy-iqtisodiy tadbir mamlakatimizda yerni uning haqiqiy egasiga berish va mahsulotlarni ko’paytirish yo’lidagi ilk qadamlardan biri bo’ldi.Haqiqatan ham ko’p yillar davomida iqtisodiyotda bir tomonlama siyosat olib borilishi natijasida qishloq xo’jaligi respublika iqtisodiyotining eng muhim tarmog’iga aylangan edi. Chunonchi, mustaqillik arafasi va uning dastlabki yillarida sanoatning aksariyat qismi iqtisodiyotning agrar tarmog’iga bog’liq edi.Mustaqil O’zbekiston boshidan og’ir kunlarni kechirganida, qishloq xo’jaligidan olingan mahsulot respublikaning qiyin vaziyatdan chiqishida muhim omil bo’ldi. Islom Karimov 90-yillar boshida Samarqand viloyati faollari bilan bo’lgan uchrashuvda respublika aholisini faqat oziqovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash uchun har oyda 55 ming tonna paxta tolasini iste‘mol mahsulotlariga almashtirishga to’g’ri kelayotganligini ta‘kidlagan edi.Keyingi davrda ham qishloq xo’jaligi o’z mavqeini yo’qotmadi. Chunki mamlakat yalpi ichki mahsulotining to’rtdan bir qismi iqtisodiyotning ana shu tarmog’iga to’g’ri kelar edi. Bundan tashqari, respublika ishlab chiqarish va intellektual salohiyatining yarmidan ziyodi qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lib, 1992 yilda davlatga kelayotgan jami valyutaning 50 foizdan ortig’i qishloq xo’jaligi mahsulotlarining eksportidan tushdi. Ijtimoiy nuqtai nazardan olib qaraganda, respublika aholisining asosiy qismini (60 foizdan ortiqrog’i) qishloq aholisi tashkil qilib, ularning turmush darajasi va moddiy-ma‘naviy farovonligi bevosita ushbu tarmoq bilan bog’liq edi.Shu bilan birga, iqtisodiyotning ushbu muxim tarmog’ida yillar davomida to’plangan va yechimini kutayotgan muammolar qishloq xo’jaligiga nisbatan davlat siyosatini tubdan o’zgartirishni talab kilardi. Shu o’rinda bir misol keltirish o’rinli. Gollandiyada bir nafar fermer 80 kishiga yetadigan qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiradi. Ya‘ni, bu mamlakat fermerlari o’z mamlakatining aholisini boqibgina qolmay, Yevropaning ko’pgina mamlakatlariga oziq-ovqat mahsulotlarini eksport ham qiladi. O’zbekiston davlat va jamoa xo’jaliklarida esa bir dehqon ko’pi bilan 2-3 kishiga yetadigan mahsulot ishlab chiqarar edi. Bu respublikada qishloq xo’jaligi mehnat unumdorligining pastligini ko’rsatar, uning sabablarini bartaraf etish uchun esa yangicha iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishni talab etar edi.Ayni paytda, qishloq xo’jaligiga nisbatan davlat siyosatida ikki xil holat kuzatildi: birinchidan, qishloq xo’jaligiga nisbatan sanoat uchun xom ashyo bazasi sifatida qarash va unga asosan xom ashyo bazasi sifatida munosabatda bo’lish (sovet davri amaliyoti); ikkinchidan, sanoat bilan qishloq xo’jaligining uyg’unlikda rivojlanib borishini ta‘minlash, ya‘ni agrar sohani sanoat asosiga qo’yish orqali mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy-ma‘naviy istiqbolini ta‘minlash chora-tadbirlarini ko’rishga alohida e‘tibor berish va qo’llab-quvvatlash (mustaqillik davri).Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki, davlat siyosatida qishloq xo’jaligini rivojlantirishning ikkinchi yo’lini tanlagan mamlakatlarda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni hal etishda katta yutuqlarga erishish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, qishloqqa nisbatan siyosati ilg’or bo’lgan mamlakatlar tajribasini o’rganish va ularning respublika uchun ma‘qul tomonlarini olish, o’zbek xalqining qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish borasidagi tarixiy ananalariga, milliy va mahalliy xususiyatlariga tayanish agrar islohotlar mohiyatini tashkil etdi.Albatta, respublika qishloq xo’jaligining holati keskin choralar ko’rish o’rniga, bosqichma-bosqich, keng qamrovli, islohotlarning bevosiga mavjud shart-sharoitlar hisobga olingan holda amalga oshirilishini taqozo etar edi. Download 30.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling