Reja : Kirish Asosiy qism


Download 479.51 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi479.51 Kb.
#1574411
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yadro mi

Radioaktiv fon tarkibi

Tabiiy radioaktiv aerozollar
Tabiiy radioaktiv aerozollar emanatsiyalarning atmosferada parchalanishi natijasida hosil bo'ladi. «Emanatsiyan» lotincha «emanftio»- ajralib chiqish, sizib chiqish, tarqalish ma'nosini anglatadi. Emanatsiya - radiy tabiiy radioaktiv izotoplari parchalanishining gazsimon radioaktiv mahsullari. Radiy-224 ( )ning parchalanishi natijasida gazsi- mon radon (Rn). dan taron (Tn). dan esa aktinon (An) hosil bo'ladi. Ushbu radionuklidlar ya'ni , va atom raqami 86 bo'lgan kimiyoviy element - radon (Rn)ning nuklidlari bo'lib, ular- ning parchalanish davrlari (7) mos holda 3,825 sut. 54.5 s va 3.92 s ga teng. Radiy-226, 224, va 223 lar mos ravishda uran-235, toriy-232 va uran-238 radioaktiv oilalarning parchalanish zanjirida joylashgan.
Radon, taron va aktinonlar, yani emanatsiyalar atmosferaga tuproq, tog jinslari va tabiiy suvlardan o'tadi. Ular atmosferada havo oqimi va diffuziyasi asosida tarqaladi. Ularning havadagi konsentratsiyasi balandlik ortgani sari, parchalanishi tufayli kamaya boradi. Taron va aktinonlarning yashash vaqti qisqa, shu sababli atmosferaning yer sirtiga yaqin bo'lgan qatlamlarida uchraydi. Radon konsentratsiyasi odatda taron konsentratsiyasidan bir necha tartibda yuqori bo'ladi. Radiatsion xavfsizlik nuqtai nazaridan faqat radon muhim ahamiyatga ega bo`lib taron va aktinon gazlari kam ahamiyatga ega. Radon gazi ko'p miqdorda uran konlarida to'planadi hamda yerosti tabiiy mineral suvlarida ham boʻladi.
Emanatsiya inert gaz boʻlib, atmosferada atomar holatida boʻladi. Emanatsiya atomlari kondensatsiya yadrolariga, ya'ni chang zarralari. og'ir ionlar va hokazo. birikmaydilar. Shu sababli o'zlari bevosita aerozol hosil qilmaydilar. Radioaktiv aerozollar, emanatsiya parchalanish mah- sulotlari bo'lgan poloniy, vismut va qo'rg'oshin izotoplarining konden- satsiya yadrolariga qo'shilishi natijasida hosil bo'ladi.

Radon parchalanish zanjirini batafsil ko'rib chiqamiz


Bu parchalanishda Pb-210 gacha bo'lgan barcha mahsulotlar qisqa yashovchilardir. Uzoq yashovchi Pb-210 (T1/2 =22 yil) o'zi esa havoda yetarli miqdorda to'planishga ulgurmaydi shu sababli undan keyingi parchalanish mahsulotlarini hisobga olmasa ham bo'ladi.


Vismut-214 (0.04%) izotopining parchalanishi tufayli hosil bo`lgan TI-210 izotopining chiqish kattaligi kichik bo'lganligi sababli TI-210 ni Po-214 ga nisbatan hisobga olmasa ham bo'ladi. Poloniy-214 atomlari o'ta qisqa yashashi (10s lar atrofida) sababli, Po-214 izotopi doimo 214Bi izotopi bilan radioaktiv muvozanatda bo'ladi. Shunday qilib radon parchalanishi mahsulotlari o'zaro aylanishini soddalashtirib quyidagi ko'rinishda yozish mumkin:

Havodagi Po-218, Pb-214 va Bi-214 atomlari konsentratsiyasi mos holda n1,. n2, va n3, bo'lsin. Radon parchalanish mahsulotlarining aktivlik konsentratsiyalar 4,-1, 4-p, -1, bo'ladi, bu yerda 1,,, va 1, mos hoida Po, pb va Bi izotoplarining parchalanish doimiylari. Ra- don va uning parchalanish mahsulotlari orasida radioaktiv muvozanatda AAA,, binobarin bu muvozanat holat uchun

n1 : n2: n3= l1 : (l1 / l2): (l1 / l3)


A1 : A2 : A3 = l : l : l

Doimiy kattaliklarning qiymatlarga qo'yib, quyidagi nati- jani olamiz:


n1 : n2: n3 =1: 8.8 : 6.45
Odatda, ma'lum hajmli berk idishda radioaktiv muvozanat 3 soat- dan keyin qaror topadi. Reat sharoitda, odatda muvozanatning Po-218 atomlari konsentratsiyasi ustunlik qiladigan tomonga siljishi kuzat ladi. Bunga sabab, havo h arakati natijasida Pb-214 va Bi-214 atomlarining ko'chib ketishidir. Havoda faqat Po-218 atomlari boʻlganda nihoyatda nomuvozanat holatiga mos keladi.
Radon va uning parchalanish mahsulotlarining konsentratsiyasi kuzatish joyiga, obhavo sharoitiga va kuzatish vaqtiga yuqori darajada bog'liq. Yer sirtidagi quruqlik ustida 3,7 purchalanish/s ni radon yuzaga keltiradi va faqat 0,037 parchalanish/s esa taron sababli yuzaga keladi. Boshqacha so'z bilan aytganda tabiiy radioaktiv aerozollar aktivligi asosan radon parchalanishi mahsulotlari bilan aniqlanadi. Taron parchalanish zanjiri quyidagicha:

Parchalanish mahsulotlarining izatop tarkibi quydagicha :



Bu yerda, hamma vaqt P-218 va T1-208 izotoplari Bi bilan muvozanatda boʻladi deb faraz qilish to'g'ri bo'ladi. Poloniy-216 kichik va Pb-212 esa katta yarim parchalanish davriga egaligi e'tibori oʻziga jalb etadi. Berk idishda taron va parchalanish mahsulotlari orasida muvozanat bir necha o'n soatlardan keyin qaror opadi. Atrofimizdagi ushbu inert gazning asosiy manbai yer qobig'i (yerning ustki qattiq qatlami) hisoblanadi. Radon fundament. pol va devor yoriq va tirqishlari orqali kirib olib. xonada qolib ketadi. Uy ichidagi (xona ichidagi) radonning yana bir manbai - tarkibida tabiiy radionuk- lidlar mavjud bo'lgan qurilish materiallar. (beton, g'isht va h.k.) hi- soblanadi. Bu radionuklidlar parchalanishi natijasida radon gazi hosil boʻladi. Radon xonaga suv (ayniqsa, agar u artezian quduqdan olina- yotgan bo'lsa) bilan, tabiiy gazni yoqishda ham va h.k. kirishi mumkin. Radon havodan 7,5 marta ogʻirdir. Buning natijasida, radon gazining konsentratsiyasi ko'p qavatli binolarning yuqori qavatlarida pastki qa- vatlariga nisbatan kam boʻladi. Quydagi rasmda keltirilgan diagramma bizga radonning har xil manbalarining nurlanish quvvatini solishtirishga imkon beradi. Inson radon gazidan asosiy nurlanish dozasini shamollatilmaydigan berk xona ichida oladi. Doimiy ravishda shamollatib turiladigan xona ichida radon gazining konsentratsiyasini bir necha marta kamaytirish mumkin. Inson organizimiga uzoq vaqt davomida radon va uning mah- sulotlari tushib turishi o'pka raki hosil boʻlish xavfini bir necha marta oshirishi mumkin.



Download 479.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling