Referati reja; Liderlik tushunchasi va uning mazmun mohiyati Liderlikka bo`lgan yondashuvlar
Biznesda rahbarlik qobiliyatlarini rivojlantirish
Download 45.24 Kb.
|
Raximov Zafarbek liderlik
Biznesda rahbarlik qobiliyatlarini rivojlantirish
Rahbarning professional muhim sifatlari masalasi oxirgi yillarda mutaxasislar va amaliyotchilarniko`proq qiziqtirmoqda. Bir guruh olimlar amerikalik hamda yaponiyalik rahbarlar faoliyatini o`rganib, ularga xos bo`lgan eng muhim sifatlarning bloklarini ajratganlar. 1500 ta amerikalik menedjer va 41 ta yirik Yaponiya firmalari rahbarlarining sifatlari quyidagicha tabaqalandi: A. Konseptual qobiliyat va xulq-atvor standartlari: dunyoqarashning kengligi, global yondashuv; uzoqni ko`ra bilish va egiluvchanlik tashabbuskorlik va dadillik, tavakkalchilikka moyillik; muntazam o`z ustida ishlash va uzluksiz o`qish. B. Shaxsiy sifatlar: maqsad va yґnalishlarni aniq belgilash; o`zgalar fikrini tinglash qobiliyati; xolislik, samimiyat va bag`rikenglik; adolatli qarorlar chiqarish orqali xodimlarni joy-joyiga qo`yish, ular imkoniyatlaridan to`la foydalanish; shaxsiy yoqimtoylik; jamoa tashkil etish va unda uyg`un muhitni ushlab tura olish qobiliyati. V. Salomatlik. Lekin barcha o`tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon bo`ldiki, amerikalik rahbarlar ko`proq xodimlarning shaxsiy-individual tashabbuslar ko`rsatishlariga imkon beruvchi muhitning bo`lishi tarafdorlari bo`lsalar, yaponiyaliklar - xodimlarning hamkorlikdagi faoliyatlari samarasini oshiruvchi sharoitlarni yaratishga e’tibor beradilar. Shuning uchun ham rahbarlik sifatlari xaqida gap ketganda, shaxsning bir qator bilimdonliklari nazarda tutiladi. 1. Professional bilimdonlik - o`zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal yo`lga quyish uchun o`sha faoliyat borasida to`la ma’lumotlar, bilim va malakalarga ega bo`lishlikdir. 2. Uslubiy bilimdonlik - bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko`nikmalari, turli loyixalar xususidagi ma’lumotlar, topshiriqlarni tez, to`g`ri va tushunarli tarzda xodimlarga yetkaza olish qobiliyati. 3. Ijtimoiy psixologik bilimdonlik - odamlar bilan ishlash, ular bilan til topisha olish, jamoani uyushtira olish, uni yaxshi ishlashga safarbar qila olish, o`zidagi liderlik sifatlarini to`la namoyon eta bilish qobiliyati. Bu tushuncha ko`pincha “kommunikativ bilimdonlik” tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi. 50-chi yillardan boshlab o`tkazilgan tadqiqotlarda xar qanday faoliyatda ham muvaffaqiyatni ta’minlovchi sifatlarning yuzlab xillarini aniqlandi. Lekin ularni umumlashtirilganda, 5% sifatlargina barcha tadqiqotlarda muhim, deb e’tirof etildi. Ularning orasida eng ko`p marta takrorlanganlari: a) intellekt (odamning murakkab va mavhum muammolarni yecha olish qobiliyati, u o`ta yuqori bo`lmasligi, aksincha, o`rtachadan yuqori bo`lishi kerakligi e’tirof etildi); b) tashabbuskorlik (yangicha ishlash va harakatlarga ehtiyojni anglash qobiliyati va shunga mos motivlar) kiradi. Download 45.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling