Referati mavzu: Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari


Potensial investor tomonidan obligatsiyalar bo„yicha hisobga


Download 82.78 Kb.
bet6/6
Sana16.11.2023
Hajmi82.78 Kb.
#1781250
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Referat Biznes moliyasi

Potensial investor tomonidan obligatsiyalar bo„yicha hisobga
olinadigan omillar
Daromad darajasi
Obligatsiyalardan olinadigan daromad oddiy va imtiyozli aksiyalardan tushadigan daromaddan ancha kam.
Daromadlar bilan bog„liq risk
Garchi qarzdor kompaniyaning majburiyatlarni bajarmaslik bilan bog‗liq risk darajasi past bo‗lsa-da, obligatsiya egasi odatda boshqa riskka – foiz stavkasi riskiga (interest rate risk) duch keladi. Bu kreditlar bo‗yicha foiz stavkalarining umumiy darajasidagi o‗zgarish bilan bog‗liq zararlar riski hisoblanadi. Shubhasiz, investor hozirgi foiz stavkalarining umumiy pasayishidan foyda ko‗radi, lekin riskka moyil bo’lmagan investor (investorlarning ko‗pchiligi shunday) bo‗lajak
foydadan ko’ra ko’proq bo’lajak zarar ko’rishdan ko’proq tashvishlanadilar.
Qisqa muddatli obligatsiyalarga belgilanadigan nisbatan past foiz stavkasi ulardan olinadigan daromad, uzoqroq qoplanish muddatiga ega bo‗lgan qarz qimmatli qog‗ozlariga qaraganda, pastroq bo‗lishini anglatadi.


4.Yevroobligatsiyalar.
Yevroobligatsiyalar yoki yevrobondlar (Eurobonds), emitent
kompaniya milliy valyutasidan boshqa valyutada baholangan, ta‘minlanmagan obligatsiyalardir. Bu chet el valyutasida berilgan qarz. Kompaniyalar yevrobondlarni chet el investitsiyalari jalb qilishni ko‗paytirish maqsadida chiqaradilar. Bundan tashqari, yevrobondlar kreditorlar uchun ham, emitentlar uchun ham yanada jozibador bo‗lgan yangi xususiyatlarni taklif qilishi mumkin. Chunki yevrobondlar tartibga solinmaydigan bozorda muomalada bo‗ladi.
Yevrobondlarda misol sifatida 2004-yilgi yillik hisobotiga ko‗ra, katta miqdorda (300 million funt sterling) qarz olgan Britaniyaning ―Boats Group plcˮ kimyo kompaniyasini ko‗rsatish mumkin. Foizli svop Faraz qilaylik qandaydir kompaniya shartnomada suzuvchi foiz stavkali (floating interest rate) qarz deb belgilangan, ya‘ni iqtisodiyotda umumiy foiz stavkasi darajasi doirasida o‗zgarib turadigan foiz stavkasi bilan qarz oldi. Ehtimol, kompaniya o’zgarmas foiz
stavkasini (fixed interest rate)
afzal ko’rar, ammo bu shart to’g’risida kelishishning imkoniyati bo‗lmadi.
Bunday hollarda bizning kompaniyamiz muammolari butunlay qarama- arshi bo‗lgan, ya‘ni o‗zgarmas foiz stavkali shartnomaga ega, ammo qarzni suzuvchi foiz stavkasi bilan to‗lashni istaydigan boshqa kompaniyani topishi mumkin. Shundan so‗ng bu kompaniyalarning har biri boshqa kompaniyaning qarz majburiyatlariga xizmat ko‗rsatishga kelishib olishlari mumkin. Amalda ular avval shartnoma tuzadilar va obligatsiyalar chiqaradilar yoki boshqa bir shaklda kredit oladilar. Turli kompaniyalar turlicha kredit reytingiga ega bo’lganliklari
sababli, foizli svop (interest rate swap) amaliy ahamiyatga ega.
Ulardan biri qat‘iy stavka bo‗yicha emas‚ balki mos keladigan suzuvchi stavka bo‗yicha shartlashish imkoniyatiga ega. Ikkinchi kompaniya esa qarama-qarshi vaziyatda bo‗lishi mumkin. Svoplar – derivativlarga yana bir misol bo’la oladi.
XULOSA

Men Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari mavzusida referat tayyorlash davomida Obligatsiyalar va ularning turlari, qarz majburiyatlari dunyoning rivojlangan fond birjalariga chiqarilayotgan yevroobligatsiyalar haqida kerakli ma’lumotlarni o’zim uchun bilib oldim. Bundan tashqari obligatsiyalarning ilk ko’rinishlari, rivojlanish tarihi, jahondagi fond birjalari, ularga chiqarilayotgan obligatsiyalar va ularning iqtisodiyotdagi o’rni haqida ma’lumotlar ham keltirib o’tilgan bo’lib, dunyoning rivojlangan davlatlari va yirik kompaniyalarga tegishli bo’lgan obligatsiyalar haqida o’rganib kerakli xulosalarga ega bo’ldim va quyidagilarni bilib oldim.


Ma’lumotlarni baholash va qarorlar ishlab chiqish. Mazkur bosqichda muhim ma’lumotlardan belgilangan maqsadlarga erishish uchun eng yaxshi harakat yo‘nalishi ajratib olinadigan tarzda mavjud imkoniyatlar solishtiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Unlibrariy yagona elektron kutubxona axborot tizimi.

  2. Ziyo.net internet manzili.

  3. TMI Axborot resers markazi elektron manzili.

  4. Biznes moliyasi kitobi (pdf)

Download 82.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling