Referati Mavzu: Radiobiologiya tarixidan qisqacha ma`lumot. Reja: Kirish
Download 40.93 Kb.
|
referat 2 dolzarb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Radiobiologiya tarixidan qisqacha ma`lumot. Reja
- 2. Radiobiologiya tarixidan qisqacha ma`lumot.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim. vazirligi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti "Biologiya" yoʼnalishi 223-21-guruhtalabasi Bozorova Dilrux Javlon qizining "Biologik dolzarb muammolar" fanidan R e f e r a t i Mavzu: Radiobiologiya tarixidan qisqacha ma`lumot. Reja: Kirish Radiobiologiya tarixidan qisqacha ma`lumot. Radiobiologiyaning tarkibiy qismlari. Rentgen va radioaktiv nurlarining umumiy xossalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Radiobiologiya ionlovchi nurlarning biologik mavjudotlarga ta`sir mexanizmlari va qonuniyatlarini urganuvchi fandir. Bu fan yadro nurlarini tibbiyotda, qishloq xujaligi va biosanoatda qullanishining poydevori xisoblanadi. Radiobiologiyada ionlovchi nurlardan foydalanish, zararli ta`siridan saqlanish nazariyasini ishlab chikish aloqida urin tutadi. 2. Radiobiologiya tarixidan qisqacha ma`lumot. Radiobiologiyaning dunyoga kelishi - XIX asr oxirida amalga oshgan uch ajoyib kashfiyot bilan bog`liq. Ulardan birinchisi 1895 yilda nemis olimi V.K.Rentgen tomonidan kuzga kurinmaydigan, jismlardan teshib utuvchi, biologik uzgarishlar chaqiruvchi, nomi kashfiyotchining ismi bilan atalgan nur rentgen nurlarining kashf etilishi. Ikkinchisi 1896 yilda frantsuz kimyogari va fizigi A.Bekkerel` tomonidan uran moddasining, tashki ta`sirsiz, uz-uzidan, rentgen nurlariga uxshash nurlar tarqatishining aniqlanishi. Uchinchisi 1898 yilda erxotin Mariya Skladovskaya Kyuri va P`er Kyuri tomonidan kuchli nur tarqatuvchi yangi kimyoviy elementlar - radiy va poloniyni kashf etilishi va ajratib olinishi. M.Kyurining taklifi bilan moddalarning tashqi ta`sirsiz, uzidan nur tarkatish xossasi radioaktivlik deb, - bunday moddalar radioaktiv moddalar deb atala boshladi (radio - nur tarqatish demakdir). Rentgen va radioaktiv nurlarning biologik ta`sirini o`rganish bu nurlar kashf etilgan dastlabki yillardan boshlangan. Rus olimi I.N.Tarxanov (Tarxinashvili) 1896 yilda rentgen nurlarining asab tizimi (nerv sistemasi) ning faoliyatiga ta`sirini o`rganib, ionlovchi nurlarning tirik organizmga ta`sirini eksperimental urganishni boshlab berdi. 1898 yilda radiy moddasining xususiyatlarini tinglovchilarga namoyish etish maqsadida olib, kostyum cho`ntagida bir necha soat saqlagan Bekkerel` tasodifan teri quyushining guvohi bo`ldi. P.Kyuri bilak sohasiga turli muddatga radiyli shisha naycha qo`yib, nur ta`siridan kelib chiqqan teri uzgarishlarini kuzatdi. Rentgen va radioaktiv nurlarning organizmga ta`sirini o`rganish kupchilik olimlar uchun juda qimmatga tushdi. Rentgenlik nurlari bilan muhofaza vositalarsiz, birinchilar qatorida ish boshlagan ko`p vrachlar shu nurlar keltirib chiqargan kasalliklardan nobud buldilar. 1936 yilda Germaniyaning Gamburg shaqrida, rentgen instituti qarshisida, shu erda uzoq yillar davomida ishlagan, nur ta`siridan kelib chiqqan rakdan nobud bo`lgan rentgenolog, vracholim Al`bers-Shonberg nomiga qo`yilgan gospital hovlisida, yodgor marmar ustun o`rnatildi. Bu ustinning old tomoniga quyidagi so`zlar yozilgan. «Yodgorlik - xotira, boshqalarning kasalliklariga qarshi kurashda uz xayotlarini kurbon kilgan xamma millatlarning rentgenologlari, radiologlari, vrachlar, fiziklar, kimyogarlar, texniklar, laborantlar, xamshiralarga baђishlanadi. Ular rentgen va radiy nurlarini tibbiyotda xavfsiz va samarali kullashga kaxramonona yul ochdilar. Ular shuxrati ulmaydi». Ustunning boshka tomoniga radiatsiya asoratlarida usha paytgacha ulgan 169 kishining nomlari uyib yozilgan. Keyinchalik memorialga yana ikki xotira taxta urnatib, unga yangi nomlar yozildi. Sungra radiatsiya kurbonlarining ismlari aloxida al`bomga yozila boshladi. Rentgen va radiy nurlari ta`sirini eksperimental va klinik tarzda kuzatuvlar yildan-yilga ortib bordi, nurlarning biologik ta`siri xakida dastlabki xulosalar, gipotezalar paydo bula boshladi. Ammo usha davrda rentgen va radioaktiv nurlarning tabiati, ularning moddalar bilan munosabat mexanizmi xakidagi bilimlarning etarli emasligi, radioaktiv moddalarning noyobligi (fakat bir necha yirik institutlargina radiyga ega bulgan va uning ta`sirini urgangan) radiobiologiyaning rivojiga tuskinlik kildi. Rentgen nurlari, asosan vrachlarni diagnostika nuktai nazaridan kiziktirgan, keng doiradagi biologlarning e`tiboridan chetda bulgan. Xatto G.A.Nadson va G.S.Filippovlarning tomonidan 1925 yilda ionlovchi nurlarning mutagen ta`siri aniklangani, uz vaktida etarli baxolanmagan. 1934 yilda Fridrik Jolio-Kyuri va uning xotini Iren Kyuri sun`iy ravishda radioaktiv moddalar olishga muvaffak buldilar, keyinrok 30-yillarning oxiri va 40yillarda uran atomini parchalash imkoniyati ochildi, atom reaktorlari yaratildi. Uran atomlarining parchalanishi juda kup mikdorda ionlovchi nur tarkalishi bilan kechadi. Parchalanish natijasida radioaktiv xususiyatiga ega bulgan turli izotoplar paydo buladi. Avval ma`lum bulgan rentgen, al`fa, betta va gamma nurlari katoriga neytron, pozitron va boshka nurlar xam kushildi. Radioaktiv bulmagan atomlar yadrosiga neytronlar bilan ta`sir etib atom reaktorida ularning radioaktiv moddalarga aylantirish imkoniyati paydo buldi. Radioaktiv moddalar ilmiy laboratoriyalarda, texnikada, tibbiyotda keng kullana boshladi. Ionlovchi nurlar bilan ishlovchi yoki uning ta`sirida bulganlar soni yildan-yilga ortib bordi. Bu nurlarning tirik organizmga ta`sirini urganishga kizikish ortdi. Radiobiologiya fanining rivojiga yadro kurolining yaratilishi, Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki katta turtki shaxarlarining AKSh xarbiylari tomonidan atom vositasida bombardimon kilinishi buldi. Yadro sinovlari utkazilishi, tabiiy muxitning atom parchalanishi maxsulotlari bilan ifloslanishiga olib keldi. XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan mamlakatlarda atom sanoati yuzaga keldi. Uran konlari, uranni tuyintirish, kayta ishlash fabrikalari ochildi. Atom elektrostantsiyalari, sanoat, ilmiy, texnik maksadlar uchun muljallangan yadro reaktorlari, atomoxod suv usti va suv osti kemalari yaratildi, uran koldiklari va parchalanish maxsulotlari yuk kilish (utilizatsiya) fabrikalari yaratildi. Atom energiyasidan va boshka ionlovchi nurlardan xalk xujaligida foydalanish yanada keng tus oldi. Bu jarayonda millionlab odamlar va xayvonot dunyosining nurlanishiga sabab bulgan avariya va xalokatlar ruy berdi. Atom sinovlari utkazilgan xududlar va ular atrofidagi radioaktiv ifloslanishlar tugdirgan muammolarni urganish va xal kilish radiobiologiya faniga ta`lluklidir. Radiobiologiya fanining yutuklari orasida aloxida e`tiborga sazovor xisoblanadi: Myuller (1927) tomonidan radiatsiyaning naslga ta`sirini urganish, nurning mutagen ta`sirini ochilishi (D.Li, Angliya, 1946), N.V.TimofeevRessovskiy va K. Tsimmer (Germaniya 30-40 yillar)ning nur ta`sir mexanizmini urganish buyicha olib borgan ilmiy ishlaridir. 1950 yillardan boshlab, atom va termoyadro kurolining sinovlari keltirib chikargan radiobiologik muammolar, utkir va surunkali nurlanish kasalligi, maxalliy radiatsion jaroxatlar urganildi. Sunggi un yilliklarda kichik dozalarda surunkali nurlanishning ta`siri, yadro xalokatlari keltirib chikaruvchi radiobiologik muammolar bunday nurlanishning asoratlari, ularning oldini olish, davolash, genetik asoratlar extimoli va radiatsion ekologiya muammolari dolzarb bulib kelmokda. Kuyida, 1-chizmada radiobiologiyaning radiologiya fanlari orasida tutgan urni keltirilgan. Download 40.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling