Referati qo’qon-2022 Mavzu: " Hozirgi zamon rivojlanish ta’limotlari va evolyutsiyasi "


Download 29.8 Kb.
bet4/4
Sana21.11.2023
Hajmi29.8 Kb.
#1792251
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Tarix 2-topshiriq

Institutsionalizm ma'lum ma'noda neoklassik yo`nalishga muxolifdir. Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o`zini-o`zi boshqara oladigan (A.Smit fikri) sistema deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institutsionalizm tarafdorlari iqtisodiyot rivojlinishining harakatlantiruvchi kuchlari moddiy omillar bilan birga tarixiy kontekstda qaraladigan ma'naviy, axloqiy, huquqiy va boshqa omillarga ham bog`liqdir deb o`ylaydilar.
Demak, bu yangi yo`nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiyiqtisodiy, shu bilan birga noiqtisodiy muammolarni tahlil etish ilgari suriladi. Shu bilan birga, tadqiqot obyektlari, ya'ni institutlar birinchi yoki ikkinchi darajali deb Karalmaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo`yilmaydi. Bu yo`nalishning tadqiqot usulida ayrim olimlar fikricha Germaniyada vujudga kelgan tarixiy maktabga katta o`xshashlik bor. Tarixiy va ijtimoiy muxit omillarining hisobga olinishi tarixiy maktab bilan yaqinlikni anglatsa ham, ammo to`la yakdillik yo`q. Yangi yo`nalish neoklassiklarning marjinalizm g`oyalariga asoslangan matematik va ekonometrik prinsiplarini keng qo`llaydilar. Institutsionalizmga xos bo`lgan uslubiy xususiyatlar quyidagilardir: 1) neoklassikaga xos abstraksiyaning yuqori darajasi va ayniqsa baho nazariyasining ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik; 2) iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyaga intilish yoki fanlararo yondoshuv ustuvorligiga ishonch; 3) klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyanish) yetishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o`tkazishga chorlash.
Bu yo`nalishning vujudga kelish, shakllanishi va evolutsiyasining ma'lum tarixi bor. Uning mafkurachilari T.Veblen, J.Kommons, U.Mitchell asarlarida iqtisodiy sikl va inqirozlar tarixi bo`yicha faktik materiallar jamlangan. Bu olimlar jamiyat a'zolari uchun xos bo`lgan urf-odat, an'ana, odob-ahloq, instinktlarni o`rganish bilan shug`ullanadilar. Ularda nazariy tadqiqotdan ko`ra, yozib borish, qayd etish uslubi ortiqroqdir. Institutsionalizm evolutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo`lish mumkin: 1. 20-30 yillarda institutsionalizmning keng tarqalishi. Bu davrning bosh mafkurachisi T.Veblendir (1857-1920), uni J.R.Kommons (1862 1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamiltonlar faol himoya qildilar. 2. Urushdan keyingi kechki institutsionalizm. Bu davr mafkurachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklarni izohlab berish bilan birga F.Ruzvelt tomonidan ilgari surilgan "Yangi kurs" islohotlarini amalga oshirish bo`yicha tavsiyanomalarni ham ilgari surdilar. Ular demografiya va antropologiyani o`rgandilar, ishchilar harakatining kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50 yillarda J.M.Klark "Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi", A.Berli "Mulksiz hokimiyat" va "XX asr kapitalistik inqilobi" kitoblarini chop etdilar, G.Minz o`zining maqolalarida aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayonini qayd etdi. 3. 60-70 yillarda ijtimoiy-institutsional yo`nalish, ya'ni neoinstitutsionalizm paydo bo`ldi. 60-yillardagi institutsiona-lizm asoslari amerikalik nazariyotchi A.Lou va shvetsiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy-institutsional yo`nalish ta'limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar tomonidan davom ettirilgan.
Amerikalik neoinstitutsionalizm nazariyotchilari iqtisodiy jarayonlarni industriya rivoji va texnokratiya rolining o`sishi bilan bog`lamoqdalar, shuningdek bu jarayonlarning borishini tushuntirishda jamiyat ijtimoiy hayotiga asoslanmoqdalar. Bunday xilma-xillik tufayli ijtimoiy-institutsional yo`nalish ichida turli oqim va maktablar vujudga keldi. Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy: 1. Ijtimoiy-psixologik; 2. Ijtimoiy-huquqiy; 3. Empirik yoki konyunktur-statistik oqimni ajratish mumkin. Lekin, shu bilan birga, barcha yo`nalishlar uchun xos bo`lgan umumiylik ham mavjud. Ularning barchasi ozmi-ko`pmi burjua jamiyatini axloqiypsixologik jihatdan tanqid ostiga oladilar, iqtisodiyot fanida reformistik yo`lni oqlaydilar va bu oqim olimlari burjua jamiyatini mutlaq maqtashdan chetlangandirlar.
Ikkinchi tomondan bu yo`nalishning "norozilik kayfiyati" "eng yuqori naf nazariyasi"ga ham qarshi qaratilgan edi.

Agar bu nazariya mikroiqtisodiy tahlil bilan shug`ullansa, institutsionalizm makroiqtisodiy tahlilni amalga oshiradi. "Yuqori naf" vakillari jamiyat asosiy iqtisodiy subyekti sifatida Robinzon (alohida individ)ni tanlashsa, institutsionalizm mafkurachilari kollektiv - jamoa "psixologiyasi"ni birinchi o`ringa qo`yadilar. Ular "yuqori naf" nazariyasiga qarshi chiqib, jamiyatning stixiyali rivoji o`rniga ishlab chiqarishni boshqarishda ijtimoiy tadbirlar qo`llashni afzal ko`rdilar. Boshqa maktablardan farqli ravishda, institutsionalizm iqtisodiy hayotning ba'zi ijtimoiy tomonlarini tanqidiy o`rganishni asos qilib oldi, ammo davlat monopolistik kapitalizmi tizimini qo`llab-quvvatladi.


Ularning g`oyalarida "Ijtimoiy nazorat"ni himoya qilish orqali yangi sharoitda iqtisodiyotni tartiblashni tashkil etishni lozim deb ko`rsatiladi. Ayniqsa, bu sharoitda huquqiy masalalarni rivojlantirish muammosi dolzarb qilib qo`yildi. Ular "erkin sohibkorlik" va marjinalizmga qarshi chiqib, iqtisodiyotda avtomatik barqarorlik mexanizmi borligini inkor etdilar va iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishning tarafdorlari edilar. Keynsdan ancha avvalroq ular davlat iqtisodiyotga faol aralashishi kerak, degan fikrni ilgari surdilar.
Download 29.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling