Referati mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja
Biografik (tarjimai hol) metodi
Download 27.99 Kb.
|
Salomova Aziza Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotsiometrik metod.
Biografik (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti tо„g„risidagi og„zaki va yozma ma‟lumotlar biografik metod orqali о„rganiladi. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, о„zgalar ijodiga bergan baholari, taqrizlari alohida о„rin egallaydi.
Shu bilan birga о„zgalar tomonidan tо„plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, audio ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filümlar, taqrizlar о„rganilayotgan shaxs haqida tо„la tasavvur etishga xizmat qiladi. Tarjimai hol ma‟lumotlari inson psixikasidagi о„zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan о„rganib bо„lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Biografik ma‟lumotlar odamlarning о„zini о„zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, idora etishi, о„zining uslubini yaratishi, kamolot chо„qqisiga erishishi jarayonida namuna vazifasini utaydi. Sotsiometrik metod. Bu metod kichik guruh a‟zolari о„rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni о„rganish va ularning darajasini о„lchashda qо„llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a‟zoning о„zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatida kim bilan birga qatnashishi sо„raladi. Tadqiqotning sotsiometrik metodi sharoitga muvofiqlashtirilgan kichik guruhlardagi shaxslararo munosabatni о„lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga bevosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qaytarish orqali guruh a‟zolarining о„zaro tanlash jarayoni vujudga keltiriladi. О„quv maskanlarining о„quvchilar guruhi, tashkilotlardagi mehnat jamolari va turli muassasalarning xodimlari о„rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari, dinamikasi, shaxslararo ziddiyatlarning sababi shu metod yordamida о„rganiladi. Umuman olganda, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi psixologik qonuniyatlarni tadbiq etishda unumli foydalanish mumkin. Download 27.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling