Referati mavzu: Iqtisodiy islohotlar,xususiy mulkchilikning shakllanishi


Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi


Download 30.03 Kb.
bet7/8
Sana13.04.2023
Hajmi30.03 Kb.
#1355468
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi

5. Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.
Mazkur soxada ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Chunonchi, respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko’rsatish sifatini tubdan yaxshilash va sohani boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida "O’zbekiston havo yo’llari" milliy aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar), "O’zbekiston avtomobil transporti" ("O’zavtotrans") davlataksiyadorlik korporatsiyasi (1993 yil 8 yanvar, 1998 yil 11 iyuldan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentliti); "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (1994 yil 7 noyabr) kabi idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik va masuliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo’llari qurish, mavjudlarini xalqaro andozalarga moslashtirish, yo’llarni saqlash va ta‘mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat hududlarini xalqaro magistrallar bilan bog’laydigan yo’llar qurish masalalariga e‘tibor kuchaydi. O’z R.ning Markaziy Osiyoda tutgan o’rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida 1995-2010 yillarga mo’ljallangan milliy dastur ishlab chiqildi. Bu dastur doirasida 1996 yildan Toshkent-Andijon-O’sh magistralining 100 km.dan ortiq tog’li uchastkalarida qurilish ishlari boshlandi. Qamchiq va Rezak tonellari foydalanishga topshirildi. Almati-Bishkek-ToshkentTermiz va Samarqand-Buxoro-Ashxabod-Turkmanboshi avtomobil yo’li, Yevropani Kavkaz orqali Osiyo bilan bog’laydigan avtomobil yo’li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo’lagi)ning respublika hududidan o’tadigan qismini ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi. O’zbekistonni Qozog’iston orqali Rossiya Federatsiyasi bilan bog’laydigan 340 kilometrli Qo’ng’irot-Beynov avtomobil yo’li qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish borasida strategik yo’nalishlar aniqlab olindi. 1993 yil 7 mayda O’z R.ning Havo kodeksi qabul qilindi.O’zbekistonning yagona temir yo’l tarmog’ini vujudga keltirish bo’yicha 1994-2001 yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yo’li qurib bitkazildi.Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yo’lovchilar tashish ishlarini maqbul holga keltirish, samaradorligini oshirish, kommunikatsiyalarni jadal rivojlantirish, transportda yuk va yo’lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni kentaytirish hamda transmilliy transport yo’laklarini rivojlantirish borasidati faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 2004 yil 11 oktabrda "O’zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi" tashkil etildi. Uyushma tarkibiga "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "O’zbekiston havo yo’llari" milliy aviakompaniyasi, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agengligi, "O’zavtoyo’l" kompaniyasi, transport kommunikatsiyalari qurilishi bilan shug’ullanuvchi respublika loyiha va qurilish tashkilotlari kiritildi.1995-2005 yillarda O’zbekistonda 2500 km. umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari qurildi, 1435 km. avtomobil yo’llari rekonstruksiya qilinib, yuqori toifaga o’tkazildi, 47046 km. yo’l ta‘mirlandi hamda 460 dan ortiq ko’prik qurildi.Bu davrda "O’zbekiston havo yo’llari" belgisi bilan parvoz qilayotgan samolyotlar turli davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam qatnay boshladi. Aviatsiya sohasida amalga oshirilgan chuqur o’zgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda, uning dunyo miqyosidagi obro’-etiborini yanada oshirishga xizmat qildi.2003 yildan boshlab ishlab chiqarish infratuzilmasini isloh qilish, qo’shni davlatlar hududidan o’tmaydigan, mamlakat hududlarini bog’lovchi yangi temir va avtomobil yo’llari qurish ishlarini davom ettirish, ba‘zi ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini dunyo talablari darajasiga yetkazish, transport-kommunikatsiya sohalarining barqaror rivojlanishini taminlash vazifalari ustuvor ahamiyat kasb etdi. Bu bosqichda respublika temir yo’l tarmog’ini yanada takomillashtirish maqsadida yangi G’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’lining qurilishi amalga oshirildi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki respublikada bozor va bozor iqtisodiyotida olib borilayotgan barcha chora tadbirlar O’zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan ta’minlash uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro’-etiborli mamlakatga aylantirishga xizmat qiladi. O’zbekistonning o’ziga xos ma’daniy, tarixiy, iqtisodiy, tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda davlatimiz bozor va bozor iqtisodiyotini rivojlantirib bormoqda.

Download 30.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling