Reja : Bino va inshootlar haqida umumiy malumotlar. Bino va inshootlarning umumiy klassifikatsiyasi. Bino va inshootlarga qo’yiladigan umumiy talablar. Bino


Download 258.36 Kb.
bet2/3
Sana18.10.2023
Hajmi258.36 Kb.
#1708336
1   2   3
Bog'liq
1-Ma\'ruza (1)

ichki fazo -odam faoliyat kursata olishi, turli asbob va jihozlarni joylashtirish, odamlar harakatlanib yura olishi uchun zarur bo‘lgan joylar (xonaning uzunligi, kengligi na balandligi);
mikroiqlim -xonadagi havoning temperaturasi, nisbiy namligi, harakat tezligi va tozalik darajasi orqali xonada yaratiladigan muhitning sifatini ifodalovchi omil;
tovush rejimi -xonadagi eshitish uchun yaratilgan sharoitni, uning yoqimsiz, xalaqit beruvchi tovushlardan (shovqin) himoyalanganlik darajasini ifodalovchi omil;
yorug‘lik rejimi -xonalarda yoritilganlikni etarli bo‘lishini ta’minlash va yoritishni to‘g‘ri tashkil qilishga bog‘liq holda ko‘rish organlarining ishlash sharoitini belgilovchi omil;
to‘siqsiz ko‘rish va ko‘rganni to‘g‘ri idrok qilish - tomosha zallarida, darsxonalarda yaratilgan muhitning sifatini belgilovchi omil;
obodonlashtirish tadbirlari - binoning vazifasidan kelib chiqqan holda muxandislik va boshka zarur texnik jixozlar bilan ta’minlanganlik darajasini ifodalovchi omil.
Bu omillarning har biri xonaning o‘lchamlarini, shakllarini va konstruksiyalarini tanlashga o‘z ta’sirinn ko‘rsatadi. Xonalarni to‘g‘ri loyihalash, odamlar bajaradigan funksiyaga muvofiq ravishda oqilona sharoitlar yaratish uchun muhit sifatini belgilovchi barcha tadbirlar ko‘rilishi shart. Shunda bino yoki inshootning loyiha echimi funksional maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Binoning texnik talablarga muvofiqligini uning konstruktiv echimi belgilaydi. Binoning konstruktiv echimi mexanika, fizika qonunlariga va kimyoviy qonunlarga to‘la muvofiq bo‘lishi zarur. Binolar va ularning alohida konstruktiv qismlariga va elementlariga bo‘ladigan tashqi va ichki ta’sirlar juda xilma-xil (2.2-rasm). Ularni kuch va kuch bo‘lmagan (muhit) ta’sirlarga bo‘lish mumkin.
Kuch ta’sirlarga: bino elementlarining xususiy og‘irligi va er ostidagi elementlarga gruntning bosimi kabi doimiy yuklar; qo‘zg‘almas jihozlar, uzoq saqlanadigan yuklar va pardadevorlar kabi elementlardan hosil bo‘ladigan uzoq vaqt ta’sir etuvchi yuklar; qo‘zg‘aluvchan jihozlar, odamlar, qor va shamol ta’sirada hosil bo‘luvchi qisqa vaqt ta’sir etuvchi yuklar; shuningdek zilzila va avariyalar tufayli buzilishlar ta’sirida hosil bo‘luvchi alohida yuklar kiradi.

Download 258.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling