Referati mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja
Download 27.99 Kb.
|
Salomova Aziza Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suxbat metodi
- Test metodi.
Anketa metodi. Kishilar psixikasini ommaviy so‟roq asosida о„rganish demakdir. Bu metod yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarning munosabatlari о„rganiladi. Anketa odatda uch turda utkaziladi.
Ularning birinchi turi anglashilgan motivlarni aniqlashga mо„ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi turida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi turdagi anketada sinaluvchiga yozilgan tо„g„ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. Anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini о„ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Tarqatilgan anketalar yig„ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida hisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, sо„ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yо„sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini о„rganish uchun boy ma‟lumotlar tо„plash imkonini beradi. Biroq unda olinadigan ma‟lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bо„lavermaydi. Bunday kamchilikka yо„l qо„ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi savollarni puxta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Suxbat metodi erkin, nutqiy munosabat tufayli olingan kishi psixik faoliyatining xulosasini tekshirish demakdir. Bu metod yordamida inson psixikasini о„rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subyekti tanlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan о„tkazish rejalashtiriladi, о„rganilayotgan narsa bilan о„zviy bog„liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi о„zgarishlarni о„rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e‟tiqodi, dunyoqarashi, irodasi tо„g„risida ma‟lumotlar olinadi. Test metodi. Test - inglizcha «sinash», «tekshirish» degan ma‟noni anglatadi. Shaxsning aqliy о„sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qо„llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq, misol yoki jumboqlar test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasb egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste‟dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qо„llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, tо„plangan ma‟lumotlarning obyektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishiga bog„liqdir. 1905 yil fransuz psixologlari A.Bine va A.Simonlar insonning aqliy о„sish va iste‟dod darajalarini о„lchash imkoniyati borligi g„oyasini olga surganidan keyin psixologiyada test metodi qо„llanila boshlandi. Hozirgi zamon nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Veksler, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqka erishish (maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarida berilgan bilim va malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish darajasini о„lchashga mо„ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi va xulqini baholashga yо„naltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (proyektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab kilinadi, javoblarni tahlil qilib, shaxs xususiyatining «loyihasi» ishlab chiqiladi) kiradi. Download 27.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling