Referati reja: Saylov huquqi: tushunchasi, manbalari, tizimi Saylov huquqi prinsiplari
Download 17.83 Kb.
|
Referati reja Saylov huquqi tushunchasi, manbalari, tizimi Say-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Saylov tizimi: tushunchasi, turlari 1.Saylov huquqi: tushunchasi, manbalari, tizimi
Referati reja: Saylov huquqi: tushunchasi, manbalari, tizimi Saylov huquqi prinsiplari BI 219 guruh kursanti Urinov Aslombekning “Saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyati sharti” mavzusida tayyorlagan REFERATI Reja: 1.Saylov huquqi: tushunchasi, manbalari, tizimi 2. Saylov huquqi prinsiplari 3. Saylov tizimi: tushunchasi, turlari 1.Saylov huquqi: tushunchasi, manbalari, tizimi Saylov kishilik jamiyatidagi eng qadimiy tadbirlardan hisoblanadi. Albatta saylovlarni hozirgi darajadagi mazmunga ega bo’lishi uchun ko’p vaqt o’tdi. Saylov har bir ijtimoiy tizimda (davrda) o’ziga xos ko’rinishda, mazmunda namoyon bo’lgan. Masalan: quldorlik, feodal tuzum davridagi saylovlar kapitalizm, sosializm davrlaridagi saylovlardan tubdan farq qilgan. Har bir tuzum saylov mazmun mohiyatiga ta’sir qilgan bo’lsa, saylov ham o’z navbatida ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir qilgan. Saylov biror narsani yaratish, tashkil qilish vositasi bo’lib, u kishilarni, jamiyat a’zolarini xohish irodasini ro’yobga chiqarish vositasidir. Saylovda xohish-iroda ovoz berish orqali namoyon bo’ladi. Ovoz berishni esa turlari har xil bo’lib, ular orasida eng ahamiyatlisi, ommaviy xarakterga ega bo’lgani bu – hokimiyat organlarini, tuzulmalarni tuzishda qo’llaniladigan ovoz berish, ya’ni saylovdir. Bu ovoz berish qonunlarda fuqarolarning saylov huquqi sifatida mustahkamlanib, siyosiy huquq tarzida e’tirof etiladi. Saylov – saylov huquqi orqali namoyon bo’ladi. Saylovlar XX asrda ayniqsa rivojlandi va ahamiyati oshdi. Xalqaro miqyosdagi munosabatlarga aylandi.Hozirgi paytda har qanday demokratik mamlakatlarda saylov huquqi mavjud ekan, u ma’lum xalqaro-huquqiy standartlarga mos kelishi zarur. Bunday standartlar, talablar ikkinchi jahon urushidan so’ng ishlab chiqilib, xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan. Fuqarolarning saylov huquqiga egaligi BMT tomonidan 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi” da belgilab qo’yilgan. Uning 21 -moddasi “a” bandida “Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali o’z mamlakatlarini boshqarishda qatnashish huquqiga ega”1 ekanligi yozib qo’yilgan. Хuddi shu mazmundagi qoida “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt”da ham mustahkamlangan Hozirgi kunda saylov huquqi fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan saylovlardaqatnashishhuquqidir. Saylov huquqini aniq tushunish, bilish uchun, “saylov huquqi” atamasini bilish zarur. Chunki bu atama bir necha mazmunda yoki boshqacha qilib aytganda, bir necha tushunchalarga nisbatan ishlatiladi Ko’pchilik manbalarda saylov huquqiga ta’rif berishda u ikki ma’noda ishlatilishi hisobga olinadi va tushuncha shunga mos ravishda beriladi. Saylov huquqi fuqarolarning asosiy, siyosiy huquqlaridan hisoblanadi. Bu huquq normalari avvalo Konstitusiyada mustahkamlangan. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida alohida XXIII bob, saylov tizimiga bag’ishlanib, unda saylov huquqining asosiy qoidalari, prinsiplari belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida saylov uchun alohida bob ajratilgani saylovning ahamiyati yuqori ekanligidan kelib chiqadi va bu mazkur huquqiy institutning konstitusiyaviylik hususiyatini aniq ko’rsatadi. Konstitusiyaning 117-moddasi normalari saylov o’tkazishni aniq kunini o’rnatish bilan birga saylovning asosiy prinsiplarini, hamda saylash huquqi yoshini belgilab qo’yadi. Konstitusiyaviy norma saylovlardagi asosiy cheklashni belgilaydi, unga ko’ra natijasida sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, shuningdek sud xukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda qatnashmaydi. Konstitusiya normasida boshqa har qanday holatda fuqarolarning saylov huquqlarini cheklashga yo’l qo’yilmasligi ham belgilab qo’yilgan. Saylov huquqiga taalluqli konstitusiyaviy normalar faqat konstitusiyaning XXIII bobidagi (117-modda) normalar bilan cheklanmaydi. Ular konstitusiyaning boshqa bob va moddalaridagi normalarda ham uchraydi. Saylov huquqining konstitusiyaviy asosini, bevosita konstitusiyaviy normalardan tashqari, konstitusiyaviy qonunlardagi saylovga taalluqli normalar ham tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi saylov huquqining manbalari quydagilar hisoblanadi: 1. Saylov ahamiyati jihatidan konstitusiyaviy institut, shuning uchun uning asosiy bosh manbasi konstitusiyadir. Konstitusiya saylovning asosiy prinsiplarini, saylov fuqarolarning asosiy huquqi ekanligini, saylov o’tkazish muddatlari va vaqtini, saylov o’tkazishga boshchilik qiladigan organ, Markaziy saylov komissiyasining maqomi, vazifasini belgilab beradi va saylov o’tkazish qonunlar bilan belgilanishini qayd qilishi bilan, boshqa qonunlarni vujudga kelishiga asos yaratadi. Download 17.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling