Referati reja; Liderlik tushunchasi va uning mazmun mohiyati Liderlikka bo`lgan yondashuvlar


Biznesda rahbarlik qobiliyatlarini rivojlantirish


Download 45.24 Kb.
bet3/5
Sana10.02.2023
Hajmi45.24 Kb.
#1184476
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Raximov Zafarbek liderlik

Biznesda rahbarlik qobiliyatlarini rivojlantirish
Rahbarning professional muhim sifatlari masalasi oxirgi yillarda mutaxasislar 
va amaliyotchilarniko`proq qiziqtirmoqda. Bir guruh olimlar amerikalik hamda yaponiyalik rahbarlar faoliyatini o`rganib, ularga xos bo`lgan eng muhim sifatlarning bloklarini ajratganlar. 1500 ta amerikalik menedjer va 41 ta yirik Yaponiya firmalari rahbarlarining sifatlari quyidagicha tabaqalandi: 

A. Konseptual qobiliyat va xulq-atvor standartlari: dunyoqarashning kengligi, global yondashuv; uzoqni ko`ra bilish va egiluvchanlik tashabbuskorlik va dadillik, tavakkalchilikka moyillik; 


muntazam o`z ustida ishlash va uzluksiz o`qish. 
B. Shaxsiy sifatlar: 
maqsad va yґnalishlarni aniq belgilash; 
o`zgalar fikrini tinglash qobiliyati; 
xolislik, samimiyat va bag`rikenglik; 
adolatli qarorlar chiqarish orqali xodimlarni joy-joyiga qo`yish, ular 
imkoniyatlaridan to`la foydalanish; 
shaxsiy yoqimtoylik; 
jamoa tashkil etish va unda uyg`un muhitni ushlab tura olish qobiliyati. 
V. Salomatlik. 
Lekin barcha o`tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon bo`ldiki, 
amerikalik rahbarlar ko`proq xodimlarning shaxsiy-individual tashabbuslar 
ko`rsatishlariga imkon beruvchi muhitning bo`lishi tarafdorlari bo`lsalar, 
yaponiyaliklar - xodimlarning hamkorlikdagi faoliyatlari samarasini oshiruvchi sharoitlarni yaratishga e’tibor beradilar. Shuning uchun ham rahbarlik sifatlari xaqida gap ketganda, shaxsning bir qator bilimdonliklari nazarda tutiladi. 
1. Professional bilimdonlik - o`zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal 
yo`lga quyish uchun o`sha faoliyat borasida to`la ma’lumotlar, bilim va 
malakalarga ega bo`lishlikdir. 
2. Uslubiy bilimdonlik - bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko`nikmalari, 
turli loyixalar xususidagi ma’lumotlar, topshiriqlarni tez, to`g`ri va tushunarli 
tarzda xodimlarga yetkaza olish qobiliyati. 
3. Ijtimoiy psixologik bilimdonlik - odamlar bilan ishlash, ular bilan til 
topisha olish, jamoani uyushtira olish, uni yaxshi ishlashga safarbar qila olish, o`zidagi liderlik sifatlarini to`la namoyon eta bilish qobiliyati. Bu tushuncha ko`pincha “kommunikativ bilimdonlik” tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi. 
50-chi yillardan boshlab o`tkazilgan tadqiqotlarda xar qanday faoliyatda ham 
muvaffaqiyatni ta’minlovchi sifatlarning yuzlab xillarini aniqlandi. Lekin ularni umumlashtirilganda, 5% sifatlargina barcha tadqiqotlarda muhim, deb e’tirof etildi. Ularning orasida eng ko`p marta takrorlanganlari: a) intellekt (odamning murakkab va mavhum muammolarni yecha olish qobiliyati, u o`ta yuqori bo`lmasligi, aksincha, o`rtachadan yuqori bo`lishi kerakligi e’tirof etildi); b) tashabbuskorlik (yangicha ishlash va harakatlarga ehtiyojni anglash qobiliyati va shunga mos motivlar) kiradi. 


Download 45.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling