Referati mavzu: Ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari


Download 124.91 Kb.
bet2/2
Sana13.03.2023
Hajmi124.91 Kb.
#1266039
TuriReferat
1   2
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot

Xomashyo omili. Ayrim mahsulotlarni olish uchun xomashyo ko‘proq sarflanadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar mumkin qadar xomashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. Xomashyoga asoslangan sanoat tarmoqlarining geografiyasini o‘rganish eng avvalo, mamlakat tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi.Masalan, qishki paypoq ishlab chiqaruvchi korxona biz albatta, paxta yetishtirishga moslangan viloyatlarga joylashtiramiz. Chunki, paxta issiq iqlimda o’sadi va shu yerning o’zida qayta ishlanib,undan mahsulot ishlab chiqarilsa,mahsulotning narxi hamyonbop,xaridorligi esa yuqori bo’ladi.
Yoqilg‘i omili. Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalari faoliyatini tashkil etishda, ularni sanoatining dastlabki bosqichini joylashtirishda asosiy rol o‘ynaydi. Ammo uning ta’siri har doim yetakchi kuchga ega emas. Bunday hol neft va uning mahsulotlari hamda tabiiy gaz asosida ishlovchi agregatlar va uskunalarni ishlatishga taalluqli bo‘ladi. Yoqilg‘i omili iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim strategik omili hisoblanadi.
Elektroenergiya omili. Bu sohaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulot – elektr quvvatini jamg‘arib, omborxonalarda yig‘ib bo‘lmaydi, undan ayni paytning o‘zida foydalanish kerak. Bundan tashqari elektr quvvati yuqori kuchlanishli bo‘lib,tarmoqlar orqali uzoq masofalarga berilishi mumkin. Masalan,
xuddu shu maqsadda yirik ko‘mir havzalarida yirik yoqilg‘i energetika majmualari barpo etilgan.

Xulosa.
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda muayyan qonuniyatlar namoyon bo`lmoqda. Ular muayyan tarixiy bosqichda ijtimoiy taraqqiyot qonunlarining o`zaro harakati natijasida shakllanadi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari ishlab chiqarish kuchlari va hududlar o`rtasidagi umumiy munosabatlarda namoyon bo`ladi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi, maksimal daromad olish imkoniyatlariga katta e'tibor bеrish lozim. Ayni paytda, tabiiy-rеsurs salohiyatlaridan tеjamkorlik bilan foydalanish, ekologik sharoitni yaxshilash masalalari ham hisobga olinadi.


Bu mavzu orqali ishlab chiqarishni boshlashdan avval uni joylashtirish bosh masala ekanligi tushuniladi. Ishlab chiqarishni joylashtirish qonuniyatlari,omillari hamda shakllarini mukammal darajada tushunish,bilish orqali iqtisodiyotni har qanday sharoitda ham rivojlantirish mumkin. Bunday xulosadan sabab shuki, ba’zi viloyatlarda mavjud resurs, ishlab chiqarish uchun imkoniyatlar va ularning iqlimi ko’pgina imkoniyatlarni yaratib beradi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Mintaqaviy iqtisodiyot ” O‘quv qo‘llanma – Abdalova Z.T., Rafiyeva A. A.,- Toshkent,2012



  1. Iqtisodiy geografiya va ekologiya” O‘quv qo‘llanma - Saparova G.K., Deхkanova N.S., Galimova F.R.- Toshkent,2019



  1. Ijtimoiy geografiya.” O‘quv qo‘llanma Nazarov M., Tojiyeva Z.. – Toshkent, 2003.

www.ziyonet.uz
Download 124.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling