Referati qo’qon-2022 Mavzu: " Hozirgi zamon rivojlanish ta’limotlari va evolyutsiyasi "
Institutsionalizmning asosiy xususiyatlari
Download 29.8 Kb.
|
Tarix 2-topshiriq
Institutsionalizmning asosiy xususiyatlari
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida olamda bo`lib o`tgan aniq ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlarning salohiyoti keskin o`zgardi, ilgari ilg`or bo`lgan davlatlar 2-o`rinlarga (Angliya, Fransiya), nisbatan qoloq bo`lgan davlatlar esa 1-o`rinlarga chiqib olishdi (AQSH, Germaniya). Xuddi shu davrda yetakchi mamlakatlarda erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan ko`pincha monopolistik (mono-bir) iqtisodiyotga o`tish kuchaydi. Monopoliya kuchayishi monopol foyda olishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta'sir qila boshladi. Shu sababli antimonopol choralar qo`llash g`oyasi ilgari surildi, bu birinchi AQSHda ro`y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha davlatlar bunday chorani qo`llaydilar. Antitrest siyosati yo`li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazoratning turlicha metod (usul)lari Kullanila boshlandi. Ana shu usullarning nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud. Iqtisodiy ta'limotlardagi institutsionalizm yo`nalishi AQSHda XX asrning 20-30 yillarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asrning ohirlarida vujudga kelgan (T.Veblennning 1899y. chiqqan "Bekorchi sinflar nazariyasi" asari bilan bog`liq). Bu yo`nalish nomi lotincha "instituto" - urf-odat, ko`rsatma, muassasa so`zidan olingan va kapitalizmning imperializm bosqichiga o`tishi bilan bog`liq ravishda ro`y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning yiriklashuvi va boshqalar), chunki bu davr rivojlanishi erkin raqobatga asoslangan avvalgi davr ta'limotlari bilan izohlash mumkin bo`lmay qoldi. Bu ta'limot yo`nalishi vakillarining fikricha, institutlar jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo`lib xizmat qiladilar. Bu tushuncha tagida ijtimoiy xodisalar, masalan, oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmalari va boshqa muassasalar yotadi, ya'ni jamoat ruhining namoyon bo`lishi, yurish-turish va o`ylash usulini xalqning ma'lum guruhlari uchun odatiy, an'anaviy, shuningdek huquqiy, axloqiy va boshqa ko`rinishlarini o`z ichiga oladi. Bu yo`nalish mafkurachilarining fikricha, iqtisodiy kategoriyalar bo`lgan xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda, savdo va boshqalar jamiyat ruhining paydo bo`lishi shaklidir. Demak, ular obyektiv iqtisodiy qonunlaning mavjudligini to`la tan olmaydilar va jamoat ruhiyatining evolutsiyasini tahlil etadilar. Download 29.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling