- aholini ijtimoiy himoyalashning davlat tizimini barpo etish;
- respublika fuqarolarining hamjihatligini ta‘minlash, millatlararo do’stona munosabatlarni mustahkamlash;
- O’zbekistonning boshqa respublikalar bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarini teng huquqli va o’zaro manfaatli asosda qayta qurish;
- boshqarishdagi buyruqbozlik usulidan voz kechib, iqtisodiy, ya‘ni manfaatni hisobga oladigan boshqarish usullariga o’tish;
- moliya-kredit va soliq tizimini qayta ko’rib chiqib, iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi yangi moliyaviy vositalarni ishga solish;
- turli mulkchilik shakli va xo’jalik yuritishga o’tish;
- suveren va bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatish;
- o’z tabiiy va moddiy resurslariga tayangan holda ishlab chiqarishning bir yoqlama rivojlanishiga chek qo’yish va bu ishlarning kompleks borishini ta‘minlash.Dasturda yuqorida sanab o’tilgan chora-tadbirlarni 3 bosqichda amalga oshirish mo’ljallangan edi:
birinchi bosqich iqtisodiyotni barqarorlashtirish yuzasidan dastlabki favqulodda tadbirlarni amalga oshirish va islohotlarga ilk qadam qo’yish (1990-1992 yillar);
ikkinchi bosqich bozor iqtisodiyotining asosiy belgilarini shakllantirish, unga asos solish (1992-1993 yillar);
Uchinchi bosqich bozor mexanizmi, ya‘ni yangicha xo’jalik yuritish usullarini keng quloch yoydirish (1994-1996 yillar),
Bu dasturda yetti yil davomida O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirish nazarda tutilgan bo’lib, uni siyosiy mustaqillik yo’lidan qaytmagan holda, sobiq Ittifoqning iqtisodiy tizimi doirasida, uning salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Ushbu dastur amalga oshmagan bo’lsa-da, yutuq va kamchiliklaridan qat‘i nazar, O’zbekiston rahbariyatining mavjud holat yuzasidan o’z pozitsiyasi borligi hamda tanazzul alomatlari kuchaygan va boshboshdoqlik avj olgan davrda, birinchi navbatda, unda respublika aholisining manfaati ustuvorligi alohida ko’rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatning tarixiy ahamiyati ham ana shundadir. O’zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi mustaqillikka erishilganidan so’ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |