Referati mavzu: Iqtisodiy islohotlar,xususiy mulkchilikning shakllanishi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi


Download 30.03 Kb.
bet6/8
Sana13.04.2023
Hajmi30.03 Kb.
#1355468
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi.
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, sovet tuzumi davrida egalitarizm tamoyili asosida majburan joriy etilgan markazlashgan "rejali iqtisodiyot" tartib-qoidalari shaxsiy manfaatdorlik va tadbirkorlikni xalq ongu shuuridan chiqarib tashlay olmadi. Binobarin, sun‘iy tarzda tashkil etilgan serxarajat va samarasiz iqtisodiy tizim nuqsonlari va kamomadini qoplashda aynan tadbirkorlik aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari (SHYOX) muhim rol o’ynadi. Masalan, mustaqillik arafasida kartoshka, tuxum va qorako’lning 39 foizi, sabzavot va go’shtning 50 foizga yaqini, sut va junning 65 foizi (Qoraqalpog’iston, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryoda chorvachilik mahsulotining 70 foizi), SHYOX hissasiga to’g’ri kelgan. Respublika davlat sta-tistika qo’mitasi ma‘lumotlariga qaraganda, SHYOXlar tomonidan tayyorlangan mahsulot oila byudjetining chorak qismini tashkil etgan.Mustaqillikning qo’lga kiritilishi O’zbekistonni tadrijiy taraqqiyot yo’liga qaytishiga imkon yaratdi. "O’zbek modeli" konsepsiyasi asosida boshlangan tub iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar respublikada tadbirkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. "Islohotning asosiy ma‘nosi va, kerak bo’lsa, negizi bu - mulkni haqiqiy egasiga
topshirish, tadbirkorlikka keng imkoniyatlar ochib berishdir" (Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j. T.: O’zbekiston, 1996.-B. 336.), deb ta‘kidlagan edi O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov.Mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohotlarning bosqichma-bosqichlik tamoyilidan kelib chiqqan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bir necha bosqichda olib borildi.
Birinchi bosqich 1991-1996 yillar. Bu bosqichda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosi bo’lgan kichik mulkdorlar sinfini shakllantirishdan boshlandi. Shu bilan birga, bu bosqichda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni himoya qilishning konstitusiyaviy huquq va kafolatlarini ta‘minlovchi qonunlar qabul qilindi. Natijada, 1995 yil oxiriga kelib, kichik korxona va mikrofirmalar soni 42,4 mingtaga yetib, 1991 yilga nisbatan 4,5 barobar o’sdi. Ularda band bo’lganlar soni 441,0 ming kishidan oshib ketdi. YAIM tarkibida kichik biznes ulushining 1991 yiddagi 1,5 foizdan 1995 yilda 16,9 foizga borib yetishini tub ma‘noda milliy iqtisodiyotning yutug’i sifatida e‘tirof etish mumkin.1995 yil 5 yanvarda O’zbekiston Prezidentining "Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko’rsatish va uni rag’batlantirish to’g’risida"gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga binoan ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste‘mol mollari va bir qator boshqa ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari foyda solig’idan ozod qilindi.
Ikkinchi bosqich 1996-2000 yillar. Qisqa muddat bo’lishiga qaramay, ushbu davr mamlakat hayotida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan tasniflanadi. Bundan tashqari, ushbu bosqichda keng qamrovli xususiylashtirish amalga oshirildi, iqtisodiyot sohalariga xususiy kapitalni jalb qilish imkoniyatlari kengaytirildi, dastlabki xususiy tijorat banklari va banqdan tashqari moliya institutlari (kredit uyushmalari) o’z faoliyatini boshladi.1996 yilda xalqaro iqtisodiy makonda yuz bergan paxta inqirozi uning narxi pasayib ketishiga, ayni vaqtda, respublika iqtisodiga valyuta tushumini ta‘minlab turgan ushbu xom ashyoning eksportidan tushadigan daromad shu yilning o’zida 15 foizga qisqarishiga sabab bo’ldi. Boz ustiga, 1998-1999 yillardagi noqulay ob-havo sharoiti paxta hosildorligiga jiddiy zarar yetkazdi, natijada uning eksporti 25 foizga qisqardi. Bunga javoban mamlakat rahbariyati tegishli chora-tadbirlar ko’rishga majbur bo’ldi. Ular import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni qo’llabquvvatlash va bu davrda katta qiyinchilik bilan topilayotgan valyuta zahirasini saqlash, undan unumliroq foydalanishga qaratildi. Binobarin, davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishiga qaramay, kichik biznes ham alohida muammolar va murakkabliklarga duch kela boshladi, ularning soni bir qadar qisqardi.

Download 30.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling