Referati zamonaviy axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari. Reja
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari
Download 40.11 Kb.
|
Davlatova Shaxzoda referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar 1. www.ziyonet.uz 2.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari
Mamlakatimizda 26-30 sentabr kunlari “InfoCom-2011” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir 2004 yildan buyon har yili sentabr oyining oxirida o‘tkazib kelinmoqda. U sohani takomillashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni o‘z ichiga oladi. An’anaviy haftalik mutaxassislarda ham, ko‘p sonli axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotir. Davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmonida axborot hamjamiyatini shakllantirish masalalari o‘z ifodasini topgan. Shu asosda axborot makonini kengaytirish bo‘yicha turli tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligidan O‘zA muxbiriga ma’lum qilishlaricha, haftalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Abort va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda. “InfoCom-2011” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadigan “ITPA-2011” O‘zbekiston-Koreya xalqaro konferensiyasi bilan boshlanadi. Haftalikning dastlabki kunida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida UZ milliy domeni internet-festivali g‘oliblarini mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tanlov dasturi mavzuga oid 13 va 2 maxsus nominatsiyani o‘z ichiga olgan. 27 sentabrda esa Xalqaro biznes markazida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan milliy sammit o‘z ishini boshlaydi. “AKT Sammit-2011” bugungi kunda O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan bo‘lib, milliy hamda xorijiy mamlakatlar xalqaro ekspertlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Dastlabki yillarda “AKT Sammit”da 200ga yaqin delegat qatnashgan bo‘lsa, bugun unda ishtirok etayotgan mutaxassislar soni ikki baravar ko‘paydi. Tadbir davomida AKTni rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirish borasidagi yutuqlar va muammolar, hayotimizning ayrim sohalariga AKTni joriy etish tajribasi, elektron boshqaruv, elektron sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, infratuzilmani, media biznesi, innovatsiya faoliyatini rivojlantirish hamda boshqa dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglanadi. Mazkur sammit mutaxassislar, davlat organlari va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektorga AKT-bozori ahvolini muayyan darajada tahlil qilish, bu boradagi yangi yutuqlar bilan tanishish, yangi barqaror va ishonchli hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish, mamlakatimizda AKTni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya resurslarini jalb etishga ko‘maklashadi. Yalpi va seksiyalar majlislarida AKT bozorining yetakchi ekspertlari, davlat organlari, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakatimiz va xorijiy AT-kompaniyalar rahbarlari hamda mutaxassislari AKTni jamiyat hayoti va faoliyatining turli jabhalariga joriy etish siyosatining dolzarb masalalarini muhokama etadilar. Bu boradagi strategiyalar va sohani rivojlantirish masalalari, texnologiyalar va infratuzilma, ilova va yechimlar ko‘rib chiqiladi, nafaqat ijobiy tajriba, balki mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari ham tahlil qilinadi. Haftalik doirasida bir paytning o‘zida Toshkent, Buxoro va Farg‘onada axborot texnologiyalarining har yilgi “ICTExpo-2011” milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmani bir paytning o‘zida uchta shaharda o‘tkazishdan maqsad axborot texnologiyalarini hayotimizga joriy etishning hududiy darajasi qanchalik ortib borayotganini namoyish etishdir. “ICTExpo-2011” kunlarida bu yerga tashrif buyuradiganlar uchun boshqa ko‘rgazmalardagi eksponatlar bilan tanishish imkonini beradigan videoko‘prik tashkil etiladi. Ko‘rgazmada 150 dan ortiq ishtirokchi kompaniyalar axborot texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalarni, keng turdagi noyob xizmatlar va yechimlarni namoyish qiladi. Unda mamlakatimiz kompaniyalari bilan bir qatorda Xitoy, Avstriya, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Janubiy Koreya, Vengriya va boshqa davlatlar vakillari ham ishtirok etadi. Ko‘rgazma dasturi keng va rang-barang bo‘lib, undan ko‘plab o‘quv seminarlari, davra suhbatlari, ko‘ngilochar tadbirlar o‘rin olgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonda internet-provaydingni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davra suhbati, oliy o‘quv yurtlari, kollej va litseylar jamoalari o‘rtasida “Kompyuter sporti bo‘yicha “ICT-students” universiadasi”, Uzbekistan Cyber Games 2011 – kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining final o‘yinlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. “ICTExpo” milliy ko‘rgazmasi mamlakatimizda 2006 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. U dastlabki yildan boshlab tarmoq xususiyatiga ega bo‘lib, bir paytning o‘zida ikki-uch shaharda videoko‘prik bilan bog‘langan ikki-uchta ko‘rgazma ochiladi. “ICTExpo-2011” ko‘rgazmasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkam amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘ladi. 2017-2021 — yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "fan, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq Prezidentimizning 2020 yil 28-apreldagi "raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori qabul qilindi.[2] Bugungi kunda butun mamlakat bo'ylab 1 148 ta yangi baza stansiyasi o'rnatildi va foydalanishga topshirildi. 1 483 ta muassasada joylashgan tayanch stansiyalarni modernizatsiya qilish orqali keng polosali Internet xizmatlarini ko'rsatish mumkin bo'ldi. Telekommunikatsiya tarmog'ini rivojlantirish loyihalari doirasida rejalashtirilgan ob'ektlarga 6,5 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda, — deydi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Akmal Arifjonov. Raqamlashtirish yo'lidagi keyingi muhim qadam IT-Parkni yaratishdir. Texnopark Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi "dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.[3] It-Park Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi faol va iqtidorli insonlar buxgalteriya, huquqiy, marketing va ta'limni qo'llab-quvvatlash orqali g'oyalarni haqiqiy biznes loyihalariga aylantirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega bo'lgan noyob joy. Poytaxtimizda tashkil etilgan it-parkning muvaffaqiyatli tajribasi respublikamizning boshqa hududlarida ham shunday texnoparklar yaratishga xizmat qildi. Bu yil ular may oyining oxirida Andijonda va iyun oyining boshida Marg'ilonda ochildilar. 2020-2024 yillarda O'zbekistonning barcha hududlarida birinchi navbatda Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida, shuningdek, Toshkentdagi Muhammad AlXorazmiy nomidagi maktabda texnoparklar ochiladi. Statistika ma'lumotlariga ko'ra, respublikada Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga bo'lgan talab tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda, buning natijasida sohada kadrlar etishmasligi ham xususiy sektor, ham samarali davlat boshqaruvi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali IT-mutaxassislarga bo'lgan tez o'sib borayotgan talab, ularning etishmasligi bilan birga, bu sohada mutaxassislarning ish haqi darajasining oshishiga olib keladi. Davlat boshqaruvi organlarining malakali mutaxassislari bilan ta'minlash muammosi o'ta dolzarb. Shu munosabat bilan bugungi kunda mamlakatimizda "bir million dasturchi" Mega-loyihasi amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 8-iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimot chog'ida ta'kidlaganidek, sohada belgilangan maqsadlarga erishish yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash hisobiga jadal sur'atda o’sishi mumkin. Shuning uchun 2020 yil oxirigacha 100 ming kishini va yana 150 ming kishini - 2021 yilning birinchi yarmida o'qishga jalb qilish kerak. Maktablarda "Informatika" fanining 5- sinfidan o'qituvchini takomillashtirish, uning dasturiga "bir million dasturchi"loyihasidan fanlarni kiritish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. 2020-yil 17-mart kuni Prezidentimizning "Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.[4] Ushbu qaror bilan belgilangan vazifalar qatorida "raqamli Toshkent" kompleks dasturini amalga oshirish uchun 377 ta mahalliy korxonani birlashtirgan It-Park rezidentlarini jalb qilish ko’zda tutildi. Dastur shahar xizmatlarini boshqarishni raqamlashtirishga, ijtimoiy soha obyektlari, ishlab chiqarish, yo'l-transport va kommunal infratuzilmalarning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratishga, keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlariga tarqatishga qaratilgan. So‘nggi o‘n yillikda ta’lim sohasida kompyuter texnologiyalarining keng qo'llanilishi pedagogika faniga qiziqishni kuchaytirdi. O'qitishning kompyuter texnologiyasi muammosini hal qilishda rus va chet el olimlari katta hissa qo'shdilar. Jumladan G.R. Gromov, V.I. Gritsenko, V.F. Sholoxovich, O. I. Agapova, O.A. Krivosheev, S. Papert, G. Kleyman, B. Sendov, B. Hunter va boshqalar. Ta'lim jarayonida axborotlashtirish bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirishgan. Hozirgi kunda esa raqamli texnologiyaga katta ahamiyat qaratilmoqda va barcha sohalar sekin astalik bilan raqamlashtirilmoqda. Ta’limni raqamlashtirish bo’yicha qator izlanishlar, g’oyalar va takliflar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan Леонов С. А. (2018). Интеграция здравоохранения, образования и информационнокоммуникационных технологий в рамках цифровизации отечественной медицины. Актуальные проблемы экономики и управления, (3), 35-39.[5] Maqolada zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tibbiyot sohasini raqamlashtirishga qaratilgan. Сафуанов Р. М., Лехмус М. Ю., & Колганов Е. А. (2019). Цифровизация системы образования. Вестник УГНТУ. Наука, образование, экономика. Серия: экономика, (2 (28)). [6] Котенёва Д. С., Бут Е. А., & Гурова Е. А. (2020). Цифровые технологии в системе образования. Молодежный научный форум, 78.[7] Ta’lim tizimini raqamlashtirish bo’yicha bir qator g’oya va takliflarni kiritib o’tganlar. Tadqiqot metodologiyasi Hozirgi kunda ilmiy tadqiqot izlanuvchilar, professorlar hamda xorij tajribalarini o'rgangan holda va ularning davomchisi sifatida OTM ning boshqaruv tizimiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash orqali “D&G”( digital technologies and gifted students) dasturiy tizimini yaratishga qaratilgan g’oyani ilgari surmoqdamiz. Iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etishni amalga oshirishda rivojlangan mamlakatlardagi raqamli texnologiyalar asosida dasturiy tizim yaratishning kontseptsiyalarini oʼrganish va tahlil qilish, milliy kontseptsiya asosida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, koʼp tarmoqli indikatorlarni eʼtiborga olgan holda intellektual reyting yordamida qaror qabul qilish va uni amaliyotga joriy etish, universitet reytingini koʼtarish va qulay tezkor ishlashi uchun “DGS” kontseptsiyani ishlab chiqishdir. Bu dasturiy tizim iqtidorli talaba yoshlarni, bilimga qiziquvchi, izlanuvchi talabalarni o’zida jamlaydi. Bundan tashqari bo’lim va markazlarda xodimlarning ish faoliyatini ham yengillashtiradi. Yangi axborot muhitining an`anaviy muhitdan prinsipial farqi, uning o’ziga xos kichik texnologik tizimdan iboratligidadir. Zero, istalgan ta`lim muassasasi axborot -kommunikativ texnologiyalarining ta`lim jarayoniga integratsiyasi, ta`limning boshqa barcha didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, nazariy-metodologik jihatdan kichik tizimlardagi tub o’zgarishlar bilan kechadi. Axborot ta`lim muhiti imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun pedagogning iste`molchi sifatida o’zi mo’ljaldagi texnik imkoniyatlarining to’liq to’plamini egallagan bo’lishi talab etiladi. AKT dan ta`lim jarayonida foydalanish, ta`lim samaradorligini oshirish uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Informatika darslarida AKT dan foydalanish uchun avvalo kompyuter dasturlari va ulardan foydalanish yo’llarini bilib olish zarur. Bu esa kompyuter dasturlari nafaqat o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, balki kompyuterni qo’llash orqali ularning ijodiy ko’nikmalarini rivojlanishiga ham yordam beradi. Axborotlar va axborot texnologiyalari haqida umumiy ma`lumotlar. Axborot – so’zi lotincha «informatio» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «tushuntirish, bayon etish» degan ma’nolarni anglatadi. Ko’p hollarda «axborot» so’zi o’rnida «berilganlar» degan ancha farq qiluvchi so’zi ham ishlatiladi. Axborot – aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. Berilgan(ma’lumot)lar esa, xabar va kuzatishlarni o’z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo’yicha imkoniyat tug`ilganda, masalan, narsa to’g`risidagi bilimini oshirish paytida u axborotga aylanadi. Umuman axborot – keng ma’noda: haqiqiy dunyoni aks etishi; tor ma’noda: saqlash, uzatish, o’zgartirish va boshqarish predmetidan iborat ixtiyoriy ma’lumotlardir.Zamonaviy mazmunda – axborot – odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.Informatika – insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog`liq bo’lgan jarayonlarning aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan ko’nikma va vositalar tizimidir. Axborot texnologiyalari – axborotni yig`ish, saqlash, uzatish, o’zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig`indisidan iborat.O’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda – faqat o’quv tarbiya jarayonga qo’llanishi mumkin bo’lgan eng yangi axborot texnologiyalarni tushuniladi.Yangi axborot texnologiyalari — turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash bo’yicha xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat.Axborot texnologiyalari – ijtimoiy hayotining barcha sohalari uchun axborot yaratish, to’plash, uzatish, saqlash, va qayta ishlash hisoblash texnikasi va aloqa tizimlaridan foydalanishdir.O’qitishdagi informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar — bu talabalarga kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari yordamida axborot uzatish usul va metodlarining majmui, bilimlarni o’zlashtirishni tekshirish, real hayotda olingan bilimlarni qayta ishlash v a ulardan foydalanish. Dasturli ta’minot boshqaruvchi muhit bo’lib, talabaning harakat-larida sodir bo’ladigan vaziyatga qarab, mos javob beradi. Dastur ta’minoti maxsus ishlab chiqilgan yoki o’qitishda qo’llanishga moslangan bo’ladi.O’qitishda qo’llaniladigan dastur ta’minoti vazifasiga qarab quidagicha tavsiflanadi: o’quv materialining interaktivligi, multimediyaligi, katta hajm va gipermatnliligini ta’minlaydigan elektron intellektual darsliklar asosida avtomatik o’qitish tizimlari; mikromirlar deb ataluvchi fanga yo’naltirilgan muhitlar; laboratoriya mashg`ulotlari; trenajyorlar; ma’lumotnoma tizimlar; kompyuterli o’yinlar. Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimi o’quv kursini yoki uning katta bo’limini mustaqil o’zlashtirishga imkon yaratadi. Bu tizim o’zida oddiy darslik, masalalar to’plami, laboratoriya mashg`ulotlari, ma’lumotnoma va o’zlashtirilgan axborotni tekshiruvchi ekspert xususiyatlarini mujassamlantirgan: materialni o’rganishning maqbul yo’lini ta’minlaydi, ya’ni talabaga nazariyani o’zlashtirish va misollar hamda namunaviy masalalarni yechish ko’nikmalarini ishlab chiqish navbat-tartibini mustaqil tashkil etishiga, shuningdek olgan bilim va ko’nik -malari sifatini o’zi tekshirishiga imkon beradi; tahlil va tadqiqotchilik faoliyati ko’nikmalarini singdiradi; o’quvchining vaqtini tejashga imkon beradi. Amaliyotda axborot texnologiyalarini o'qitish maxsus texnik axborot vositalaridan (kompyuterlar, audio, kino, video) foydalanadigan barcha texnologiyalar deb ataladi. Kompyuterlar ta'limda keng qo'llanila boshlanganida "ta'lim uchun yangi axborot texnologiyalari" atamasi paydo bo'ldi. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o'qitish g'oyalarini ishlab chiqadi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog'liq bo'lgan mutlaqo yangi, hali o'rganilmagan texnologik o'rganish imkoniyatlarini ochadi. Kompyuter (yangi axborot) o'qitish texnologiyalari - bu axborotni tinglovchilarga tayyorlash va uzatish jarayonlari bo'lib, ularni amalga oshirish vositalari kompyuter hisoblanadi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quv motivatsiyasini rivojlantirish orqali dars samaradorligini oshiradi, bu esa o'quv jarayonini yanada muvaffaqiyatli qiladi. Axborot texnologiyalari nafaqat o'quv faoliyatining o'zgaruvchanligi, uni individuallashtirish va tabaqalashtirish imkoniyatlarini ochibgina qolmay, balki barcha ta'lim sub'ektlarining o'zaro munosabatlarini yangi shaklda tashkil etish, talaba ta'lim faoliyatida faol va teng huquqli ishtirok etadigan ta'lim tizimini barpo etish imkonini beradi. Axborot texnologiyalari o'quv ma'lumotlarini taqdim etish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi, o'quvchilarni o'quv jarayoniga jalb qiladi, ularning qobiliyatlarini keng ochib berishga va aqliy faoliyatni faollashtirishga yordam beradi. Rus tili va adabiyoti o'qituvchilari aniq sabablarga ko'ra darsda AKTdan foydalanishda ayniqsa ehtiyot bo'lishadi. O'qituvchi - adabiyot o'qituvchisi oldida turgan vazifalar ko'p jihatdan boshqa fan o'qituvchilarining maqsad va vazifalaridan farq qiladi. Biz boshqa fan o'qituvchilariga qaraganda axloqiy masalalarni hal qilish imkoniyatiga egamiz, ko'p jihatdan biz bolaning ichki dunyosini shakllantirish va shakllantirish uchun javobgarmiz, ko'pincha qalbga murojaat qilamiz. Umuman olganda, bizning asosiy maqsadimiz shaxsni sotsializatsiya qilishning asosiy vositasi sifatida lingvistik kompetensiyani shakllantirish va shu bilan birga ijodiy shaxsni rivojlantirishdir. Bularning barchasi, avvalambor, matn bilan, badiiy so'z bilan, kitob bilan ishlashni o'z ichiga oladi. Shuning uchun o'qituvchidan - darslarida AKT imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo'lgan adabiyotshunos oldida, har doim ulardan rus tili va adabiyoti darslarida ulardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi savol tug'iladi. O'zlarining darslarida AKTdan foydalanishda, avvalo, maqsadga muvofiqlik tamoyiliga amal qilish kerak. Darslarda AKTdan foydalanish tavsiya etiladi, birinchi navbatda, maxsus amaliy muammolarni echish uchun: Ikkinchidan, o'quvchilar bilimini tuzatish va hisobga olish uchun maktab kursining fundamental bilimlarini shakllantirish bo'yicha talabalarning mustaqil ishlarini tashkil qilish uchun AKTdan foydalanish tavsiya etiladi. Talabalar o'quv dasturlari bilan ishlashga, darslarda o'rganilgan mavzularni, monitoring dasturlari va testlar bilan ishlashga qiziqishmoqda. Har bir talaba individual sur'atda va individual dastur bilan ishlaydi, bu erda siz farqlash tamoyilini osongina qo'llashingiz mumkin. Kuchsiz talaba, agar xohlasa, materialni kerak bo'lganda takrorlashi mumkin va u xatolar ustida ishlash bo'yicha odatiy darslarga qaraganda ko'proq xohlaydi. Kuchli talabalar qiyin topshiriqlarni olishadi yoki kuchsizlarga maslahat berishadi. Sinov nazorati va AKT yordamida ko'nikmalarni shakllantirish an'anaviy usulga qaraganda tez va ob'ektiv, materialni o'zlashtirish darajasini va uni amalda qo'llash qobiliyatini aniqlashni anglatadi. O'quv jarayonini tashkil etishning ushbu usuli zamonaviy axborotni qayta ishlash tizimida qulay va oson hisoblanadi. Uchinchidan, axborot texnologiyalaridan, xususan, multimediyadan foydalanish. ko'rinishni kuchaytirishga imkon beradi. K. D. Ushinskiyning mashhur iborasini eslang: "Bolalar tabiati aniq ko'rinishni talab qiladi. Bolaga unga tanish bo'lmagan beshta so'zni o'rgating, va u uzoq vaqt davomida behuda azob chekadi; lekin yigirmata bunday so'zlarni rasmlar bilan bog'lang - va bola ularni pashshada o'rganadi. Siz bolaga juda oddiy fikrni tushuntirasiz va u sizni tushunmaydi; siz qiyin rasmni o'sha bolaga tushuntirasiz va u sizni tezda tushunadi ... Agar siz so'zlarni olish qiyin bo'lgan sinfga kirsangiz (va biz bunday darslarni qidirmaymiz), rasmlarni ko'rsatsangiz, sinf gapira boshlaydi va eng muhimi gapiring. ozod ... ". Darslarni tayyorlash va o'tkazishda AKTdan foydalanish o'quvchilarning fanga qiziqishini, o'quv faoliyati va bilim sifatini oshirishi, savol berish uchun vaqtni tejash, talabalarga nafaqat darslarda, balki uyda ham mustaqil ravishda o'rganish imkoniyatini beradi va o'qituvchiga o'z bilimlarini oshirishga yordam beradi. Yana bir jihatni ta'kidlash kerak: darsni o'zi AKTdan foydalangan holda o'tkazish. Dars qanchalik yaxshi rivojlanganiga qaramay, ko'p narsa o'qituvchining unga qanday tayyorlanishiga bog'liq. Bunday tadbirning mohirona o'tkazilishi ba'zi bir televizion dasturning shoumeniga o'xshaydi. O'qituvchi nafaqat (va) shunchaki emas (!), Kompyuterni yaxshi bilishi, darsning mazmunini bilishi kerak, lekin uni yaxshi sur'atda, qulaylikda olib borishi, o'quvchilarni bilim jarayoniga doimiy jalb qilishi kerak. Ritmning o'zgarishi haqida o'ylash, o'quv faoliyatining shakllarini diversifikatsiya qilish, agar kerak bo'lsa, pauzaga qanday qarshi turish va ijobiy natijani qanday ta'minlash haqida o'ylash kerak.hissiy fon dars. Foydalanilgan adabiyotlar 1. www.ziyonet.uz 2. www.kitobim.uz 3. Axborot tizimlari ma’ruza matni 4. EHM tushunchasi va nazariyasi kitobi. Download 40.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling