Reja : Kirish Asosiy qism
Fon radiatsiyasining tabiiatga va insonlarga ta’sir
Download 479.51 Kb.
|
yadro mi
Fon radiatsiyasining tabiiatga va insonlarga ta’sir
Texnogen radionuklidlar bilan atrof-muhit ifloslanishini tadqiq qi- lish, atrof-muhit turli obyektlardagi ularning miqdorini o'rganish va texnogen radionuklidlarning muhitda migratsiyasiga sabab bo'luvchi qonuniyatlarni aniqlashdan iborat bo'ladi. Bu tadqiqotlar quyidagi zan- jir bo'yicha olib boriladi: ⚫ atmosfera-tuproq-o'simlik-inson:
Tuproq yer sirtida eng ko'p tarqalgan tabiiy ion almashuvchi material hisoblanadi va u eng inersion halqa hisoblanib, butun zanjir bo'yicha texnogen radionuklidlagning tarqalish tezligini belgilaydi. Tuproqda radionuklidlarning vertikal va gorizontal migratsiyasi ular- ning o'simlik, yerosti suvlari (sizot suvlar), hovuzdagi suvlarga tushishiga (qo'shilishga) sabab bo'ladi. Tuproqda radionuklidlarning ko'chish mexanizimlari o'z tabiati bo'yicha turli-tumandir: -havo yog'inlari filtratsiyasi; tuproq sirtida suvning harakati; o'simliklar ildiz tizimi bo'yicha ko'chishlar; erkin va adsorbirlangan ionlar diffuziyasi; antropogen faoliyat natijasida va hokazo; Bulaming migratsiya tezligi, migratsion jarayondagi ulushi quyidagilar bo'yicha aniqlanadi: radionuklidlaming kimyoviy xususiyati (ion zaryadi va kattaligi, birikma shakli. adsorbsiyalanishiga, gidroliziga); tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlariga (minerallashishiga, kimyoviy va granulometrik tarkibiga, zichligiga, namligiga, organik inoddalar tarkibi va miqdoriga, kislota miqdori, yutilish hajmiga, haroratga, tuproq eritmasining konsentratsiyasiga va tarkibiga); ob-havo sharoitiga (fasining davomiyligiga, haroratning davomiy- ligiga, yilning va oyning o'rtacha haroratiga, yillik yog'ingarchilikka va ularning fasllar bo'yicha taqsimotiga) bog'liq. XX asrning 80-yillariga kelib, radionuklidiarning dunyoning turli regionlaridagi tuproqlardagi miqdori, taqsimoti va siljishi bo'yicha juda katta eksperimental materiallar to'plangan. Ushbu ma'lumotlar asosida radionuklidlarning vertikal siljishini (migratsiyasi) ifodalovchi qator modellar yaratilgan bo'lib, ular tuproqda texnogen radionuklidlarning migratsiya jarayonini modellar orqali ifodalanishi turli amaliy masala- larni yechish uchun zarurdir. Respublikamiz hududida texnogen radionuklidlarning migratsi- yasi boʻyicha ham keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Bu tekshirishlar O'zR FA akademigi TM. Mo'minov rahbarlik qilgan guruh tomonidan uzoq yillar davomida olib borilgan va bu tadqiqotlar natijalari e'lon qilingan. Mazkur tadqiqotlar uchun namunalar mam- lakatimizning turli hududlaridan olingan. Bunda Cs radionuklidi- ning vertikal taqsimotini tajribada va modellar orqali ifodalash uchun O'zbekistonning Jizzax, Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyatlari- da 20 ta tajriba uchastkalari tanlanib, ulardagi tuproqlardan namunalar olingan va tahlil ishlari olib borilgan. Download 479.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling