Referati mavzu: Ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari


Download 124.91 Kb.
bet1/2
Sana13.03.2023
Hajmi124.91 Kb.
#1266039
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


3-bosqich 8-iq-s-20 guruh talabasi Qo’ldoshev Otabekning Mintaqaviy iqtisodiyot fanidan tayyorlagan
REFERATI

Mavzu: Ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari.

Tayyorladi: O. Qo’ldoshev


Qabul qildi: K. To’raboyeva

Denov 2022

Reja :



  1. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy qonuniyatlari.

  2. Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari.

  3. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari.

  4. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari.

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar.


Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy qonuniyatlari.


2. Ishlab chiqarishning hududiy ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashu-vi qonuniyati.



3. Hududlarning majmuali rivojlanish qonuniyati.

4. Ishlab chiqarishni hududlarda iloji boricha bir me’yorda
joylashtirish yoki hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini
tenglashtirish qonuniyati.

1. Ishlab chiqarishni hududiy oqilona tashkil etish qonuniyati.


Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy qonuniyatlari.




Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish yuqoridagi asosiy 4 qonuniyat bo’yicha amalga oshiriladi. Bu qonuniyatlarga qisqacha ta’rif bersak:
1. Ishlab chiqarishni hududiy oqilona tashkil etish qonuniyati.
Bu qonuniyat ishlab chiqarish korxonalariga foyda bergan holda, iste’molchilarga ham birdek manfaatli. Korxonalarga foydasi – ishlab chiqarish jarayonida suvga ko’proq talab bo’ladigan korxonalarni suv omborlari yaqinroq joyga joylashtirish bo’lsa, iste’molchilarga foydasi – kundalik mahsulotlarni ishlab chiqarish asoslangan korxonlarni aholiga yaqinroq joylashtirishdir.
2. Ishlab chiqarishning hududiy ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi qonuniyati.
Bunda esa biron-­bir hudud ichida ixtisoslashuv va korxonalar o‘rtasida eng takomillashgan ishlab chiqarish aloqalarini o‘rnatish hamda ularni tashqi iqtisodiy aloqalarda keng ishtiroki ko‘zda tutilgan. Bir nechta korxonalarning koorperatsiyalashuvi korxonlarga manfaat berish qatorida ularning rivojlanishiga,import va eksport sohalarida ilg’orlashuviga ham turtki bo’la oladi.
3. Hududlarning majmuali rivojlanish qonuniyati.
Hududning (respublika, viloyat, iqtisodiy tuman) kompleks rivojlanishi deganda, xo‘jalikdagi mutanosiblik, ishlab chiqarish korxonalarining mahalliy tabiiy va iqtisodiy sharoitga mosligi, ixtisoslashgan tarmoqlar, infratuzilmasini, turli ko‘lamdagi shaharlarning rivojlanishi, tabiiy muhitni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va hokazolar nazarda tutiladi.
Biron-bir tuman qandaydir tabiiy resursga boy bo’lsa,bu resursdan unumli foydalanib,hamda shu yerdagi aholini tez fursatda mahsulotlar bilan ta’minlashni misol qilsak bo’ladi. Shu qatorda fuqarolar ish bilan ta’minlanish masalasi ham bir vaqtda hal bo’ladi.
4. Ishlab chiqarishni hududlarda iloji boricha bir me’yorda joylashtirish yoki hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tenglashtirish qonuniyati.
Bu qonuniyatda barcha respublikamiz hududlarining iqtisodiy rivojlanishini bir­biriga tenglashtirish, ya’ni mam­lakatimizda ishlab chiqarish kuchlarini bir me’yorda joylashtirib,kelajakda aholi turmush darajasini oshirish asosiy maqsad qilib olinadi.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga yuqoridagi qonuniyatlar asosida yondashilsa xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida mehnat unumdorligi oshadi, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.


Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllari .
Mujassamlashuv,
ixtisoslashuv, Ishlab chiqarishni tashkil
kooperatsiya, etishning asosiy shakllari
kombinatsiya

Ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha shakllari – mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatsiya ayni paytda ijtimoiy va hududiy jihatlarga ega. Bunda ishlab chiqarishning hududiy tomoni yetakchi rol o‘ynaydi. Shunga qaramasdan bir-­biri bilan bog‘liq bo‘lgan bu jarayonlarni uyushtirgan holda o‘rganish, tahlil qilish, biridan ikkinchisiga o‘ta bilish geografik


fikrlashning muhim xususiyatidir.Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishning to‘planishi geografik jihatdan eng avvalo, moddiy sohalar – sanoat, qishloq xo‘jaligi,transportda yaqqol nomoyon bo‘ladi. Fan obyektini aynan shu tarmoqlarning hududiy tashkil etilishi, joylashish xususiyatlari belgilab beradi. Ijtimoiy obyektlarning hududiy tashkil etilishi esa xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida turlicha bo‘ladi.
Mujassamlashuv darajasining yuqori yoki pastligi ayni paytda ma’lum bir sohaning rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Ixtisoslashuv mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarning tarkib topishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Uning uch bosqichi – korxona, shahar va tuman miqyosidagi ixtisoslashuvi, shuningdek,
uch turi – qism (detal); texnologik yoki yarim mahsulot va predmet (tovar mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvi mavjud. Ixtisoslashuv bosqichlari korxona, shahar va tumanlarning mehnat taqsimotidagi o‘rnini belgilab beradi, turlari esa, bir­-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, turli hududiy bosqichlarda o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi. Ixtisoslashuv natijasida xalq xo‘jaligi tarmoqlari
vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funksional turlari shakllanadi.
Kooperatsiya – bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligi bo‘lib, bunda ularning tarmoq holda joylashuvi kuzatiladi. Bunda qatnashuvchi korxonalar soni vujudga kelayotgan mahsulotning murakkabligiga bog’liq bo‘ladi.Kombinatsiya – kooperatsiyaga o‘xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Bunda tarqoq holda joylashgan birlik emas,balki ularning hududiy umumiyligi tushuniladi. Kooperatsiyada mahsulot bir bo‘lsa, kombinatsiyada aksincha, xomashyo birnbo‘lib, undan olingan mahsulot turlicha bo‘ladi. Kombinatlashuv
ma’lum turdagi xomashyoni chuqur texnologik qayta ishlaga holda mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi.Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish sharoitida ishlabchiqarishni tashkil etishning barcha shakllaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish zarur.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari bozor iqtisodiyotining rivojlanishi qonunlarida namoyon bo`ladi. Ular o`zaro ajralmagan holda rivojlanadi va bir-birini taqozo etadi.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari bilan birga ularni joylashtirish tamoyillari ham katta ahamiyatga ega. Joylashtirish tamoyillari mamlakat iqtisodiy rivojlanishining muayyan davri mobaynida ishlab chiqarish hududiy taqsimotida namoyon bo`ladi. Ushbu tamoyillarni xo`jalik yuritish usullari sifatida ko`rib chiqishimiz mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni joylashtirish tamoyillarini davlat iqtisodiy siyosatining o`ziga xos ilmiy nizomi sifatida tushunish mumkin. Turli mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari bozor iqtisodiyotining rivojlanish modеlini o`rganish va tajribalaridan foydalanish asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning dastlabki bosqichida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda quyidagi tamoyillari ajralib turadi: • ishlab chiqarishning energiya, xomashyo, yoqilg`i manbalari va istе'mol mintaqalariga yaqinlashuvi; • tabiiy rеsurslarning eng samarali turlarini o`zlashtirish va ulardan komplеks foydalanish; • ekologik vaziyatni sog`lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilish bo`yicha samarali chora-tadbirlarni ko`rish va tabiatdan oqilona foydalanish; • xalqaro mеhnat taqsimotining iqtisodiy qulayliklaridan foydalanish, xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni tiklash va rivojlantirish; • korxona va infratuzilma obyektlarini joylashtirishda favqulodda holatlarni (zilzila, suv toshqini, tog` va jarliklarning surilishi, sеl va h.k.) hisobga olish. Ishlab chiqarishni energiya, xomashyo, yoqilg`i manbalari va istе'mol mintaqalariga yaqinlashtirish tamoyili amalga oshirilganda uzoq masofaga yuk tashish va ishlab chiqarish jarayonidagi xarajatlarni kamaytirish bilan bog`liq muammolar yеchiladi. Bu o`z navbatida iqtisodiy samaradorlikning o`sishiga olib kеladi. Ayniqsa, energiyani ko`p talab etadigan korxonalarning yoqilg`i va energiya manbalariga yaqin bo`lishi katta ahamiyatga ega (masalan, rangli mеtallurgiya yoki kimyo sanoati tarmoqlari). Xomashyo manbalariga material ko`p talab qiluvchi sanoat tarmoqlari yaqin joylashadi (qora mеtallurgiya, og`ir mashinasozlik). Yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari mahsulotlarini ishlab chiqarish istе'mol mintaqalariga, fanga ehtiyoj sеzuvchi tarmoqlar esa yuqori malakali mеhnat rеsurslari bilan ta'minlangan mintaqalarga yaqinlashadi. Bozor sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish jarayonida mintaqalarda tabiatdan foydalanish muammosi dolzarb bo`lib turibdi. Hozirgi paytda tabiatga zarar kеltirish, ekologik toza bo`lmagan mahsulot ishlab chiqarish, tabiiy rеsurslarni dunyo narxlaridan ko`ra arzonga sotish kabi iqtisodiy mas'uliyatsizlik illatlari bartaraf etilishi zarur. Iqtisodiy holatni yaxshilash, tabiatdan samarali foydalanishga erishish uchun quyidagi iqtisodiy dastaklar lozim: − ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish doirasida mintaqalar va ekotizimlar bo`yicha ekologik chеklashlar tizimining qonuniy va mе'yoriy asosini yaratish; − takror ishlab chiqarish va tabiiy rеsurslardan oqilona foydalanishni rag`batlantiruvchi ekologik soliq va tabiatdan foydalanganlik uchun to`lovlar tizimini kiritish; − tabiiy rеsurslar istе'moli, ifloslantiruvchi moddalarning chiqarib tashlanishini chеklash, chiqindilarni joylashtirish, shuningdеk tabiiy rеsurslardan samarali va komplеks foydalanish ko`rsatkichlari tizimini shakllantirish. Hozirgi sharoitda birgalikda moliyalashtirish va xo`jalik obyektlarini qurish, qo`shma korxonalar tuzish, moliya va bank sohalarida hamkorlik qilish, kompеnsatsiya asosida hamkorlik qilish, tashqi savdo kabi iqtisodiy hamkorlikning turlari katta ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda boshqa tamoyillar ham hisobga olinadi, masalan, katta shaharlarning o`sishini boshqarish tamoyili, kichik va o`rta shaharlar rivojlanishini faollashtirish va boshqalar. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyat va tamoyillari bilan birgalikda nazariy jihatdan ishlab chiqarishning lokalizatsiyasini belgilab bеradigan, ba'zi xo`jalik tarmoqlarining joylashuviga, turli toifadagi mintaqaviy komplеkslarning iqtisodiy rayonlar, viloyatlar va tumanlardagi hududiy ishlab chiqarish majmualari (HIM) shakllanishiga ta'sir etadigan omillar ham katta ahamiyatga ega.
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda muayyan qonuniyatlar namoyon bo`lmoqda. Ular muayyan tarixiy bosqichda ijtimoiy taraqqiyot qonunlarining o`zaro harakati natijasida shakllanadi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari ishlab chiqarish kuchlari va hududlar o`rtasidagi umumiy munosabatlarda namoyon bo`ladi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi, maksimal daromad olish imkoniyatlariga katta e'tibor bеrish lozim. Ayni paytda, tabiiy-rеsurs salohiyatlaridan tеjamkorlik bilan foydalanish, ekologik sharoitni yaxshilash masalalari ham hisobga olinadi.

Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari
Ishlab chiqarishni joylashtirish omillari deganda, ma’lum bir guruh xo‘jalik obyektlariga, tarmoqqa yoki mamlakat xo‘jaligi tarkibini hududiy tashkil etilishiga, iqtisodiy rayonlarga, shuningdek,hududiy ishlab chiqarish majmualari- ning oqilona va samarali joylashishiga ta’sir etuvchi majmuali shart-­sharoitlar tushuniladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishga asos bo‘ladi.

Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xomashyo,


yoqilg‘i, elektr energiya, suv, iqlim, mehnat resurslari, iste’mol va

transport, iqtisodiy-­geografik o‘rin kabi omillar e’tiborga olinadi.

Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart­-sharoitlar hisobga olinishi lozim, lekin ma’lum tarmoqni hududiy tashkil etishda barcha omillar emas, balki ulardan ayrimlarigina yetakchi rol o‘ynaydi.


Download 124.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling