Referatlar 1-mustaqil ish: steam – mаktаbgаchа tа’limdа eng istiqbolli texnologiya


Maktabgacha yoshdagi bolalarni AKT va raqamli texnologiyalarni va media texnologiyalarini о‘zlashtirishlari. F.Frebelning didaktik tizimi


Download 222.79 Kb.
bet14/28
Sana25.10.2023
Hajmi222.79 Kb.
#1720694
TuriReferat
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
1-9-12-16-23-29-33-41-44-46-54--57-59-61-70-74-78-Mustaqil ishlar

Maktabgacha yoshdagi bolalarni AKT va raqamli texnologiyalarni va media texnologiyalarini о‘zlashtirishlari. F.Frebelning didaktik tizimi.
Fridrix Frebel haqida so‘z ketganda uning «tuhfalarini» alohida eslatish kerak. «Frebel tuhfalari» - bu olim tomonidan ishlab chiqilgan didaktik material bo‘lib, bolani ilk yoshda rivojlanishiga mo‘ljallangan. Bu bolaning turli ko‘nikmalari va layoqatlarini mashq qildiruvi o‘yinchoqlar tizimidir. Har bir o‘yinchoq bolani rivojlantirishga ko‘maklashadi hamda undan foydalanishda muayyan qoidalarni ko‘zda tutadi.
F. Frebel 6 ta nomdagi “Tuhfalar”ni taklif etdi:
Birinchi tuhfa - bu koptok. Bu birinchi o‘yinchoq, chunki sharning burchaklari yo‘q, bola uchun qulay. Material sifatida ko‘pincha mayda, yumshoq, jundan to‘qilgan shar-koptoklar taklif qilingan. Har bir koptokka ip bog‘langan. Bolaga turli rangdagi koptokni ko‘rsatish orqali ona uni ranglarini farqlashga o‘rgatgan. Koptoklar turli ranglarga bo‘yalgan - qizil, yashil, sariq, to‘q sariq, oq, ko‘k va binafsha rangli koptoklar bo‘lgan. Shar-koptokni turli tomonga: «yuqoriga-pastga», «chapga-o‘ngga», «oldinga-orqaga» tebratar ekan, ona harakatlar nomini aytadi va bolani makondagi harakatlar bilan tanishtiradi. Bolani tasdiq va inkor bilan tanishtirish maqsadida ona sharni kaftiga qo‘yib, so‘ng uni yashirar ekan, «Koptok bor - koptok yo‘q» deb aytadi.
Ikkinchi tuhfa - kichik o‘lchamli: yog‘och kub, shar va silindr bo‘lgan. Aniqlik kiritamiz: shar diametri, silindr asosi va kubik tomonlar bir xil. Ularning yordamida bola ashyolarning turli shakllari bilan tanishadi. Kubik o‘z shakli va barqarorligi bilan sharning aksidir. Shar nemis olimi tomonidan harakatlanish ramzi, kubik esa - barqarorlik ramzi, xilma-xillikda yagonalik ramzi hisoblanadi. Shu narsa nazarda tutiladiki, kub yagona, ammo unga qaysi tomondan qarayotganingizga ko‘ra ko‘rinishi turlicha bo‘ladi: qirrasi, tomoni, uchi bilan. Silindr sharning ham, kubning ham xossalarini birlashtiradi: u asosiga qo‘yilganda barqaror, yotqizilganda harakatlanadi.

Download 222.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling