Ta‘kidlash joizki, istiqlolga erishilganidan so’ng nafaqat avvalgi tuzum davrida shakllangan, balki, ko’plab yangi, o’tish davri bilan bog’liq muammolar ham yuzaga qalqib chiqdi.
2. Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy o’zgarishlarning amalga oshirilishi va sanoatning rivojlanishi.O’zbekistonning sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi ostida bo’lganligi, shundoq ham susayib borayotgan xo’jalik aloqalarining 1990 yillarning boshida batamom uzilib qolishi kuchli inqiroz holatlarini keltirib chiqardi. O’zbekiston iqtisodiyotining bir yoqlama tarzda, faqat xom ashyo yetishtiradigan holga tushib, vaqtida kompleks rivojlanish yo’liga, aholi ehtiyojlarini qondirishga o’tkazilmagani ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklarda namoyon bo’ldi.Sovet davrining keyingi o’n yilliklari mobaynida iqtisodiyotni rivojlantirishda xom ashyo, chala tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan va chetga yuboriladigan, mehnatni nisbatan kamroqtalab qiladigan xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilishi ushbu nomutanosibliklarni yanada kuchaytirdi. Jumladan, ishlab chiqarishning umumiy hajmida yengil sanoatning ulushi keyingi 50 yil ichida 54 foizdan 37 foizga, oziq-ovqat sanoatining ulushi 30 foizdan 14 foizga tushib qolgan, mashinasozlikning ulushi atigi 7 foizga o’sib, 16 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini tarkib toptirish va rivojlantirishda qator nuqson va kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Jumladan:
- respublika mashinasozlik kompleksi faoliyati paxtachilik, paxtachilik uchun mashinalar Ishlab chiqarish bilan cheklanib, murakkab uy-ro’zg’or texnikasi, yo’l qurish mashinalari, plastmassa buyumlari, oziq-ovqat sanoati jihozlari, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasi uchun kerakli asbob-uskunalar deyarli ishlab chiqarilmadi;
- kimyo sohasining rivojlanishida yirik korxonalarga afzallik berilishi respublikadagi ekologik vaziyatni juda yomonlashtirib yubordi;
- yirik kimyo korxonalari nitron, atsetat, kaprolaktam singari dastlabki qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib, ularning mahsulotlari ham, asosan, respublikadan tashqariga chiqarishga mo’ljallandi.Istiqlol yillarida mamlakatimiz rahbari tomonidan O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta‘minlashga alohida e‘tibor qaratilib, bu boradagi strategiyaga quyidagi yondashuvlar asos qilindi:
- mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, oqilona mantiq e‘tiborga olinmay, ma‘muriy-buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning hammasiga barham berilishi kerak;
- mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga, avvalo, respublika aholisining manfaati nuqtai nazaridan qaramoq kerak. Respublikani iqtisodiy mustaqillik yo’liga o’tkazish, uni inqiroz girdobidan olib chiqish vazifalarini hal etishda mamlakatning ichki resurslari va imkoniyatlariga baho berishga mutlaqo yangicha yondashish zarurligi ta‘kidlandi.Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida asosiy e‘tibor mustaqil davlatning amal qilishini ta‘minlovchi infratuzilmani yaratish, bozor iqtisodiyotiga o’tishning qonunchilik asoslarini shakllantirish, narxlarni erkinlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, inflyatsiyaga qarshi kurash va aholini ijtimoiy himoyalash masalalariga qaratildi.Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish O’zbekistonda davlat suverenitetining iqtisodiy asosi sifatida belgilandi. Bu yo’lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Bunda, avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlariga e‘tibor qaratildi:
- ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, milliy boyliklarning o’sishi, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib sharo itni ta‘minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish;
Do'stlaringiz bilan baham: |