Referati urganch-2022 Mavzu: Dunyoqarash. Duyoqarash shakllari. Reja: kirish. I. Asosiy qism


Download 259.5 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi259.5 Kb.
#1567833
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Axmedova Oqila Falsafa




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
“Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi (sirtqi)
223-guruh
Talabasi Axmedova Oqilaning
“Falsafa” fanidan mustaqil ta’lim uchun tayyorlagan

REFERATI


Urganch-2022

Mavzu: Dunyoqarash. Duyoqarash shakllari.


Reja:
KIRISH.
I. ASOSIY QISM.
1. «Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari.
2. Falsafiy dunyoqarashning mazmuni va yo’nalishlari.
3. Falsafiy dunyoqarashning rivojlanish qonuniyatlari va asosiy tamoyillari.
4. O’zbekistonda yangi dunyoqarashni shakllantirish vazifalari.
II. XULOSA.
III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH
Ilmiy falsafa odamzodni hayotbaxsh dunyoqarash egasi qilish funksiyasi orqali olam, undagi barcha munosabatlar ijtimoiy taraqqiyotga, inson barkamolligiga xizmat qilishi uchun kurashuvchilar avlodini etishtirishga harakat qiladi. Falsafa olamni bilish metodi orqali fanlarga nisbatan evristik, uygunlashtirish, birlashtiruvchilik, mantiqiy-gnoseologik (bilishga oid) kabi funksiyalarni ham bajaradi. Bu, uning metodologik funksiyasi bo‘lib, barcha fanlarga doir murakkab nazariy va fundamental muammolarni xal etishga yordamlashadi.
Falsafa fanining muammolarini ma’nisiz, deb qarovchi oqimlarning da’volari tanqiddan ham tubandir. CHunki har bir elat, millat oldida muayyan tarixiy davrda paydo bo‘ladigan muammolar, falsafiy taxlil, falsafiy qarashlar yo‘li bilan xal etib kelingan va shunday bo‘lib qolaveradi. Ular ichida odamning umuman olamga munosabati muamosi – dunyoqarash eng muximi hisoblanadi. Moddiy va ruxiy olam o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash, tabiat va jamiyat qonunlari haqiqatan ham mavjudmi, yoki odamzot tartib-qoidaga bo‘lgan chtiyoji tufayli uni o‘ylab topganmi, odam nima va olamdagi, ya’ni umumiy aloqadorliklar ichida uning o‘rni qanday – u yaratuvchimi yoki buzuvchi qudratmi, inson aql-zakovatining tabiati nima, odam o‘zini qurshab olgan olamni va o‘z-o‘zini bila oladimi, xaqiqat va adashish deganda nima anglashiladi, ezgulik va yovuzlik nima, qanday qonuniyatlar va qanday yo‘nalishlar insoniyat tarixini harakatga keltiradi kabi dunyoqarash bilan bog‘lanib ketgan muamolarni anglash, ularni xal etish orqali olamda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lish har bir odamda olamiy fikrlash qobiliyatini vujudga keltiradi.
Tabiat o‘z taraqqiyotining Noosfera – Aql sohasi bosqichiga o‘tganligi munosabati bilan Ona-tabiatni muqarrar halokatdan saqlab qolish muammosi fan-texnika va axborot texnologiyalaridan umumbashariy manfaatlar yo‘lida foydalanish usullarini izlash va topish falsafa fani oldiga yangi katta vazifalarni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.Ilmiy-texnika inqilobi (ITI) tufayli an’anaviy tafakkur va turmush tarzi inqirozga uchragani, yangi davrga muvofiq keladigan turmush tarzini shakllantirish, insoniyat aql-zakovati va uning mevasi bo‘lgan fan-texnika va texnologiya muvaffaqiyatlarini to‘la-to‘kis oqilona ishlarga burib yuborish muammosi paydo bo‘ldiki, uni falsafiy dunyoqarash negizidagina xal etish mumkin. Umuman falsafa fani oldida turgan barcha muammolarni beshta guruxga bo‘lish maqsadga muvofiqdir: a) ontologik, b) antropologik, v)aksiologik, g)gnoseologik . Bu muammolarning barchasi dunyoqarashning muayyan tipi bilan bog‘lanib ketadi. Ammo ilm-fan xulosalari, dalillariga tayangan falsafiy dunyoqarash orqali insoniyat milliy va umumbashariy muammolarni qadam-baqadam xal eta olishiga umid bog‘lash har bir kishida ijobiy xis-tuygularni vujudga keltirib, hayotini mazmunli va qadrli etadi.



Download 259.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling