Reja : Kirish Asosiy qism


Download 479.51 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi479.51 Kb.
#1574411
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yadro mi

Sun’iy radoaktiv fon

Sun'iy nurlanish manbalariga inson faoliyati sabab bo'lishi mumkin. Bu yadro quroli yoki yadro energetikasi bo'lishi mumkin. O'tmishda o'tkazilgan yadroviy sinovlar ham radiatsiya manbai bo'lishi mumkin. Radiatsiya ma'lum materiallarni ishlab chiqarishda ham paydo bo'lishi mumkin. Ulardan ba'zilari tibbiyotda yoki ilmiy tadqiqotlarda ishlatilishi mumkin.


Tabiiy radioaktiv g-fonning oshishiga maksimal hissani uzoq yashovchi texnogen radionuklidlar qo'shib, ular ichida tirik organizm- larga o'zining toksik ta'siri kattaligi bilan e'tiborga ega bo'lgan Cs-137 hisoblanadi. Cs-137 atmosfera, tuproq va suvlarni ifloslab, «tuproq- o'simlik-inson» va «tuproq-hayvon-o'simlik-inson» biologik zanjir bo'yicha inson organizimiga kirib keladi. Biologik o'ta faol hisob- langan Cs-137 radionuklidlari o'simliklarda, inson va hayvonlar orga- nizmlarida yuz beradigan hamma almashuv reaksiyalarida faol ishtirok etadi va dunyo aholisi nurlanishi effektiv ekvivalent dozasining taqriban 40% (540 mkZv) ekanligi sabab bo'ladi.
s
eziy -137 parchalanish sxemasi
Seziyning massa sonlari A = 114-148 ga teng boʻlgan 35 ta izotopga ega bo'lib, shulardan 34 tasi radioaktiv va turg'un hisoblanadi. Massa soni A = 134-148 ga teng seziy radionuk lidlari U va Th yadrolarning spontan yoki majburiy bo'linishidan ho- sil bo'ladi. Radiatsion-gigienik nuqtai nazaridan Cs-237 radionuklidi katta qiziqish uyg'otib, u bo'linish bo'lagi sifatida va massa soni A=137 izobara bo'lgan boshqa bo'linish bo'laklarining ketma-ket parchalanish mahsuloti sifatida ham hosil bo'lishi mumkin. Ushbu ketma-ket parcha- lanishlar qo'yidagicha yuz beradi: Tc [137](4 s) → I[137](24,2 s)→ Xe[137] (3,83 min) →Cs [137](30,17 yil)→ Ba [137m](2.55 min) → Ba [137 stabil]. Seziy-137 radionuklidining parchalanish sxemasi rasmda keltirilgan. Sxemadan ko'rinadiki,Cs-137 radionuklidi beta-parchalanish orqali Ba-137 nuklidga o'tadi:

Bu jarayon maksimal kinetik energiyalari 0,512 MeV (Betta 1(-), 94,6%) va 0,1174 MeV (betta2- .5.4%) boʻlgan elektronlar chiqishi bilan sodir bo'ladi. Tuproq va minerallarda tabiiy Cs-137 radionuklidining muvozanat so- lishtirma aktivligi juda kichik bo'lib, 3.7 dan 370 mk Bk/kg gacha, yer qobig'ida muvozanat miqdori -6-10^16 Bk atrofida, tuproqning bir metr ustki qatlamidagi miqdori esa -8 1^11 Bk.

Atrof-muhitga Cs-137 radionuklidining kelib tushish manbalari asosan, atmosferada yadro qurollarini sinash natijasida hosil boʻlgan yad- ro bo'linish mahsulotlarining global va regionar yog'ishi hisoblanadi. XX asrda yadro quroliga ega bo'lgan davlatlar tomonidan 2060 dan ortiq termoyadro zaryadlari sinovdan o'tkazilgan boʻlib, shulardan 457 tasi shimoliy va 44 tasi janubiy yarim sharlarning atmosferasida o'tkazilgan. Ushbu sinovlar natijasida tashqi muhitga, yigindi aktiv- ligi-1.8*10^21 Bk bolgan yadro bo'linish mahsulotlari bilan ifloslanib, shularning -9 10^17 Bk aktivligini Cs-137 tashkil etadi. Yer sharining turli joyida yadro bo'linish mahsulotlarining kengliklar bo'yicha taqsimotil portlashning quvvatiga. portlash o'tkazish sharoitlariga, geografik, ob- havo sharoitlarga va boshqa omillarga bog'liq bo'ladi.
Y adro bo'linish mahsulotlari Zn dan Gd gacha bo'lgan ele- mentlarning 200 dan ko'pi neytronga boy izotoplarini o'z ichiga ola- di. Bu radionuklidlarning ko'pchiligi nisbatan qisqa yarim parchala- nish davriga ega bo'lganligi sababli yadro bo'linish mahsulotlarining boshlang'ich aktivligi (portlashdan bir soatdan keyin) juda tez kama- yadi. Yetti kundan keyin 10 marta, 49 kundan keyin 10 marta, 343 kundan keyin 10^3 marta, 10 yildan keyin esa 10^4 marta kamayib, asosan yadro bo'linish mahsulotlarining o'ta uzoq yashovchilari bo'lgan Sr-90 (T,,,-28 yil) va Cs-137 (T-30 yil) radionuklidlarning aktivliklaridan iborat bo'lib qoladi. Tirik organizmlarga Cs-137 ning radiatsion ta'siri Sr radionuklidga qaraganda ancha katta. Bunga sabab birinchi radionuklidning v-parchalanishda energiyasi 662 keV bo'lgan intensiv g-nurlanish chiqarishi bilan sodir bo'lishidir.
Seziy-137 radionuklidining global yog'ilishi Q - oʻrtacha zichligining kengliklar bo'yicha taqsimoti rasmda keltirilgan.
Yerning shimoliy va janubiy yarim sharida seziy-137 radionuklidlarining global yog’ilishining o`racha zichligining kengliklari bo`yicha taqsimoti

Ushbu taqsimotdan ko'rinadiki, O'zbekiston hududi bu radio- nuklidning yog'ilishi maksimal zichligiga to'g'ri keladi, ya'ni Q=5,17 kBk/m². Ammo bu qiymat chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyadan katta emas.




Download 479.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling