Referati mavzu: Iqtisodiy islohotlar,xususiy mulkchilikning shakllanishi
- ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkka munosabatni o’zgartirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har
Download 30.03 Kb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- - iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish; - jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish;
- ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkka munosabatni o’zgartirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har
taraflama o’sishi uchun asos bo’ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini ta‘minlash; - korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo’jalik ishlariga davlatning to’g’ridan-to’g’ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma‘muriybuyruqbozlik usullariga barham berish, iqtisodiy vositalar va rag’batlantirishni keng qo’llash; - moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyoti tizimiga kirib borishni ta‘minlaydigan chuqur iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirish; - iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish; - jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish; - yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, aholining dunyoqarashini o’zgartirish, har bir kishiga o’z mehnati samarasidan bahramand bo’lish imkoniyatini yaratish.Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish bozorning ko’p bo’g’inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega bo’lmasdan bozor mexanizmlari to’liq ishlay olmaydi. Infratuzilma bu - xalq xo’jaligi faoliyatini ta‘minlash uchun turli tuman xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar kompleksi: transport, aloqa, savdo, moddiy-texnika ta‘minoti, suv bilan ta‘minlash, fan, maorif, sog’liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqalarni o’z ichiga oladi. Asosiy ishlab chiqarish infrastrukturasi – elektr ta‘minoti, transport, yo’l, ombor xo’jaligi va aloqa tarmoqlari hisoblanadi.O’tish davrida bozor infratuzilmasini shakllantirish va kengaytirish borasida ko’plab amaliy tadbirlar amalga oshirildi. Tovar va xom ashyo bozorida xizmat qiluvchi tovarlar va xom ashyo birjalari, biznes-inkubator, auditorlik va konsalting firmalari, ko’plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bu sohadagi dastlabki qadam mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat buyurtmasining tugatilishi bo’ldi. Davlat buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan tartibda taqsimlashga mutasaddi ta‘minot tashkilotlari ham tugatildi. Ularning o’rniga tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. O’zbekistonda 1991 yilning avgustidan "O’zbekiston" respublika universal agrosanoat birjasi, "O’zulgurjibirjasavdo" (1994 yil, mart), "Toshkent Respublika tovar-xom ashyo birjasi (1994 yil, 8 aprel) va boshqa birjalar faoliyati yo’lga qo’yildi.Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu bois iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan axborotlar, xabarlar va ma‘lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.Xo’jalik yurituvchi subyektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma yangi bank tizimi, o’z-o’zini kreditlash idoralari, sug’urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg’armalari yaratildi. Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ro’y berishi mumkin bo’lgan turli zararlardan himoya qiluvchi sug’urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat 2017 yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo’lga qo’yildi. Shular hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari tashkil etildi Eng muhimi, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma‘qul ish uslubi tanqidiy qayta ko’rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga tushirilishi hisobidan 2018 yilda qo’shimcha ravishda 4 milliard 100 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 67 ming tonnadan ziyod kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratildi.Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy o’sish sur‘atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko’paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga yetdi.O’zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan biri bo’lgan Muborak gazni qayta ishlash zavodida 2018 yili qo’shimcha ravishda 6 milliard kub metr tabiiy gazni oltingugurtdan tozalaydigan bloklar to’liq faoliyatini boshladi. O’zagrotex-sanoatxolding aksiyadorlik jamiyatida 2018 yilda 5 mingdan ko’proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 mingdan ortiq pritseplar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.Prezident Murojaatnomasi (28.12.2018)da aytilishicha, davlat aktivlari tartibsiz boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda 972 ta davlat korxonasi aktivlarining atigi 21 foizi Davlat raqobat qo’mitasi tomonidan, qolgan 79 foizi vazirlik va idoralar hamda xo’jalik birlashmalari tomonidan boshqarilmoqda.Bunday yondashuv so’nggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga olib kelgani hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yo’q bo’lib ketdi. Bu borada birinchi qadam sifatida 2018 yil O’zbekenergo va O’zbekiston havo yo’llari tizimi tubdan isloh qilindi.Iqtisodiyotdagi tizimli o’zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 2018 yilda 35 foizni tashkil etgan bo’lsa 2019 yilda bu ko’rsatkich 37 foizga oshirildi.Islohotlarimiz natijasida 2019 yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko’p yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.O’zbekiston Jahon bankining 2019 yilgi Biznes yuritish reytingida 7 pog’ona ko’tarilib, biznesni ro’yxatga olish ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o’rinni egalladi va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldi.Prezident Murojaatnomasida (2020 yil 24 yanvar) 2020 yilda 23 milliard dollarlik investitsiyalar o’zlashtirilishi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushirilishi, jumladan, SHo’rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg’i, Navoiyazot aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilishi, Yangi Toshkent metallurgiya zavodi, Toshkent metrosining Sirg’ali tarmog’i, yer usti halqa yo’lining birinchi bosqichi ishga tushirilishi ma‘lum qilingan edi. 2020 yil bahoridan butun dunyo va malakatimizda joriy qilingan karantin chora-tadbirlariga qaramasdan bu tadbirlarning aksariyati amalga oshirildi.2020 yil 4 dekabrda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushilirdi. Mazkur zavodni barpo etish 2017 yil fevralda boshlangan edi. Qurilish ishlariga 420 million dollar sarflangan. Ushbu majmua O’zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Yangi korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelingan. Zavodda import o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, iqtisodiyotda mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi. Shuningdek, yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Download 30.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling