Referati mavzu: Iqtisodiy islohotlar,xususiy mulkchilikning shakllanishi
Download 30.03 Kb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Iqtisodiy islohotlar,xususiy mulkchilikning shakllanishi. B
- 2. Itisodiyotdagi muhim tarkibiy o’zgarishlarning amalga oshirilishi va sanoatning rivojlanishi.
- 1. Bozor munosabatlariga o’tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI 101- GURUH LOGOPEDIYA YO’NALISHI 1-BOSQICH TALABASI MIRZAYEVA KOMILANING O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan REFERATI
Mavzu: Iqtisodiy islohotlar,xususiy mulkchilikning shakllanishi. Bajardi: Mirzayeva Komila Qabul qildi: Mirzaxamdamova Dildora Mavzu:Iqtisodiy islohotlar,xususiy mulkchilikning shakllanishi. REJA:
2. Itisodiyotdagi muhim tarkibiy o’zgarishlarning amalga oshirilishi va sanoatning rivojlanishi. 3. Qishloq xo’jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tishning asosiy yo’nalishlari va bosqichlari. 4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi. 5. Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi. 1. Bozor munosabatlariga o’tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari. O’zbekistonning hayoti deyarli 130 yil mobaynida chor Rossiyasiga, Sovet tuzumiga, hokimiyat tepasiga kelib-ketib turgan rahbarlarning g’ayriinsoniy siyosatiga, jamiyatdagi hukmron partiya tutgan yo’lga bog’liq bo’lgan.Mustabid tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib, odamlarning kundalik turmushiga daxldor bo’lgan barcha katta-kichik masalalarni hal etishni ham o’z zimmasiga olgani uchun mamlakat taraqqiyoti sustlashib, xalq turmush darajasi kundan-kunga pasayib borgan. Davlatlatlashtirilgan iqtisod defitsitli iqtisodga aylandi. Mustaqillik arafasida eng zarur tovarlarning ilgari sezilmagan taqchilligi shiddat bilan kuchayib bordi. Defitsit za-monaviy tovarlar u yoqda tursin, hatto kundalik ehtiyoj tovarlarni ham qamrab oldi, inflyatsiya jarayoni kuchaydi. Iqtisodiyotdagi obyektiv qonuniyatlarning ko’r-ko’rona inkor egilishi ishlab chiqarishning o’sishiga salbiy ta‘sir qilib, tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarning zo’rayishiga sharoit yaratdi. Mulkka nisbatan davlat monopoliyasining o’rnatilishi, tovar-pul munosabatlaridan oqilona foydalana bilmaslik, uning o’rniga ma‘muriy taqsimlashga asoslangan partiya-davlat boshqaruv tizimining cheksiz hukmronligi xalqning bunyodkorlik xislatlari yo’lida to’g’anoq bo’ldi. Natijada, sobiq Ittifoqda yillar davomida shakllangan xo’jalik aloqalarining uzilishi ishlab chiqarish darajasining nihoyatda pasayib ketishiga olib keldi.Ittifoq tarkibidati davlatlar ichida, ayniqsa, O’zbekistonning bir yoqlama iqtisodiyoti bilan mavjud vaziyatdan chiqib ketishi ancha qiyin edi. Chunki respublikada ko’p yillar davomida shakllangan xalq xo’jaligi tarkibi, ya‘ni unda paxta yakkahokimligining o’rnatilgani, xom ashyo resurslarining Ittifoq ehtiyojlari uchun ayovsiz ishlatilishi, texnologik jihatdan oxiriga yetkazilmatan va ishlab chiqarishning xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotni tayyorlashga moslashtirilgani, aksariyat sanoat, hatto oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan keltirilishi va boshqa bir qator sabablar respublikaning markazga qaramligini mustahkamlab, import mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojning ortishiga olib keldi.Respublikada yuzaga kelgan bunday holatni O‘zbekiston Respublikasi (keying o‘rinlarda O‘z.R)ning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tahlil qilib, shunday degan edi: "Bir necha o’n yillar davomida respublikada ssenariysi uzoq markazda to’qilgan qarorlar amalga oshirildi, "kampaniya"lar o’tkazildi. O’zbekistonning chinakam manfaatlari, o’ziga xos sharoiti va imkoniyatlari pisand qilinmadi. Natijada xalq xo’jaligining nuqsonli, bir tomonlama xom ashyo tuzilmasi shakllandi. Respublika ayrim xom ashyo turlarini, yoqilg’i, asbob-uskunalar va texnologiyanigina emas, balki hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarini, xalq iste’moli mollarini chetdan keltirishga majburdir" (Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat,mafkura. 1-j. -T.: O’zbekiston, 1996. B. 61).Mustamlakachilik siyosati oqibatida O’zbekiston iqtisodi zaif bo’lgani holda, o’z yeridagi boylikni o’zi tasarruf etish huquqidan ham mahrum edi. O’zbekistonning yer osti boyliklari umumittifoq mulki deb qaralar, hatto, "... oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar, jahon bozorida o’ta xaridorgir bo’lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O’zbekiston xazinasiga tushmas edi"(Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-j. -T.: O’zbekiston, 1996. B. 371). Faqat sovet davrining so’nggi 15 yili ichida kamida 35 milliard dollarlik boylik paxta va oltin Markaz ehtiyoji uchun olib chiqib ketilgan. Ular O’zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qilmas edi, albatta.Boz ustiga, bu davrga kelib markaz o’zining ko’plab nuqsonlarini yashirish va mamlakatdagi mavjud yetishmovchiliklarni o’z bo’ynidan soqit qilish maqsadida, oziq-ovqat, xalq iste‘moli mollari va moddiy resurslar bilan ta‘minlashni ittifoqdosh respublikalar zimmasiga majburan yuklagan edi. Bu hol azaldan shakllangan xo’jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (mahsulot bilan ayirboshlash) shakliga o’tishiga olib keldi, mintaqaviy xo’jalik yuritish g’oyasini vujudga keltirdi va g’ayriintegratsion jara yonlarga turtki bo’ldi.Yillar davomida to’planib qolgan va hal etilmagan ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar oxir-oqibatda respublikada tanglik holatini yuzaga keltirdi. "Bugun ochiq aytaversak ham bo’ladi, 1991 yilning oxiri va 1992 yilning boshida ko’p narsalarda uzilish bo’lib, juda og‟ir ahvolga tushib, naq ocharchilik ostonasida turar edik" (Karimov I.A. O’zbekistoi: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: O’zbekiston, 1996. B. 3). O’zbekistonni bunday iqtisodiy tanglikdan taraqqiyot yo’liga chiqarish uchun mamlakat iqtisodiy tizimini yangilash, eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga o’tish taqozo etilardi. Shunday o’ta og’ir vaziyatda, Islom Karimov O’zbekiston rahbari etib saylanganining ertasi kuniyoq, 1989 yil 24 iyunda, hukumat majlisida nutq so’zlab, respublikada vujudga kelgan nomurakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga obyektiv baho beradi va uning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, shunday mantiqiy xulosa chiqaradi: "Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi” (Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: O’zbekiston, 2011. B. 32-45).O’zbekistonning sharoiti va manfaatlari hisobga olingan xolda yangi dasturlar qabul qilindi. O’zbekistonning yangi tarixida birinchi dastur 1990 yil oktabr oyida, O’zbekiston SSR Oliy Sovetining uchinchi sessiyasida qabul qilindi, u "O’zbekiston xalq xo’jaligini barqarorlashtirishning asosiy yo’nalishlari va bozor iqtisodiga kirib borishning tamoyillari", deb nomlanadi.Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi: Download 30.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling