Referati mavzu: Qurilishda qo`llaniladigan keramik materiallar va buyumlar ilmiy rahbar


Download 259.77 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi259.77 Kb.
#1607280
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qurilishda qo`llaniladigan keramik materiallar va buyumlar

O‘tga chidamlilik - giltuproqning yuqori harorat ta’sirida deformatsiyalanmasdan bardosh berish xossasidir. O‘tga chidamliligiga ko‘ra giltuproq uch guruhga bo‘linadi: o‘tga chidamli (erish harorati 1580 dan yuqori), qiyin eriydigan (1350-15800S) va oson eriydigan (13500 S dan past) giltuproq.
Pishirish davomida giltuproqning toshsimon holatga o‘tishi. Keramik buyumlarni yuqori haroratlarda pishirish jarayonida giltuproqda bir qator fizikaviy-kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Avvalo, erkin birikkan suv bug‘lanadi, keyin organik moddalar yonib ketadi. Hararat 450-6000S bo‘lganda kaolinit degidratlanib metakaolinit AL2O32SiO2 hosil bo‘ladi. Harorat 700-8000S ga etganda suvsiz metakaolinit parchalanadi. Keyinchalik, harorat 9000S va undan yuqori bo‘lganda parchalanish natijasida hosil bo‘lgan AL2O3 vaSiO2 o‘zaro birikib sun’iy mineral – mullit - 3AL2O32SiO2 hosil qiladi. Mullit pishirilgan keramik buyumlarga mustahkamlik, suvga chidamlilik, termik chidamlilik xossalarini beradi. Mullit hosil bo‘lishi bilan birga giltuproq tarkibidagi oson eriydigan birikmalar suyuqlanib, ashyoning mustahkamligini oshiradi, Keramik materiallar toshsimon holatga o‘tadi.
G‘isht va boshqa g‘ovak keramik buyumlarni pishirish odatda 950-10000S da olib boriladi. Harorat bundan yuqori bo‘lganda ashyoda suyuq silikat eritma hosil bo‘lib, keramik ashyoning zichligi oshadi. Natijada suv shimuvchanligi kichik (5% gacha) bo‘lgan zich Keramik buyumlar olinadi.

Keramik buyumlarning xossalari
G‘ovaklik - Keramik buyumlarning g‘ovakligi odatda 10-40% ni tashkil qiladi. (g‘ovak buyumlar). Buyumlarning g‘ovakligini oshirish uchun g‘ovak hosil qiladigan qo‘shimchalar qo‘shiladi. Buyumlarning zichligini va issiq o‘tkazuvchanligini kamaytirish uchun g‘isht va solol toshlar ichi kovakli (ichi bo‘sh) qilib tayyorlandi.
Suv shimuvchanlik Keramik buyumlarning g‘ovakligini xarakterlaydi. G‘ovak Keramik buyumlarning suv shimuvchanligi massasiga ko‘ra 6-20%, hajmiga ko‘ra 12-40% ni, zich keramik buyumlarning suv shimuvchanligi massasiga ko‘ra 1-5%, hajmiga ko‘ra 2-10% ni tashkil etadi.

Download 259.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling