Referati reja; Liderlik tushunchasi va uning mazmun mohiyati Liderlikka bo`lgan yondashuvlar
Download 45.24 Kb.
|
Raximov Zafarbek liderlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Liderlik tushunchasi va uning mazmun mohiyati;
- Liderlikka bo’lgan yondashuvlar.
O`zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Kadrlar menejmenti 4-bosqich talabasi Raximov Zafarbekning “Liderlik va Karyerani boshqarish fanidan REFERATI Reja; Liderlik tushunchasi va uning mazmun mohiyati Liderlikka bo`lgan yondashuvlar Raxbarlik sifatlari Biznesda liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish Foydalanilgan adabiyotlar Liderlik tushunchasi va uning mazmun mohiyati; Liderlik (inglizcha: “leader” - yetakchi, boshlovchi soʻzidan) – umumiy bir ishni bajarishda boshqalarning yordami va harakatini birlashtiruvchi ijtimoiy taʼsir jarayoni. Yetakchilikning ya’ni liderlikning asosiy xususiyatlari quyidagilar: ➢ mas'uliyatli va qiyin qarorlarni qabul qilish qobiliyati, ular uchun tegishli javobgarlikni o'z zimmasiga olish istagi; ➢ shaxsiy manfaatlar uchun emas, balki odamlarning umumiy manfaatlari va manfaatlari haqida qayg'urish; ➢ odamlarni butunlay ixtiyoriy asosda boshqarish qobiliyati; ➢ xarizma va tabiiy ta'sir kuchiga ega bo'lish; ➢ guruh tomonidan yetakchiga bo'lgan ishonch va kuchli hokimiyat mavjudligi; xatolarni tan olish qobiliyati va mag'lubiyat uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olish, bundan shaxsiy xatolarni qidirish. Bir qarashda liderlik rahbarlik kabi ko'rinishi mumkin. Qisman to’g’ri, ammo ularning o’zaro farqli jihatlari mavjud. Birinchidan, lider har doim parda ortida va o'z-o'zidan aniqlanadi, rahbar esa rasmiy ravishda tayinlanadi. Ikkinchidan, rahbar u bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ma'lum bir guruh vakili bo'lib, yetakchi, aksariyat hollarda, guruhdan ajraladi. Uchinchidan, liderning asosiy sohasi - bu shaxslararo munosabatlar, rahbar esa rasmiy munosabatlardir. Ammo rahbarning ixtiyorida juda ko'p tashqi ma'lumotlar mavjud, qonuniy sanksiyalarni qo'llash mumkin, ya'ni u rasmiy shaxs. Ilmiy tilda guruhga kuchli va ta'sirchan ta'sir ko'rsatadigan rasmiy rahbar, ya'ni uning ta'siri pozitsiyaga bog'liq bo'lsa, "bo'ysunuvchilar" ga ta'sir qiladi. Norasmiy rahbar - bu kompaniyada egallagan joyidan qat'iy nazar, yetakchilikni ta'minlaydigan shaxs. Uning harakatining mohiyati ijtimoiy bo'lib, u "izdoshlariga" qaratilgan bo’ladi. Yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlar shaxsda yillar mobaynidagi tajriba va tug’ma iste’dod asosida shakllanib boradi. Liderlik kompetentsiyasi - bu kishilarni, jamoa aʼzolarining xayrxohligi asosida ish faoliyatini foydali hamkorlik uchun tashkil etish qobiliyati, muayyan rahbarning nizolarni samarali hal etish va unga erishish jarayoni sifatida izohlanadi. Istalgan yosh davrida tashkilotchilik sifatlarni tarkib toptirish, mavjud liderlik layoqatini namoyon etishi uchun sharoit yaratish oʼziga xos tayyorgarlikni talab etadi. Xatarlarni (risklarni) o’z zimmasiga olish va muvaffaqiyatsizliklardan o’rganish. Muvaffaqiyatsizliklardan qochib qutulish va har doim hayotda muvaffaqiyatli bo’lish mumkin emas. Shu sababli yosh avlod uchun har bir muvaffaqiyatsizlikdan saboq olish va hayotda davom etish juda muhimdir. Ular tavakkal qilishdan qo’ rqmasliklari kerak va muammolarga duch kelgan holatda tegishli saboqlarni olishni o’rganishlari lozim. Xato qilmaydiganlar hayotda o’smaydilar. Jamiyatdagi ta’lim tizimi shunday yo’lga qo’yilishi kerakki, bu kadrlarni tavakkal qilishga undaydigan va ularni xato va kamchiliklari uchun jazolamaydigan bo’lishi lozim. Insonning aql-idroki o’sishi va hayotdagi yuksalishi orttirgan tajribalari orqali bo’ ladi. Ongni to’g’ri dasturlash. Muvaffaqiyat uchun kadrlarning ongini rivojlantirish va dasturlash juda muhimdir. Hayotiy misollar shuni ko’rsatadiki, xavfdan qochish uchun dasturlashtirilgan odamlar “men buni qila olmayman” yoki “men bunga qodir emasman”, deyishadi. Ammo “Men buni qanday qila olaman?” yoki “Nima qilsam buning uddasidan chiqaman?” degan savollar bilan kadrlar ongini to’g’ri yo’lga solishlari mumkin. Chunki bayonot ongni yopadi, savol esa ongni o’ylashga va harakat qilishga ochib beradi. Moliyaviy savodxonlik. Bugungi dunyoda moliyaviy savodxonlik shaxsiy, oilaviy va biznes byudjeti va moliyasini boshqarishdagi eng muhim mahoratlardan biridir. Jamiyat tizimida kadrlar o’zlarining shaxsiy mablag’larini tejash, sarflash va investitsiya qilish nuqtai nazaridan samarali boshqarish usullarini o’rganishlari kerak. Qarz va soliq savodxonligi kadrlarning kelajakda o’z bizneslarini ochishda va boshqarishda muhim rol o’ynaydi. Jahon va milliy tajriba tahlili shuni koʼrsatadiki, lider qaysi yoʼnalishda namoyon boʼlishidan qatʼiy nazar uning shaxsiga doir oʼziga xos qobiliyat va sifatlar tarkib topishi zarur birinchidan, barcha ruhiy taʼsir etish bilimlarini jamlagan emotsional intellektining mavjud boʼlishi; ikkinchidan, guruh yoki jamoa aʼzolari orasida oʼzining bilimi va koʼnikmalarini birgalikda baham koʼrishi, targʼib qilishi va muayyan maqsadga yoʼnaltirishda foydalana olishi; uchinchidan, kommunikativlik va samarali muloqotni amalga oshirishni uddalay olishi; toʼrtinchidan, maʼlum bir vazifani amalga oshirishda unga tegishli tajribani egallaganligi va bajarish jarayonida shaxsiy namuna boʼla olishi; beshinchidan, jamoa aʼzolari orasida adolatni taʼminlay olishi va umumiy manfaatga erishish orqali jamoaning har bir aʼzosi manfaatini ifoda eta olishi; oltinchidan, jamoa oldidagi umumiy ezgu maqsadga yoʼnaltirilgan vazifalarni toʼg ʼ ri taqsimlash va bajarilishini nazorat qila olish sanʼ atini egallaganligi; ♦ yettinchidan, “time management”ga qatʼiy rioya etishi, yaʼni vaqtni toʼgʼri taqsimlay olishi; ♦ sakkizinchidan, oʼzini oʼzi doim tahlil qila olish koʼnikmalarini oʼz ichiga oladi. Tadqiqot natijalari har bir davlatning kadrlarni liderlik qobiliyatini shakllantirish va uni rivojlantirib borish boʼyicha oʼz tajribasi hamda texnologiyasi mavjudligini koʼ rsatadi. Kadrlarda liderlik hodisasi oʼ zgaruvchan intellektual va hissiy komponentlarga ega, murakkab tuzilishga ega boʼ lib, hududiy jihatdan oʼziga xosliklarni oʼz ichiga oladi. Liderlarni tarbiyalashga har bir davlatning milliy masalasi sifatida ham qarash mumkin. Chunki taʼlimning barcha bosqichlarida yoshlarning liderlik koʼnikmalarini shakllantirishga boʼlgan pedagogik ehtiyoj, oʼsha davlatning milliy mentaliteti va kadrlar tayyorlash milliy strategiyasiga xosdir. Binobarin, mamlakatning biznes siyosati har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlash boʼyicha oʼ zining iqtisodiy siyosiy ijtimoiy-madaniy barqarorligi ilm fan taraqqiyotini taʼminlovchi talablar asosida shakllantirib boriladi. Liderlikka bo’lgan yondashuvlar. Xodimlarning hatti-harakatlariga ta’sir etishda ma’muriy xodimning liderlik hususiyatlariga ega bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Ma’muriy menejmentda liderlik haqida so’z yuritishda oldin liderlik atamasining mohiyatini aniqlash zarur. Lider atamasi ko’pincha siyosiy liderlar, milliy yetakchilar, diniy rahnamolar, ya’ni murakkab vaziyatlarda tarixni o’zgartira olgan, o’z orqasidan ommani ergashtirgan holda ularni g’oyalarga ishontira olgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi1. Liderlik qadimdan insoniyatni etiborini tortib kelgan tushuncha hisoblanadi. XX asrning boshlarigacha siyosiy liderlar bo’yicha tadqiqot olib borilgan. N. Makiavellining XVI asrda yozilgan mashhur “Hukmdor”2 asari ham liderlik va hukumronlikka bag’ishlangan. Hozirgi paytda ham menejmentning nazariyotchilari Makiavellining g’oyalarini tijorat tashkilotlaridagi hokimiyatning namoyon bulishi va liderlik jarayonlarini tushuntirishda qo’llaydi. Liderlikni tadqiqot qilish bir necha bosqichlarni o’tgan. Birinchi bosqich olimlari samarali lider ega bo’lishi lozim bo’lgan hususiyatlarni aniqlashga urinishlari bilan tavsiflanadi. Biroq bu nazariya amaliyotda yetarli natijalar bermadi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, bir xil muvaffaqiyatga erishgan liderlar turli hususiyatlari bilan ajralib turgan. Bundan tashqari liderlik hususiyatlarining ro’yxati juda uzun bo’lib, amalda hyech bir inson bu hususiyatlarga to’liq ega bo’lishi mumkin emas. Tashkilotda liderlar katta hokimiyatga ega bo’ladilar. Hokimiyatga kuch, yolg’on ishlatib yoki tasodifan erishish mumkin bo’lsa-da, hokimiyat har doim ham liderlikka olib kelmaydi. Lekin, liderlik hokimiyatga erishish vositasidir. Yevropa an’analariga ko’ra hokimiyat tabiatini tadqiqot qilish N.Makiavelli va uning mashhur “Hukmdor” asari bilan bog’liq. Makiavelli hokimiyat, ayniqsa, bir holatdan ikkinchisiga o’tishda muhim ahamiyatga ega, chunki bunda inson tafakkuri ham qayta shakllanadi deb hisoblagan. Bu jarayonlar qarshilikni yuzaga keltiradi, bu qarshilikni yengish uchun esa hokimiyat zarur. Liderlik - kuch ishlashtishga asoslanmagan hokimiyat hisoblanadi. Lekin tashkilotda liderlar yuzaga kelishi bilan ishlar yurishib ketadi. Hozirgi paytda liderlik biznesning asosiy tashkil etuvchilaridan biri ekanligiga Shubhayo’q. Sifatini boshqarish tizimlarida ham liderlik tizimning asosiy yurituvchi mexanizmini sifatida qaratiladi. Sifat menejmentiga oid adabiyotlarda5 ham liderlik tashkilot tizimining barcha komponentlari uchun zarurligi ta’kidlanadi. Liderlik – biznesdagi muvaffaqiyat kaliti bo’lib, barcha innovasion o’zgarishlarni amalga oshirishda yuqori rahbariyatdan liderlik sifatlari talab etiladi. Liderlik tashkilot faoliyatini yurituvchi kuch, global qo’lamdagi raqobatbardoshlikni ta’minlovchi vosita bo’lishiga qaramay6, menejmentda liderlik salohiyatidan to’liq foydalanilmay kelinmoqda, hususan ba’zi yaponiyalik kompaniyalar bu ko’rsatkichgayaqinlashgan. U. Deming liderlikni sifat falsafasining 14 elementidan biri sifatida ta’riflab, «tashkilotda liderlikni joriy etish» deb ataydi7. Liderlik nazariyalaridan ma’lumki, u guruhlar va komandalar bilan ishlashning ajralmas bo’lagi hisoblanadi. M. Meskon va mualliflar guruhi liderlikni tashkilotning ichki omillar guruhiga, “odamlar” kichik tizimiga kiritgan8 Shunday menejment tizimi va joylardagi ish jarayonida uchraydigan tushuncha hisoblanadi. Umumiy holda liderlik barcha tizimlar bilan ishladi va barcha jarayonlarda insonlar bilan munosabatlarni amalga oshirishda qo’llaniladi. Liderlik bu alohida shaxs, shu bilan birga guruhga ta’sir ko’rsata olish qobiliyati bo’lib, barchaning harakatlarini tashkilot maqsadlariga erishishga yo’naltiradi, ingilizcha lider “rahbar; “Qo’mondan»; “yo’lboshchi; “yetakchi» deb tarjima qilinadi. Ma’lum muammoni yechishda guruh liderni ilgari suradi. Lidersiz hyech bir guruh faoliyat ko’rsata olmaydi. Liderni ma’lum maqsad uchun kishilar guruhini birlashtira oladigan shaxs sifatida qarash mumkin. “Lider” tushunchasi “maqsad” tushunchasi bilangina ahamiyat kasb etadi. Lekin bu maqsadga o’zining harakatlari bilangina erishish liderlikka xos emas. Liderlikning tarkibiy qismlaridan biri liderga ergashuvchilarining mavjud bo’lishidir. Liderning asosiy vazifasi insonlarni o’zining orqasidan ergashtirgan holda yagona maqsad doirasidagi vazifalarni yechish uchun guruh a’zolari o’rtasida samarali munosabatlarni o’rnatishdir. Ya’ni lider- insonlardan iborat tizimini tartibga soluvchi element hisoblanadi. Zamonaviy menejmentda liderlikni tavsiflashda yagona yondashuv mavjud emas: 1) Liderlik hukumronlikning bir turi bo’lib, uning asosiy xususiyati yuqoridan pastga yo’naltirilganligidir. U bir yoki bir nechta shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan hokimiyat sifatida namoyon bo’ladi (J. Blondel); 2) Liderlik - qaror qabul qilish bilan bog’liq boshqaruv statusi, ijtimoiy mavqye bo’lib, rahbarlik lavozimidir. Jamiyat a’zolari turli ijtimoiy rollar va statusga shaxslardan iborat bo’ladi. Rahbarning ijtimoiy statusi uning lideri ko’rinishidagi ijtimoiy rolni bajarilishini taqozo etadi. (L. Daunton); 3) Liderlik - boshqalardan ta’sir etish bo’lib, bu ta’sir quyidagi shartlarga javob berishi kerak. (V.Kas, L. Edinger); ta’sirning doimiyligi, ta’sirning haqqoniyligi. 4) Liderlik - guruhdagi tabiiy ijtimoiy- psihologik jarayon bo’lib, shaxsning shaxsiy obro’sining guruh a’zolariga ta’sir etishga asoslangan. Ta’sir g’oyalar, bazani ishontirish, ruhiy ta’sir, shaxsiy namuna, majburlash orqali amalga oshirilishimumkin. 5) Liderlik norasmiy hodisa bo’lib, guruhning ruhiy psihologik umumiyligining ramzi hisoblanadi va guruh a’zolarning harakatlari uchun namuna vazifasini o’raydi. Krichevskiyning fikriga ko’ra, liderlik o’z-o’zidan paydo bo’ladi, ya’ni psihologik hodisalanadi, rahbarlik esa ijtimoiy xususiyatga ega bo’ladi. Hal etilayotgan muammoning ko’lamiga qarab liderlikning quyidagi ko’rinishlari mavjud; kundalik yumushlarga asoslangan lider (oila, maktab, talabalar guruhidagi liderlik); ijtimoiy lider (ishlab chiqarish, kasaba uyushmalari harakati, ijodiy va sport jamiyatlarida); siyosiy lider (davlat, jamoat arboblari). Bu liderlarning o’zaro bog’liqligi mavjud bo’lib, birinchi guruhdagi liderlar boshqa turlarga o’tish imkoniyatigaega. Liderlik va rahbarlik tushunchalarini qat’iy chegaralash mumkin emas- ingliz, nemis tillarida va boshqa bir qator yevropa tillarida liderlik va rahbarlik bir so’z bilan ifodalanadi «leadership» (inglizcha) va «Fuhrungue » (nemischa). Sosiologiya va siyosatshunoslikda ham rasmiy va norasmiy liderlik ajratib ko’rsatiladi. Bunda rasmiy lider- rahbar hisoblanadi, norasmiy lider esa rahbarlik salohiyati va qobiliyatiga ega, lekin rahbar statusidagi bo’lmagan shaxsga nisbatanqo’llanadi. An’anaviy holda adabiyotlarda bu tushunchalarni quyidagi ko’rsatkichlar bo’yichafarqlash qabul qilingan: 1) Boshqaruv muammosining mazmuniga ko’ra - menejer alohida muammolarni yechish haqida g’amxorlik qiladi lider esa innovasion g’oyalarni rivojlantiradi, kelajakdagi vazifalarni yechishga asos soladi(F. Kotler). 2) Personalga ta’sir etishga ko’ra - menejerlar xodimlarning zarur topshiriqlarni bajarilishini majburlash orqali amalga oshiradi, lider esa odamlarda bu topshiriqlarni o’z hohishi bilan bajarishiga erishadi (L. Djekson). Liderning ommaga ta’sir eta olish mexanizmining tarkibi unga ergashuvchilarning hususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Zamonaviy menijmentda liderlik muommolari bugungi kunda O’zbekistonda va jaxonda ro’y berayotgan o’zgarishlar menejerning va liderning tashkilotdagi o’rniga yangicha yondoshishni taqozo etadi. Xozirgi paytda menejer va lider tushunchalari o’zaro bog’liq holda o’rganilmoqda: Menejmentning yangi – innovasion yo’nalishi yuzaga kelishi barcha darajadagi menejerlarning liderlik ko’nikmalariga ega bo’lishini taqozo etadi9. Muallif fikriga ko’ra lider va menejer bir qator hususiyatlarigako’rafarqlanadi. Liderlik vazifasi o’zining tarafdorlari qarashlarini kelishilgan harakatlar dasturiga joriy etishga asoslanadi. Lider yangi guruhlarni shakllantiribgina qolmay, mavjud guruhlarning birdamligini ham ta’minlaydi. Lider o’z maqsadlarini ifodalaydi va aynan shu guruh uchun xos bo’ladi. Download 45.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling