Referati Mavzu; Milliy qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurashish javobgarligi Reja
Download 216.21 Kb.
|
Referat Ma\'rufjon
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat odil sudlov fakulteti 2-kurs “G” patok 2-guruh talabasi Axmadullayev Ma’rufjonning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazarot qilish fanidan Referati Mavzu; Milliy qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurashish javobgarligi Reja: Korrupsiya o’zi nima va uning huquqiy oqibatlari qanday? Korrupsiyaning yuzaga kelib chiqish sabablari nimalardan iborat va uning milliy qonunchilikdagi o’rni? Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi statistik ma’lumotlar qanday olib borilmoqda? Korrupsiyaga qarshi kurashish kopmlans nazorat – davlat va xo’jalik boshqaruvchi organlari, xo’jalik yurituvchi subyektlar, bank faoliyatini korrupsiyaga qarshi sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa meyoriy huquqiy hujjatlar muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-hatarlari, manfaatlar to’qnashuvi o’z vaqtida aniqlash va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar hamda xabar berishni o’zida mujassam etadi profilaktik tizimdir. “Komplayens” yoki “komplayens nazorat” tushunchalari oʻtgan asrning boshlarida anglo-sakson huquqiy tizimida vujudga kelgan va ushbu tushunchalar “maxsus belgilangan tartib va qoidalarga muvofiq oʻz faoliyatni tashkil etish”. “Komplayens” (sompliance) rozilik, muvofiqlik va qoida yoki koʻrsatmaga muvofiq harakat qilish anglatadi. Komplayens nazoratni joriy etishdan maqsad davlat va xususiy sektorda korrupsiya xavf-xatarlarni oldini olish va bunday xavf mavjud boʻlgan soha-yoʻnalishlarni tizimli aniqlab borish, manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga keltiruvchi omillarni huquqiy, moliyaviy asoslarda monitoring qilish, faoliyatni turli moliyaviy, iqtisodiy sanksiyalar va boshqa taʼsirlardan tizimli himoya qilishning kompleks mexanizmini yaratish hamda faoliyat imidjini ijobiy saqlab turish hisoblanadi. “Komplayens offitser” deb qonun, meyoʼriy hujjatlar, ichki tartib qoidalarga rioya qilish boʻyicha maʼsul xodimi hisoblanib, xodimlarning oʻrnatilgan qoidalarga muvofiq harakat qilish masalalari ustidan nazorat qiladi va tartibga solish uchun javobgar boʻlgan komplayens xizmati xodimi hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda alohida ahamiyat kasb etadigan mazkur tushuncha dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2019-yildagi PF-5729-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida qabul qilingan “2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi”ning 21-bandida ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini joriy etish va uning samaradorligini tizimli monitoringgini amalga oshirish vazifasi belgilandi. Komplayens nazorat tizimi aynan shu nom bilan ushbu hujjatda birinchi marta aks etdi. Shuni aytib o’tishimiz kerakki, korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunning 3-moddasida korrupsiyaga shunday tarif berilgan, “korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”1. Bu qonunda korrupsiyaga berilgan tarifda oddiy xodim emas, balki, aynan biror davlat organi yoki tadbirkorlik subyektini mansabdor shaxsi tomonidan bu jinoyat sodir etiladi. Mansabdor shaxs tushunchasi “Mansabdor shaxs — doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs”2 deb mansabdor shaxsga milliy qonunchiligimizda tarif berib o’tilgan. Va “xorijiy ommaviy mansabdor shaxs” deganda xorijiy davlatning qonunchilik, ijroiya, ma’muriy yoki sud organida biron lavozimni egallab turgan har qanday tayinlanadigan yoki saylanadigan shaxs va xorijiy davlat uchun, shu jumladan ommaviy muassasa yoki ommaviy korxona uchun biron ommaviy vazifani bajaradigan shaxs ko‘zda tutiladi; “ommaviy xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsi” deganda xalqaro fuqaro xizmatchisi yoki bunday tashkilot tomonidan uning nomidan ish yuritish vakolati berilgan har qanday shaxs nazarda tutiladi”3 BMT doirasida qabul qilingan 1996-yildagi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan “Davlat mansabdor shaxslari axloqining xalqaro kodeksi”da davlat mansbdor shaxslari faoliyatining prinsiplari belgilab berilgan edi. Ushbu kodeksda davlat mansabdor shaxslarining vazifalari, davlatlar manfaatlari kolliziyasi, aktivlar haqida maʼlumot almashish, sovgʻalar va diqqatni jalb qiluvchi boshqa belgilar, mahfiy maʼlumotlar kabi masalalar keltirilgan. Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish. Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2004-yil 26-avgustda Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilingan. Qonunga asosan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi: maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat; ichki nazorat; mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar; Qonunning 8-moddasiga binoan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar oʻtkazilishi ustidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi. Ikkinchi hujjat, 2014-yil 14-mayda Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonunning 9-moddasida huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi belgilangan. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi va bular ayrimlari korrupsiyaga qarshi kurashuvchi davlatni huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamdir. Ular: - Ichki ishlar organlari; Bu davlat organi Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonuniga binoan: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida: korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi; korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi hamda tahlil qiladi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi; jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi; aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini va tahlil qilinishini ta’minlaydi; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”4. - Prokuratura organlari; Bu davlat organi Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonuniga binoan: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘z vakolatlari doirasida: korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi; korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshiradi; korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil qilishni amalga oshiradi; jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida, shu jumladan qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishda ishtirok etadi; aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.5 - Davlat xavfsizlik xizmati organlari; Bu davlat organi Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonuniga binoan: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati o‘z vakolatlari doirasida: korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi; korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi hamda tahlil qiladi, milliy xavfsizlik uchun tahdidlarni baholashni amalga oshiradi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi; jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.6 - Adliya organlari; Bu davlat organi Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonuniga binoan: “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida: korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi; aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtiradi; ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim va tarbiyaga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; normativ-huquqiy hujjatlardagi hamda ularning loyihalaridagi korrupsiya uchun shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash maqsadida ushbu hujjatlar va loyihalarning tahlilini amalga oshiradi; korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi; korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.7 - Davlat bojxona xizmati organlari; - Davlat soliq xizmati organlari; - Mehnat organlari; - Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari; - Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari; - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari. Oʻzbekiston Respublikasining 09.04.2018-yilda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida” gi OʻRQ-472-sonli Qonuni qabul qingan boʻlib unda davlat xaridlari sohasida korrupsiyani oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Jumladan, Qonuning 39-moddasida davlat xaridlarida korrupsiyaviy holatlar sifatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish masalalarini keltirib oʻtadi. Unga koʻra, shaxsiy manfaatdor emasligini, shuningdek oʻz oila aʼzolarining manfaatdor emasligini kafolatlashi kerak, aks holda shaxsiy manfaatdorlik hamda boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida ziddiyat yuzaga keladi yoki kelishi mumkin, manfaatlarning istalgan potensial, taxmin qilinayotgan yoki mavjud toʻqnashuvi haqidagi axborotning oshkor etilishini kafolatlashi kerak. Mavjud yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar topgan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarga xabar qilib, bir vaqtning oʻzida vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrishi shart. Toʻrtinchi hujjat, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2017-yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2752-sonli Qarori qabul qilingan boʻlib, ushbu qaror asosida tasdiqlangan “2018-2019-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi”ning qabul qilindi. Ushbu dasturda yillik korrupsiyaga qarshi kurashish choralar oʻzida aks ettiradi. Beshinchi hujjat, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2019-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi”ning 21-bandida ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini joriy etish belgilandi. Oltinchi hujjat, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.03.2020-yildagi “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5953-sonli Farmoni. Yettinchi hujjat, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevralda 72-F-sonli Farmoyishi qabul qiligan boʻlib, ushbu hujjatda davlat tashkilotlarida komplayens nazorat tizimini joriy etishda quyidalarga alohida etibor qaratilinishi lozim ekanligi koʻrsatildi: korrupsiya xavf-xatarlarini oʻz vaktida aniqlash, ularga chek koʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularni minimum darajaga tushirish; davlat organlari va tashkilotlarning hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish; xodimlar tomonidan kasbiy odob-ahloq qoidalariga katʼiy rioya etish va xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish hamda ularni hal qilish masalalarini tartibga solish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2020-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6013-sonli Farmoni va ushbu hujjat ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2020-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4761-sonli Qarorlari qabul qilindi. Mazkur hujjatlarga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi va ushbu siyosatda qator asosiy vazifalaridan biri etib 2020-2021-yillarda barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korxonalar, shu jumladan banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”)ni bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi. “Korrupsiyasiz soha” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2019-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-sonli Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida ushbu loyihasini joriy etish vazifasi belgilandi. Shuningdek, 2019-yildan boshlab BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonda samarali, hisob beruvchi va oshkora boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga karshi kurashish” loyihasini amalga oshirish doirasida Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda ustav jamgʻarmasida davlat ulushi 100% yoki 50% dan yuqori boʻlgan faoliyati xorijiy bozor bilan integratsiyalashgan boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida, xususan, “Oʻzbekneftgaz” va “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlarida tajriba sifatida “Korrupsiyasiy soha” loyihasini davom ettirish va ular tarkibida korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat tizimini joriy etish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyihaning samarali olib borilishini taʼminlash maqsadida“White and Case” (AQSH), KPMG (Italiya) xalqaro auditorlik kompaniyalari ishtirokida ishlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, 2020-yil 15-martida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Energetika vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishlok xoʻjaligi vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi kabi 9 davlat idoralari bilan hamkorlikda ushbu sohalarda korrupsiyaga qarshi samaradorlikni yanada takomillashtirish maqsadida bosqichma-bosqich komplayens nazorat tizimini joriy etish tartibi kelishildi va “Korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada takomillashtirish boʻyicha 2020-yilga moʻljallangan Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Bu jarayonda har bir soha yoʻnalishning oʻziga xos jihatlari inobatga olingan holda “Korrupsiyasiz soha” yoʻnalishini joriy etib borish va sohalardagi korrupsiya xavf-xatarlarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga imkon buyervchi sabalarni tizimli tahlilini yoʻlga qoʻyish orqali korrupsiyaviy holatlarni yuzaga kelishini olidini olishga qaratilgan. Korrupsiya bu hozirda davlatlarning eng birinchi navbatdagi kushandasi hisoblanadi. U bor joyda na rivojlanish na bir adolat bo’ladi. Korrupsiya holatlari past davlatlarda u davlatning rivojlanishi va fuqarolarning davlat tomonidan saylangan yoki tayinlangan mansabdor shaxslariga ham ishonchi katta bo’ladi. Bunga misol tariqasida Singapurni olsak bo’ladi. U hozirgi kunda tez rivojlanib borayotgan davlatlardan biridir O’zbekistonda ham korrupsiyani oldini olish va uni batamom yo’q qilish uchun o’z milliy qonunchiligiga bir qancha qonunchilik hujjatlarni ishlab chiqib, hozirda ularni amaliyotda qo’llab katta yutuqlarga erishib kelmoqdalar. BMTning “Korrupsiyaga qarshi konvensiya”sining 12-modda “Xususiy sektor”, 21-modda “Xususiy sektorda pora evaziga ogʻdirish”, 22-modda “Xususiy sektorda mulkning talon-toroj qilinishi”, 39-modda “Milliy organlar va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlik” kabi moddalarda korrupsiya xavflarin aniqlash, ularni oldini olishning qator profilaktik choralari amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar keltirilgan. Jumladan, xususiy sektorda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi davlat tomonidan buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot oshkoraligini taʼminlash, buxgalteriya standartlari va ichki auditni tartibga solish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi alohida koʻrsatib oʻtadi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan qabul qilingan xalqaro standartlar va hujjatlar. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi salmoqli oʻrin egallaydigan xalqaro standartlarning keyingi toifasi bu IHTT tomonidan qabul qilingan konvensiya va xalqaro tavsiyalardan iboratdir. 1997-yil 21-noyabrda qabul qilingan “Xalqaro tijorat bitimlarida xorijiy davlat amaldorlarining poraxoʻrligiga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining konvensiyasi hisoblanadi. Bu oʻrinda aynan komplayens xizmatiga oid eng yaxshi amaliyot va tajribalarni oʻzida mujassam etgan “Ichki nazorat, etika va komplayens boʻyicha raxbariy Yoʻriqnoma” ni keltirish mumkindir. Bazel qoʻmitasining 2005-yil aprelida qabul qilingan (yangi tahrirda) bank nazorati boʻyicha “Banklardagi komplayens va komplayens funksiya toʻgʻrisida”gi hujjati (The Basel Committee on Banking Supervision) hisoblanadi. Bazel qoʻmitasining 2005-yil aprelida qabul qilingan “Banklardagi komplayens va komplayens funksiya toʻgʻrisida”gi hujjatidagi tavsiyalarda bank va kompaniyalarda komplayens nazorat tizimini tashkil etish va komplayens xizmati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini tashkil etishda quyidagi tavsiyalar keltirib oʻtiladi. Komplayens xizmati faoliyatining mustaqilligini taʼminlovchi mexanizmlarni yaratish. Agarda bankning turli boʻlimlari tomonidan komplayens nazorat funksiyalari bajarish holatlari oʻrnatilgan boʻlinsa, bunday holatda raxbariyat tomonidan ichki hujjatlar bilan ular oʻrtasidagi vazifa aniq ajratib oʻtish lozim boʻladi, bunda komplayens funksiyalarning bajarilishi asosan ushbu xizmat faoliyati etib belgilanishi maqsadga muvofiq boʻladi, chunki vazifalarning takrorlanishi komplayens xizmatning samaradorligi va mustaqil faoliyatiga taʼsir qiladi. Komplayens xizmatining korrupsiyaga oid xulosalarini hech qanday toʻsiqlarsiz ijro organlariga erkin taqdim etish va oshkor qilish huquqini taʼminlash. Komplayens xizmati mavjud korrupsiya holatlari haqida muntazam ravishda rahbariyatga hisobot taqdim etish. Komplayens xizmatning faqatgina rahbariyatga boʻysunish maqomini beligilash qator ustuvor vazifalar tavsiya sifatida keltirib oʻtilgan. Komplayens xizmatning AQSH birjalarida va iqtisodiyotidagi rivojlanishi 1977-yilda “Xorijda korrupsiya toʻgʻrisida akt” (FCPA, Foreign Corrupt Practices Act of 1977) nomli qonuning qabul qilinishiga olib keldi. FCPAda komplayens talablar bilan bogʻliq qatʼiy nazorat qoidalari oʻrnatildi, yaʼni buxgalteriya hisobi nazorati va moliyaviy hujjatlarga qoʻyiladigan aniq talablar joriy etildi va xususiy sektorda korrupsiya xavflarini oldini olish maqsadida davlat amaldorlari bilan aloqalar boʻyicha qatʼiy qoidalar oʻrnatildi. Shuningdek, 2002-yilda “Sarbeynz-Oksli toʻgʻrisidagi Akt” kabi qonunlarning qabul qilinishi komplayens nazorat tizimining asosan kompaniyalarning xorijiy faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishdagi AQSH modelini yaratdi. Dunyo iqtisodiyotida korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimi shakllanishining keyingi koʻrinishi bu Buyuk Britaniya qonunchiligi bilan bogʻliqdir. Buyuk Britaniyaning “Poraxoʻrlik toʻgʻrisida akt” qonuni (UK Bribery Act) 2010-yil 8-aprelda qabul qilingan va 2011-yil 1-iyuldan qonunning amal qilishi boshlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yi 3-fevraldagi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmon ilovasining 34-bandi ijrosini (Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish) ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi tomonidan Hisob palatasi bilan birgalikda, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda korrupsiyaga qarshi “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish yuzasidan 26 ta vazirlik va idoralarda “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan 2020-yil 4-sentabrda tasdiqlangan. Hozirda “Yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida boshqarma xodimlariga 26 ta vazirlik va idoralar taqsimot asosida biriktirilib, “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan har oy yakunida tegishli vazirlik va idoralardan hisobotlar qabul qilinib, tahlil qilib borilmoqda. Bundan tashqari, davlat organlari va ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishga mas’ul bo‘lgan kadrlarni o‘qitish va malakasini oshirib borish tizimi joriy etilib, 1-bosqichda (joriy yilning aprel oyi davomida) vazirlik va idoralarning 36 nafar xodimlari Bosh prokuratura Akademiyasining qisqa muddatli onlayn kursida o‘qitildi. Hozirda, 2-bosqichda o‘qitish rejalashtirilgan vazirlik va idoralar xodimlarining ro‘yxati shakllantirilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimi tarkibidagi korxonalarning Korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplayens-nazorat” bo‘limiga xodimlarni ishga olish bo‘yicha tashkil etilayotgan tanlov jarayonlarida onlayn ishtirok etilib, jarayon to‘liq nazorat qilib borilmoqda. Xususan, aprel oyi davomida Jamiyatning Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlari uchun tanlov jarayonlari yakunlandi. Agentlikka 2021-yil aprel oyida jami 479 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 416 tasi ko‘rib chiqilishi ta’minlangan (hozirda 63 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda). Shundan, 17 ta murojaat Agentlik rahbariyati tomonidan tashkil etilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushdi. Kelib tushgan murojaatlarning 59 tasi ijobiy hal etilgan, 73 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan, 9 ta murojaat anonim deb topilgan. Murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilgan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 10 ta taqdimnoma, 5 ta ogohlantirish, 46 ta so‘rovnomalar kiritilgan. Natijada 1 ta qaror bekor qilingan, 1 nafar shaxsga ma’muriy ish va 1 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 1 nafar mansabdor shaxs egallab turgan lavozimidan ozod qilingan, 2 ta tender natijalari bekor qilingan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlaridan noroziliklar va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iboratdir. Jumladan, aprel oyida Agentlikka qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi: - sud qarorlaridan noroziliklar 67 ta (14,0%); - yer maydoni ajratilmayotganligi, yer nizolari va yer maydonlari talon-taroj bo‘layotganligi bo‘yicha 42 ta (8,8%); - ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 35 ta (7,3%); - ta’limi sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 34 ta (7,1%). (jumladan: 27 ta Xalq ta’limi sohasi bo‘yicha; 1 ta Oliy ta’lim sohasi bo‘yicha; 6 ta Maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha); - davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 25 ta (5,2%); - mehnat qonunchiligining buzilishi holatlari bo‘yicha 25 ta (5,2%); - mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 21 ta (4,4%); - uy-joy va kommunal sohasidagi muammolar yuzasidan 21 ta (4,4%); - ayrim xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 17 ta (3,5%); - sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 17 ta (3,5%); - prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotganligi bo‘yicha 14 ta (2,3%); - noqonuniy qurilishlar masalasida 14 ta (2,9%); - majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi bo‘yicha 11 ta (2,3%); - bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 10 ta (2,2%); Shuningdek, mazmuniga ko‘ra Agentlikka muqaddam kelib tushmagan yangi masalalar bo‘yicha fuqarolar tomonidan murojaatlar qilinmoqda, jumladan, tabiiy ofatlardan zarar ko‘rganligi bo‘yicha kompensatsiya mablag‘larini undirishga amaliy yordam berishni so‘rab 13 ta (2,8%) murojaat qilingan. Ular hududlar kesimida tahlil qilinganda Toshkent shahar 116 ta, Qashqadaryo 51 ta, Surxondaryo 42 ta, Toshkent viloyati bo‘yicha 39 ta, Samarqand 37 ta, Namangan 35 ta, Navoiy 27 ta, Xorazm 26 ta murojaat kelib tushgan. “Korrupsiyasiz soha” loyihalari va boshqa sohalar doirasidagi o‘rganishlar 1. Navoiy va Andijon viloyatlari hokimliklaridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarida davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish va undan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Aniqlanishicha, “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan o‘tkazilgan tanlov va tenderlarda affillanganlik holatlari mavjudligi, tanlov va tenderlarni o‘tkazish jarayonlarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qonunosti normativ huquqiy-hujjatlar talablari buzilgan. Shuningdek, foydalanishga topshirilgan binolarda nazorat o‘lchovi o‘tkazilganda qurilish obyektlarida belgilangan ishlarning yetarli bajarilmagani (kamomad) aniqlandi. Bundan tashqari 7 ta holatda sug‘urta polislari mavjud bo‘lmagan holda 9,6 mlrd. so‘mlik qurilish obyektlari moliyalashtirilganligi aniqlandi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha Bosh prokuraturaga yuborilgan so‘rovnomalar asosida 4 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2. Agentlik direktorining Farmoyishi asosida Suv xo‘jaligi vazirligi va uning quyi tizimlarida hamda ustavida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan suv xo‘jaligi sohasidagi davlat korxona, muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli baho berish yo‘nalishidagi ishlarning umumiy holati o‘rganildi. Xususan, o‘rganishda Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimidagi irrigatsiya bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan budjet hisobidan ajratilgan ish haqlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlandi. To‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan bo‘lib, o‘rganish yakuni bo‘yicha bo‘lim mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-fevral kuni Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida vazirlikning quyi tizimlarida korrupsion huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash va korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi holati bo‘yicha o‘rganish Agentlikka yuklatildi. Shunga ko‘ra, Agentlik tomonidan Ichki ishlar vazirligi va uning quyi tizimlarida korrupsion huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash va korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazilmoqda. Jumladan, fevral oyi davomida Agentlik vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirdi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020-yilning 6-noyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga sog‘liqni saqlash tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator vazifalar yuklatilgan. Shu munosabat bilan, fevral oyi davomida Agentlik vakillari tomonidan joylardagi tibbiyot muassaslari, oilaviy poliklinikalarda tushuntirish va targ‘ibot ishlar olib borildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021-yil fevral oyi davomida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi hamda qator masalalarda kelishuvlarga erishildi. Xususan, Agentlik rahbariyati va vakillari ishtirokida 10 ga yaqin uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi, IHTT Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i rahbari, Xalqaro valyuta jamg‘armasi masofaviy missiyasi, Jahon Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbari, Xitoy Xalq Respublikasi Milliy nazorat komissiyasi raisi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Buyuk Britaniya va Xitoy elchilari bilan uchrashuv davomida tegishli davlatlar vakolatli organlari bilan professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi. Jahon Banki, IHTT, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va USAID vakillari bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tashkilotlar ko‘magida rivojlantirish yuzasidan qator masalalar muhokama qilindi. 22-fevral kuni Agentlik direktori Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasini Transparency International xalqaro nodavlat tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksidagi o‘rnini yaxshilash borasida tegishli vazifalar belgilab olindi. Agentlik tomonidan quyidagilar amalga oshirilmoqda: - BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini O‘zbekistonda amalga oshirilishi doirasida 2-bosqich obzorini o‘tkazish yuzasidan Konvensiya obzori doirasida baholash nazorat ro‘yxati (savolnoma) asosida tegishli vazirlik va idoralardan kerakli ma’lumotlar qabul qilinib, ularni umumlashtirish ishlari olib borilmoqda; - O‘zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi 5-raund monitoringidan o‘tkazilishi yuzasidan metodologik o‘rganish va tashkiliy choralar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining Ishtirokchi-davlatlari korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari va ombudsmanlarining 4-yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ham amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi tomonidan 2020-yilda tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilishni davom ettirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning davlat organlari tomonidan yanvar-fevral oylarida amalga oshirilishi Agentlik tomonidan monitoring qilinib, tegishli ma’lumotlar asosida Milliy kengashga ma’lumotnoma tayyorlanmoqda. 1 https://lex.uz/docs/-3088008 2 https://lex.uz/uz/docs/-2724496?ONDATE=02.04.2021 3 https://lex.uz/docs/-1461329 4 https://lex.uz/docs/-3088008 5 https://lex.uz/docs/-3088008 6 https://lex.uz/docs/-3088008 7 https://lex.uz/docs/-3088008 Download 216.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling