Referati mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja


Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari


Download 27.99 Kb.
bet3/6
Sana13.12.2022
Hajmi27.99 Kb.
#999676
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Salomova Aziza Referat

Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari
Tajribada qо„llaniladigan metodlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
1. Kuzatish metodi. Kishining har kungi psixik faoliyatini odatdagi xayot va sharoitlarida tahlil qilishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiyada bu metodning obyektiv (tashki) va subyektiv (о„zini-о„zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi о„zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  1. kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;

  2. kuzatiladigan obyekt tanlanadi;

v) sinaluvchining yoshi, jinsi haqida ma‟lumotlar tо„planadi;
g) tadqiqot о„tkazish vaqti rejalashtiriladi;
d) kuzatish qancha davom etishi qat‟iylashtiriladi;
ye) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (о„yin, о„qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi
tavsiya etiladi; yo) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tayinlanadi;
j) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi,
magnitofon, videomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali turli odamlarning diqqati, his-tuyg„ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, nutq faoliyati va hokazolari о„rganiladi. Ammo, о„ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi.

  1. Eksperiment metodi. Sun‟iy xosil qilingan psixologik sharoitda namoyon bо„luvchi psixik faoliyatni tahlil qilishdan iboratdir. Eksperimentator yoki tajriba o‟tkazuvchi psixik faoliyatning о„ziga keraqli xodisasini maxsus tarzda xosil kiladi hamda uning namoyon bо„lish sharti va harakterini belgilaydi. Tajriba metodi о„z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi.

Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qо„llaniladi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda A.F.Lazurskiy yaratgan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a‟zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, о„qituvchilarning ish qobiliyatlari, о„zaro munosabatlarini, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini xal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitda inson psixikasini о„rganishda sinaluvchilarning о„zlari bexabar bо„lishi, ta‟lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi lozim.
Laboratoriya (klinika) metodi kо„pincha individual (ba‟zida guruh yoki jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yо„l-yо„riqlar, tavsiyalar, kо„rsatkichli va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasi о„zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslamalar mavjud. Kо„pincha elektron va radio о„lchagichlar,sekundomer,refleksometr, elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi.
Laboratoriya metodi yordamida diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zо„riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Kо„pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, xaydovchi, operator, elektronlar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (xaloqat, portlash, izdan chiqish, shovqin kо„tarilishi) ning modellari yaratiladi. Asboblarning kо„rsatishi bо„yicha о„zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional-irodaviy zurikish, jiddiylik, tajanglik sodir bо„layotganini ifodalovchi ma‟lumotlar olinadi.

  1. Psixologik-pedagogik eksperiment - о„quvchilarning psixologik xususiyatlarini tabiiy sharoitda maxsus usullar yordamida о„rganishdir.

Mazkur eksperiment о„quvchilarni maxsus uyushtirilgan ta‟lim sharoitida maqsadga muvofiq ulardan о„zgarishlarni kuzatishni taqozo etadi. Bu eksperiment aniqlovchi va tarkib toptiruvchi bosqichlardan iborat bо„lib, maxsus uyushtirilgan ta‟lim tarkib toptiruvchi eksperiment jarayonida olib boriladi. U qóyidagi tuzilishga ega: eksperimentator yoki tadqiqot olib boruvchi, sinaluvchilar, faraz, reja, yо„l-yо„riq, tajribaning bir-biriga bog„liq bо„lgan va bog„liq bо„lmagan, о„zgaruvchan, nazorat qilinadigan va qilinmaydigan qismlardan iborat.
Eksperimental tadqiqotning asosiy bosqichlari: farazni ilgari surish, metodikani tanlash, eksperimentni rejalashtirish, olingan ma‟lumotlarni ishlab chiqish, tahlil etish va izohlashdan iboratdir.


  1. Download 27.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling