Referati tekshirdi: Mamatqulova Ozoda bajardi: Otaboyeva Bibixojar. Toshkent-2023


Download 43.94 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi43.94 Kb.
#1605238
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19-mavzu

Ko’rgazmali-amaliy san’at. Bu san’at turiga turli materiallardan turmushda foydalanish maqsadida yaratilgan, lekin bir paytning o’zida estetik ehtiyojni ham qondiradigan, go’zallik ruhini ufurib turadigan, bezaklilik xususiyatiga ega narsalar dunyosi kiradi. Narsalar dunyosi deyishimizning sababi shundaki, ko’rgazmali-amaliy san’at mohir zargar ishlagan jajji uzukdan tortib, Xiva gilami-yu, ulkan devoriy rasmlar – pannolargacha xilma-xil hajm va shakllarda kompozistiya, ritm, ranginlik orqali in’ikos etgan go’zallikni o’z ichiga oladi.
Bu san’at turining ko’rinishlari shu qadar xilma-xilki, ularni sanab chiqishning o’zi juda ko’p vaqtni oladi. Ayni paytda bu ko’rinishlar aslo bir-birining o’rnini bosolmaydi, bir-birini takrorlaydi ham.
Ko’rgazmali-amaliy san’at qadimdan, mehnat qurollari, hunarmandchilikning rivojlanib borishi bilan kundalik turmush ehtiyoji uchun qo’llaniladigan ash’yolarni bezash, me’morlik inshootlarini turli naqshlar va koshinlar vositasida go’zallashtirish orqali estetik telablarga javob berib keladi. Aynan ana shu san’at turida hunarmandchilikning san’atga aylanishi ro’y beradi. M., aytib o’tganimizdek, XVIII-XIX asrlardagi Buxoro-Qo’qon uslubida naqshlangan go’zal mis qumg’onlar dastlab faqat o’zining muayyan maqsadga xizmat qilishi bilan diqqatga sazovor edi. Lekin hozirgi paytda ular har biri betakror san’at namunasi, misgar ustaning san’atkorlik mahorati tajassum topgan ma’naviy qadriyat tarzida idrok etiladi. Yoki yog’och o’ymakorligini olaylik, uni biz hozirgi paytda hunar emas, san’at mahsuli tarzida qabul qilamiz.
Ko’rgazmali-amaliy san’at turi deganda, yuqorida atganimizdek, biz faqat xalq amaliy san’atini tushunmasligimiz kerak. Qadimlardan bizgacha etib kelgan devoriy rasmlarni ham unutmasligimiz lozim. Xalchayon, Fayoztepa, Bolalik tepa, Afrosiyobdan topilgan devoriy tasviriy san’at namunalari o’zining monumentalligi bilan hanuzgacha kishini hayratga soladi. Ana shunday an’anaviy san’at namunalarini hozir zamonaviy binolarga tatbiq etish yaxshi natijalar berayotgani bizga ma’lum. M.,CHingiz Ahmarovning Navoiy teatri foyesi devorlariga ishlagan, B.Jalolovning «Bahor» konstert zali devorlariga ishlagan monumental ponnolari shunday go’zal va ulug’vor san’at asarlaridir.
Shunday qilib, bu qadimiy va doimo navqiron san’at turi atrofimizda, shaharsozlikda, oilaviy muhitimizda gulzoru manzaralar, gulchin peshtoqlar, o’ymakor ustunlar, devoriy rasmlar, me’moriy releflar, uzuklaru sirg’alar v.h. shaklida namoyon bo’lib, o’zining xilma-xil estetik ko’rinishlari bilan kundalik hayotimizni go’zallashtirishga, badiiy- estetik didimizning yuksalishiga hissa qo’shib turadi.
Haykaltaroshlik. Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlab hozirgacha haykaltaroshlik o’z maqeini yo’qotmay kelayotgan san’at turlaridan biri. Haykaltaroshlik materiali bo’lib, yumshoq (ganch) va qattiq (tosh, yog’och) substrat xizmat qiladi. Lekin haykalning tayyor holatida yumshoq materiallarning ham qattiqlashganini ko’ramiz. M., ganch, eritilgan mis, brinj avval suyuq (yumshoq holida bo’lib, zarur qoliplarga) solgandan keyin qattiqlashadi.
Bu san’atning asosida faqat oniy, bir lahzalik san’at tasviri yotadi. Haykaltarosh tomonidan ana shu eng muhim harakatini topish hamda unga mos nur va soyani tanlash yuksak isde’dodni talab qiladi. Zero o’sha tanlangan oniy harakt bizga avvalgi haraktlar haqida estetik tasavvur beradi va bo’lajak harakatlarga ishora qiladi. Shu uch – (o’tgan, hozirgi, kelasi) zamondagi harakat ifodasi joy, nur va soyaning o’rin almashishi bilan o’zgaradi, ya’ni haykal ma’lum ma’noda o’zgacha tovlanish kasb etadi. Boshqacha qilib aytganda, haykal nur va soya o’yini bilan idrok etuvchini maftun qiladi. Unda estetik hissiyot uyg’otadi.
Haykaltaroshlik monumental san’at deyiladi. Chunki ko’pincha u katta hajmli haykallar yoki majmularni o’z ichiga oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o’ziga xos bo’lgan holda muayyan yuzalikda shakllar uyg’unligini tashkil etadigan ko’rinishlari ham mavjud. Haykaltaroshlikning birinchi hiliga alohida makonni egallagan va har hil rakkursda tomosha qilish mumkin bulgan asarlar kiradi. Unga qadimgi Yunonistonning Rodost oralidan chiqqan san’atkorlar Agesandr, Atenador va Polidor yaratgan mashhur «Lokon» haykallar majmui misol bo’la oladi. Ikkinchi hil haykaltaroshlik releflarda, peshtoqlar va devorlarni bezab turuvchi bo’rtma shakllarda, asosan
me’morlik san’atiga singishib ketgan holda namoyon bo’ladi. Masalan, buddhachilik davriga oid «Ayritom musiqachilari» deb shartli nomlanadigan bo’rtma haykallar guruhi shular jumlasidan.
Haykaltaroshlik hayvonlarni, o’simliklarni ham tas’virlaydi. Lekin uning asosiy mazmuni – inson va uning ruhiyati. Haykaltarosh, sumba, iskana, qolib yoki lo’mboz vositasida bizga toshdagi, yog’ochdagi, (bironza) birinch yoki ganchdagi inson qiyofasini taqdim etadi. Badiiy qiyofa qanchalik jonli chiqsa, uni turli nuqtadan tomosha qilish imkoni qancha keng bo’lsa, o’sha asar haqiqiy san’at namunasi deb qabul qilinadi. Haykallar san’at asari sifatida bir- birini takrorlamasligi kerak. Shu bois sho’rolar davrida bir qolipda quyilgan, har bir maydonga, guzarlarga, davlat idoralari oldiga o’rnatilgan ulug’ rahbarning qiyofasi, bir qolipda quyilgan «dohiylar» haykallari hech qachon san’at asari bo’lolmaydi.
Ko’pgina san’at turlarida bo’lganidek, haykaltaroshlik ham deyarli barcha estetik xususiyatlarni namoyon etadi. M., poytaxtdagi Motamsaro Ona haykali fojeaviylikni, D.Qutimurodov yog’ochdan ishlagan «Qoraqalpoq qizi» go’zallikni, Toshkent zilzilasiga bag’ishlangan me’morial – ulug’vorlikni o’zida in’ikos ettiradi.

Download 43.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling