Registon maydoni
Download 1.18 Mb.
|
Registon maydoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Bino tuzilishi (tarxi)[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xudoyorxon oʻrdasi — Arki oliy Sayyid Muhammad Xudoyorxon (rasmiy nomi). Meʼmoriy yodgorlik (XX asrning ikkinchi yarmida); Qoʻqon xoni Xudoyorxon qurdirgan. Meʼmor va muhandis Mir Ubaydulla Muhandis loyihasi va rahbarligida bunyod etilgan; ustalardan Mulla Suyarqul, Solixoʻja va buxorolik usta Fozilxoʻjalar qatnashgan, koshinlarini rishtonlik kulol usta Abdulla mahorat bilan bajargan.Xon qarorgohi, oʻrda ahli yashaydigan hamda turli maqsadlarda foydalaniladigan 100 dan ortiq katta-kichik xonalar, ichki-tashqi hovlilardan iborat boʻlgan. Birinchi hovlida ayvon, koʻrinishxona (salomxona), xazinaxona, alohida saxdli masjid, Keyingi hovli xon qarorgohi (shohnishin), xoʻjalik binolari, binoning anfi qismi haram va xos xonalar egallagan; haramxonalari bezaklari odmi boʻlib, asosan, quyma ganch.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]Qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]Saroy qurilishi Muhammad Alixon davrida, Xudoyorxon tug‘ilishidan oldin boshlangan. Xon 1822-yilda 14 yoshida taxtga o‘tirdi, uning nomidan davlat ishlarining bir qismini onasi, taniqli o‘zbek shoiri, fan va sanʼat homiysi Nodira boshqara boshladi. Uning ostida saroy qurilishi boshlandi. Nomaʼlum sabablarga koʻra tez orada saroy qurilishi toʻxtatildi. 1863-yilda Xudoyorxon davrida qayta tiklandi. Saroy toʻrt yil davomida qurilgan[1]. Xudoyorxon davridagi saroy qurilishiga meʼmor usta Mir Ubaydullo Muhandis rahbarlik qilgan. Bezatish ishlarida xonlikning turli shaharlari va Qashqarning eng yaxshi hunarmandlari ishtirok etgan, fasad bezaklari uchun keramik plitalar qadimgi kulolchilik markazi bo‘lgan Rishton hunarmandlari tomonidan tayyorlangan[2][3][4]. Bino tuzilishi (tarxi)[tahrir | manbasini tahrirlash]Saroyning umumiy maydoni 4 gektar, poydevorining balandligi uch metr. Sharq tomondan asosiy darvozaga kirish uchun poydevor baland boʻlgani uchun maxsus yoʻl pandus qurilgan. Xudoyorxon oʻrdasi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (68x143 m) boʻlib, sunʼiy tepalikka baland gʻishtin poydevorli qilib qurilgan. Xudoyorxon oʻrdasining asosiy sharqiy tomonini tashkil etuvchi peshtoq gumbazli darvozaxona hamda uning ikki qanotida joylashgan xonalargina saqlangan, qolgan qismi qayta taʼmirlangan. Bosh tarzi bir qavatli qilib bunyod etilgan, pishiq gʻishtdan (26x26x5 sm) ganch suvoqda terilgan devorlarga bir gʻisht chuqurligida ravoqlar ishlangan. Peshtoq oʻrda devoridan birmuncha boʻrttirib oldinga chiqarib qurilgan, baland va hashamatli, peshtoqning ikki yoni va tarzlarining ikki burchaklarida gumbazli mezanalar bilan yakunlangan guldastalar bor. Xudoyorxon oʻrdasi bosh tarzi ravoqlari, peshtoq va guldastalaridagi handasaviy naqshlar koshinlar, sirkori parchinlardan mahorat bilan yaratilgan. Peshtoq orqali toʻrtburchak tarhli darvozaxonaga oʻtiladi, darvozaxona gumbazi oʻzaro kesishgan ravoqli asos ustiga qoʻyilgan; gumbaz usti, oʻz navbatida, qubbali mezana bilan yakunlangan, undagi panjarali darchalar orqali ichkariga yorugʻlik tushadi. Oʻrdaning bosh tarzi, xonalar koshinlar, oʻyma ganchkori naqshlar bilan bezatilgan, shiftlari hovuzakli boʻlib, ularga gullar solingan, xonalarning tepa qismi sharafalar bilan hoshiyalangan, ayrim xonalarning poliga parket terilgan, ayvonlar sahniga marmar yotqizilgan, devorlariga ravoqlar ishlanib, naqshlar bilan ziynatlangan. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling