Referati urganch-2022 Mavzu: Dunyoqarash. Duyoqarash shakllari. Reja: kirish. I. Asosiy qism


Falsafiy dunyoqarashning rivojlanish qonuniyatlari va asosiy tamoyillari


Download 259.5 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi259.5 Kb.
#1567833
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Axmedova Oqila Falsafa

3. Falsafiy dunyoqarashning rivojlanish qonuniyatlari va asosiy tamoyillari.
Falsafiy dunyoqarash borliq haqidagi ilmiy qarashlar tizimining o’z-o’zicha shakllangan (mexanik) yig’indisi emas, balki ularning umumiy qonuniyatlar asosidagi tizimidir. Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi tamoyillar nomoyon bo’ladi: - turli dunyoqarash shakllarining o’zaro aloqadorligi kuchaymoqda; - muayyan dunyoqarash shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga munosabatning ahamiyati ortib bormoqda; - milliy dunyoqarash umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi sifatida yuzaga kelgan. Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, uning yana quyidagi tamoyillari ham bor:
1- ilmiylik;
2- tarixiylik;
3- mantiqiylik;
4- universallik;
5- maqsadlilik;
6- g’oyaviylik;
7- nazariya va amaliyotning birligi.


4. O’zbekistonda yangi dunyoqarashni shakllantirish vazifalari.
Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Fanning barcha sohalaridagi kabi falsafada ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Zero, eng qadimiy rivojlanish tarixiga ega bo‘lgan falsafa o‘zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini mujassamlashtirib, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashni, nafaqat anglash, balki ularga munosabat bildirishni shakllantiradi. Modomiki shunday ekan, bugungi kunda falsafani yanada rivojlantirish, yosh avlodni falsafiy dunyoqarash, zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbek falsafasining bir qator yetuk namoyondalari bo‘lib, ular o‘z izlanishlari va say harakatlari bilan vatanimizdagi falsafiy qarashlar va o‘zgarishlarga ulkan hissa qo‘shganlar. Ulardan biri O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi respublika Davlat mukofotining laureati, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining vise-prezidenti, O‘zbekiston “Bilim” jamiyati boshqaruvi raisi, «O‘zbek sho‘ro Ensiklopediyasi» va «O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnalining bosh muharriri, davlat va jamoat arbobi, “Buyuk hizmatlari uchun” ordenining nishondori Ibrohim Mo‘minov bo‘lib, 1908 yil 7 sentyabrda Buxoroning Shofirkon tumanida dehqon oilasida dunyoga keladi. 1922- 1927 yillarda boshlang‘ich maktabda, so‘ng Buxoro Maorif institutida o‘qiydi. Shu institut yo‘llanmasi bilan 1928 yil Samarqand Oliy Pedagogika institutiga o‘qishga kiradi. Biroz o‘tmay bu institut Samarqand Pedagogika akademiyasiga aylantiriladi. 1931 yil u Samarqand Pedagogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fakultetini a’lo baholarga tamomlab, shu akademiyada o‘qituvchilik lavozimiga ishiga olib qolinadi. 1933 yil shu akademiya bazasida Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti tashkil qilinadi. Ibrohim Mo‘minov universitetda avval filologiya, keyinchalik tarix fakultetlarining dekani lavozimida ishlaydi, ijtimoiy kafedraga mudirlik qiladi. Ibrohim Mo‘minov yoshligidan tarix, ijtimoiy fanlar, ayniqsa falsafa ilmiga qiziqdi, shu sohada maqola, risolalar yozdi va ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. Ibrohim Mo‘minov falsafa ilmini o‘rganish jarayonida bir qator ilmiy tadqiqot ishlarini ham amalga oshirdi. U 1941 yil o‘zbeklar orasida birinchilardan bo‘lib “Gegel dialektikasining rasional mag‘zi” mavzusida nomzodlik ilmiy ishini himoya qildi. 1943 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil qilinadi
Taniqli faylasuf olim, akademik Muzaffar Xayrullaev XX asrda akademik Ibrohim Mo‘minov asos solgan milliy o‘zbek falsafa maktabining yorqin vakili edi. Uning ilmiy merosi rang - barang va serqirra bo‘lib, milliy falsafamiz tarixida alohida o‘rin va ahamiyat kasb etadi. Muzaffar Muhiddinovichning “falsafa daryosiga” kirib kelishi ham o‘ziga xos bo‘lib, bu jarayon ustoz Ibrohim Mo‘minov ko‘magi va maslagida amalga oshgan.Muzaffar Xayrullaev falsafa ilmiga uning eng mashaqqatli sohasi bo‘lgan mantiq ilmi orqali kirib keldi. U 24 yoshida “Dialektik materializm mantiqiy qonunlarining ob’ektiv xarakteri haqida” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bu yo‘nalish keyinchalik uni O‘zbekistonda ilk mantiqshunos olimlardan biriga aylantirdi. 1986 yil M.Haqberdiev bilan hammualiflikda “O‘qituvchi” nashriyotida “Logika” o‘quv qo‘llanmasini chop etilishiga olib keldi. Bu kitob mustaqillik yillarida “Mantiq” nomi bilan qayta nashr etilib, hozirgacha oliy o‘quv yurtlarida mantiq fanidan asosiy o‘quv qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda. U 1966 yili 35 yoshida Ibrohim Mo‘minov rahbarligida “Forobiy dunyoqarashi va uning falsafa tarixidagi ahamiyati” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Muzaffar Xayrullaev yurtimizda Markaziy Osiyo uyg‘onish davrini o‘rgangan dastlabki faylasuf olimdir. U A.Mes, Sh.Nusubidze, V.Chaloyan, I.Filishtinskiy, I.Braginskiy, V.Nikitina, I.Borodina, N.Konrad kabi uyg‘onish davri tadqiqotchilari kabi O‘rta Osiyo uyg‘onish davri yoki Markaziy Osiyo uyg‘onish davrini o‘rgandi va ilmiy asoslab berdi. Said Shermuxamedov falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, taniqli faylasuf. U respublikada falsafa fani rivojiga, ilmiy-pedagogik kadrlar - fan nomzodlari va doktorlari tayyorlashga salmoqli hissa ko‘shib kelmokda. Said Shermuxamedov falsafada o‘ziga xos ilmiy maktabga, jumladan "Ijtimoiy falsafa" va "Madaniyat tarixi va nazariyasi" bo‘yicha fundamental ilmiy maktablarga asos soldi. Bu yirik olimning bir qancha ulkan falsafa anjumanlarida qilgan ma’ruzalari, matbuot sahifalaridagi chiqishlari, tayyorlayotgan ko‘plab pedagogik kadrlari tufayli Said Shermuxamedovning nomi nafaqat o‘z Vatanida, hattoki Rossiya, Fransiya, BAA, Yaponiya, Keniya, Kanada, Meksika, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Kipr, Nikaragua, Polsha, Bolgariya, Singapur, Koreya, Turkiya hamda boshqa ko‘plab xorij mamlakatlarida ma’lum va mashhurdir. Falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti laureati Omonulla Fayzullaevich Fayzullaev[6] 1921 yil 5 aprelda Toshkentda tug‘ildi. 1937 yil sentyabrdan 1942 yil fevraligacha O‘rta Osiyo davlat universitetining (hozir O‘zMU) fizika-matematika fakulteti talabasi, so‘ng armiyaga xizmatga safarbar qilingan. 1942 yil fevralidan to 1945 yil sentyabrigacha Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi bo‘lgan. Urush sababli vaqtincha to‘xtatilgan o‘qishini 1949 yilda tugatdi. Omonulla Fayzullaevichning butun ilmiy, pedagogik va publisistik faoliyati fanshunoslikning va inson ma’naviy ravnaqining nazariy masalalarini chambarchas bog‘liq holda tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Domla yoshlarda, ayniqsa maktab yoshidan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga alohida e’tibor qaratadilar. U 1939-1941 yillari Toshkentning Ko‘kcha mahallasida fan asoslari bo‘yicha to‘garak tashkil qilgan. Bu to‘garakning bir qator ishtirokchilari keyin taniqli olim va yozuvchilar bo‘lib yetishdi.
Atoqli olim O.F.Fayzullaevning ilmiy yo‘nalishlar doirasi juda keng qamrovlidir. U 500 dan ortiq asar muallifi, Проблемы противоречия в трудах классиков естествознания и философии Средней Азии" (1974), "Человек и природа" (1979), "Научное творчество Мухаммада ал-Хорезми" (1983), "Естествознание и философия" (1986), "Nafs, jon va ruh (Qur’on, tasavvuf va fandagi talqinlari)" (2005), "Falsafa va fanlar metodologiyasi" (2006) kitoblari shular jumlasiga kiradi. O.F.Fayzullaev tashabbusi hamda uning bevosita rahbarligi va faol ishtirokida tabiatshunoslik falsafasiga doir 35 dan ortiq ilmiy monografiya tayyorlangan va nashr qilingan.


XULOSA
1. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. Har qanday falsafiy dunyoqarash shakli ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.
2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o’tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.
3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur etadi.
4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o’ziga xos falsafiy xususiyatga ega.
5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga mavofiq bo’lib, inson manfaatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o’z dunyoqarashida aks ettiradi.
6. Falsafiy dunyoqarashning g’oyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan g’oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o’zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o’zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol g’oyasiga tayanishi bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g’oyani e’tiqodga aylantirish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi.
7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo’l kelishi bilan izohlanadi. Shuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega. Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funktsiyalari). Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari, uning vazifalarini belgilab beradi. Ya’ni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida ko’zga tashlanadi. Bu — falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasini anglatadi. Ya’ni, inson, o’z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi. Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o’zi tayanadigan omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy yo’nalishlari belgilanadi. Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, xuquqiy hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali boshqarish vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning o’zicha nisbatan mustaqil bo’lgan har bir yo’nalishi o’ziga xos boshqarish usuliga ega bo’ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo’naltirish uchun axloq uning aql-zakovatiga; din — iymon-e’tiqodiga; hquq — qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funktsiyalariga tayanadi va o’ziga xos ta’sir yo’nalishlariga ega bo’ladi. Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini nazorat qilish vazifasi ham bor. Bunda dunyoqarashning jamoatchilik
fikri tarzidagi ko’rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o’zbek xalqining tarixiy rivojlanishi va ma’naviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida faoliyat ko’rsatgan. Darhaqiqat, o’zbek mahallalarida bag’rikenglik, o’zaro mehr-oqibat, hamdardlik kabi noyob fazilatlar kamol topadi. Shuning uchun ham Islom Karimov uni «O’zini o’zi boshqarish maktabi... demokratiya darsxonasi», deb ta’riflaydi5. Falsafiy dunyoqarashning birlashtirish (kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash yo’nalishlarini milliy va umuminsoniy g’oyalar atrofida uyg’unlashtirishi bilan xarakterlanadi. Turli manfaatlar bilan bog’liq bo’lgani bois dunyoqarashlar o’rtasida muayyan ziddiyatlar ro’y berishi tabiiy. Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi. Falsafiy dunyoqarash, o’z mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lganligi uchun ham xalqni muayyan g’oya atrofida birlashtiradi. Masalan, tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, muayyan davrlarda falsafiy dunyoqarash inson tub manfaatlari bilan bog’liq bo’lganligini, millat kelajagini belgilaydigan ozodlik g’oyasi atrofida kishilarni birlashtirganini ko’ramiz. Bu hol mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurash davrida yaqqol namoyon bo’lgan. Ushbu g’oya (ozodlik falsafasi) dunyoqarashning tarkibiy qismi sifatida millatning turli tabaqalarini, e’tiqodi, iqtisodiy ahvoli va siyosiy mavqeidan qat’i nazar, birlashtirgan va umumiy kurashga safarbar qilgan. Har qanday dunyoqarash inson ehtiyojlaridan kelib chiqadi, uning manfaatlariga mos keladi. Shu bilan birga, bir tomondan, dunyoqarash o’z-o’zidan, ya’ni stixiyali ravishda shakllanib qolmaydi. Aksincha, u turli ta’lim-tarbiya vositalarining maqsadga muvofiq holdagi faoliyati natijasida vujudga keladi. Ikkinchi tomondan esa, falsafiy dunyoqarash, umuminsoniy tamaddun (tsivilizatsiya) ta’siri o’laroq shakllangan bo’lsa, muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki millatni tarbiyalashning turli imkoniyatlari va vositalarining mushtaraklashgan shaklidir. Binobarin, falsafiy dunyoqarashning tarbiyaviy vazifasini yuqorida zikr etilgan boshqa vazifalarning asosi sifatida qarash kerak. Bu — kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag’rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo’l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. «Sharq», 1998.
2. Islom Karimov. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman». – «Fidokor», 2000 yil 8 iyun.
3. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 1999.
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. - 352 b.
5. «Falsafa» o’quv qo’llanmasi. — T.: «Sharq», 1999.
6. «Osnovi filosofii». — T.: «O’zbekiston», 1998.
7. Akademik M.M.Xayrullaevning ilmiy merosi va falsafa fanlarining dolzarb masalalari mavzusida ilmiy-nazariy seminar materiallari. –T.: 1-kitob, O‘zR FA Falsafa va huquq instituti, 2011. 36-38 Betlar)
8. Xayrullaev M. Uyg‘onish davri va Sharq mutafakkiri. –T.: O‘zbekiston, 1971.)
9. Said Shermuxamedov. Biblografiya. –T.: 2010. 3-7 betlar. (maqola mualliflari Sh.Samadov va A.O‘tamurodov).
Download 259.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling