Reja : Sodda masalalar bilan tanishish va ularni yechishni


Yechilgan masalani tekshirish usullari


Download 335.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi335.93 Kb.
#1495547
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil

Yechilgan masalani tekshirish usullari
 
Metodikaga oid adabiyotlarda matnli masalalar o'quvchilarga 
matematik tushunchalarni to'g'ri shakllantirishga, uni o'rab turgan 
muhitning o'zaro aloqadorligini turli tomonlarini chuqurroq 
anglashga yordam berishi, o'rganilayotgan nazariy qoidalarni 
qo'llashga, kuzatilayotgan hodisalarda har xil sonli bog'lanishlarni 
o'rgatish imkonini berishi o'z ifodasini topgan. Matnli masalalarni 
yechish o'quvchi mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga katta yordam 
beradi. Demak, har bir bajarilayotgan amalning to'g'riligini tekshirib, 
masalani yechish orqali o'quvchida fikrlash qobiliyati o'sadi, 
mantiqiy tafakkur qilishi ortadi. Masalalarni yechib, yechimning 
to'g'riligini tekshirish orqali o'quvchilarning matematikadan 
o'rganilgan nazariy bilim, malaka va ko'nikmalari mustahkamlanadi, 
mushohada qilish, tafakkur yuritish, tegishli xulosalar chiqara olish 
xususiyatlari tarkib topadi. 


Berilgan masalaga teskari masala tuzish va uni 
yechish
 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarni masala yechishga o’rgatish orqali 
ularda mantiqiy tafakkur rivojlanadi, matematik nutqi o’sadi. Masala 
yechishga oid ishlar birinchi sinfdan boshlanadi. To’la 
ko’rsatmalilikka tayangan holda o’quvchilar sodda masala tuza 
boshlaydilar. Bunday masalalar yig’indini topishga doir, qoldiqni 
topishga doir yoki “ta orttirish”, “… ta kamaytirish”ga doir sodda 
masalalar hisoblanadi. Bu ayniqsa raqamlash davrida ya’ni o’n 
ichidagi son bilan tanishtirish maqsadida predmetlar, rasmlar 
to’plamidan foydalanib o’quvchilar masala tuzadilar va uni 
yechadilar. Shuni ta’kidlash joizki masala, masala sharti masala 
savoli degan atamalarni kiritishga mo’ljallangan mavzu 
“Matematika darsligida” alohida mavzu sifatida o’z ifodasini 
topmagan. Darslikning 49-betidan boshlab masala atamasi 
kiritilgan. Ammo o’quvchi maktabga qadam qo’ygan kundan 
boshlab narsa, predmet, rasmlarga qarab, masala tuza olishga 
o’rgatib boorish kerak. Garchand masala, masala sharti, masala 
savoli kabi atamalarni o’quvchilarga aytmasdan turib ham matnli 
masala tuzish va uni yechish ishlari bajariladi. Dastlab yig’indini 
topishga doir masala tuzish ishlari bajarilayotganda ikki to’plam 
elementlari birlashtirib, birlashma to’plamdagi elementlar sonini 


topishga qaratilgan turli mazmundagi masalalarni ko’rgazmali 
vosita asosida tuzib va uni yechish yo’llari o’quvchilarga tushuntirib 
boriladi. Masala: “bir qalamdonda uchta qalam, ikkinchi 
qalamdonda ikkita qalam bor. Ikkila qalamdonda nechta qalam 
bor?” Bu masalani o’qituvchi ko’rgazmali qilib, birinchi 
qalamdondagi uchta qalamni ko’rsatib, uning ustiga ikkinchi 
qalamni qo’yib ikkala qalamdonda hammasi bo’lib nechta qalam 
bo’lishini o’quvchilardan so’raydi. Dast avval ikkal qalamdondagi 
qalamlar sonini sanash orqali, masala yechimi besh ekani aniqlanadi. 
So’ngra birinchi qalamdondagi uchta qalamni ko’rsatib, ikkinchi 
qalamdondagi ikkita qalamni ko’rsatib ikkalasini ustma-ust 
ko’rsatib, ikkalasida nechta qalam borligini hisoblab topishni talab 
qiladi va natijada masala yechimi 3Q2q5 (qalam) tarzida raqamli 
kartochkalar orqali namoyish qilinadi.

Download 335.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling