Reja: 1 Axborotni kompyuterda tasvirlash
Axborot hajmi va uning o`lchov birliklari
Download 73.21 Kb.
|
Axborot o\'lchov birliklari 1 Bit Binary Digit (eng kichik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Megabayt.. gigabayt .. egzabayt .. Hammasi haqida batafsil
2. Axborot hajmi va uning o`lchov birliklari
Sakkizta 0 va 1 larning ketam-ketligi bir bayt deyiladi. Demak, har bir belgi bayt 8 bitga barobar. Berilgan ma‘lumotdagi belgilar sonini sanab, ma‘lumotning axborot xajmi tushunchasini kiritish mumkin. Masalan, “Hisoblash texnikasi fani” degan ma‘lumotning axborot xajmi 23 ta baytdan iborat. Bit va bayt bilan birga ulardan kattarok axborotning quyidagi o’lchov birliklari ham mavjud. 1 Kilobayt = 210 bayt = 1024 bayt ≈ ming bayt 1 Megobayt = 2 20 bayt = 1024 x 1024 bayt ≈ million baytdan ko’prok 1 Gigobayt = 2 30 bayt= 1024 x1024x1024bayt ≈ milliard baytdan ko’prok. Megabayt..? gigabayt ..? egzabayt ..? Hammasi haqida batafsilAxborot vositalari ko‘paygani sayin axborotga ehtiyoj ortib bormoqda. Har birimizning qo‘l telefonimizda o‘rtacha 10 gigabayt, kompyuterda 100 gigabayt hajmdagi ma’lumot bor. Ularni ko‘ra olmaganimiz tufayli tasavvur qilish ham qiyin. Quyida shu haqida ma’lumot va qiziqarli faktlarni havola qilamiz. AQShning Kaliforniya universiteti o‘tkazgan tadqiqot natijalari bir kishi kun davomida 34 gigabayt hajmga teng axborotni, 100 ming so‘zga teng ma’lumotni iste’mol qilishini ko‘rsatmoqda. Tasavvur qiling, Tolstoyning “Urush va tinchlik”i 460 mingta so‘zdan iborat. Biz 24 soat davomida ko‘z va quloqlarimiz orqali 100 mingta so‘zga teng ma’lumotni qabul qilamiz. Kompyuter va telekommunikatsiyada axborot birligi ma’lumot saqlanadigan muayyan tizim yoki aloqa kanallarining layoqati, axborot sig‘imi va o‘tkazuvchanligini, ya’ni aloqa tarmoqlarida axborotning uzatilish tezligini o‘lchash uchun ishlatiladi. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi tomonidan Xalqaro axborot birliklari tizimi shakllantirilgan. Kitobdagi har qanday matn harf va belgilardan iborat. Bir so‘zni ham, bir dona harfni ham axborot birligida o‘lchash mumkin. Kompyuter va raqamli qurilmalar kodlangan axborotni o‘qish va qayta ishlash imkoniga ega. Elektron qurilma bizga ko‘rinib turgan matnni aslida elektron signallar yordamida qayta ishlasa, raqamli qurilmada har qanday axborot aslida sonlar ko‘rinishida kodlangan bo‘ladi. Axborot o‘lchov birliklarining eng kichigi – bit (bit). Ikkita raqam yoki belgi, masalan 0 va 1 raqamlarining hajmi 1 bit. Misol uchun, biror savolga bizning “ha” yoki “yo‘q” degan qisqa javobimiz axborot birligida 1 bitga teng. Bir bit axborot birligi juda kichik axborot hajmini ifodalagani uchun amalda ko‘proq bayt (byte) axborot birligi ishlatiladi. Bir bayt – 8 bit axborotga teng. 1 baytda 0 dan 255 gacha raqamlar yoki shuncha harf va belgilar foydalanilgan matn kiradi. Misol uchun, kitobning bir qator matni 90 bayt axborot hajmiga teng. 1 kilobayt axborot 1024 bayt, ya’ni shuncha belgiga teng. Misol uchun, bu 5 harfdan iborat 5 qator so‘zning axborot hajmi hisoblanadi. Romanning bir sahifasidagi axborot hajmi 2 kilobayt chiqadi. Qisqa elektron pochtaning hajmi ham 1 yoki 2 KB chiqadi. Navbatdagi axborot birligi megabayt. 1 megabayt 1 million baytga, yoki 1024 Kbayt. 1 MB – 1024×1024 pikselli, 256 xil rangdan iborat bir dona suratga teng. Matnda o‘lchasak, 1 MB o‘rtacha 500 sahifali kitobdagi ma’lumot hajmi degani. Yoki 1 intervalli har sahifada 4 mingtadan belgi bo‘ladigan bo‘lsa, 250 sahifalik kitobning hajmi. Bu yerda odatiy kitob hajmi haqida gap ketmoqda. Misol uchun, Microsoft Word’da yozilgan 100 betlik hujjat hajmi 376 kilobaytga teng. 3 daqiqali audio faylning hajmi 3 MB chiqadi. 650-900 MB dumaloq kompakt diskning sig‘imidir. Yoki 4 megapikselli JPEG formatidagi fotosuratning hajmi ham 1 megabayt. Keyingi axborot birligi – gigabayt. Bir gigabayt 1.000.000.000 (1 mlrd.) bayt yoki 1024 Mbayt axborot birligiga barobar. Bu 114 daqiqa siqilmagan audio, 7 daqiqali HDTV formatidagi video fayl degani. Bir tomonlama DVD+R turidagi kompakt disk 4.7 GB axborot sig‘imiga ega. Navbat – terabaytga! 1 terabayt axborot birligining hajmi – 1000 gigabaytga teng. Bu – taxminan 2 ming soat siqilmagan audio yoki axborotning o‘tish tezligi soniyasiga 128 KB bo‘lgan 17 ming soatlik audio fayl degani. Bu hajmdagi ma’lumotni yozish uchun 1400 dona CD-disk, 220 dona DVD-disk kerak bo‘ladi. 1980 yildan boshlab insonlar qabul qiladigan axborot hajmi har yili 6 foizdan oshib kelgan. Hozirga kelib bu ko‘rsatkich deyarli 400 foizga ko‘tarilgan. Bugun Petabayt (PB) (1024 TB), egzabayt (1024 PB), zettabayt (1024 EB, ya’ni bir milliard trillion bayt!)va boshqa axborot birliklari mavjud. Bu birliklarning chegarasi cheklanmagan. Taxminlarga ko‘ra, 2016 yil oxiriga kelib jahon internet tarmog‘ida mavjud jami axborotlar hajmi 1.3 zettabaytga yetadi. Shuningdek, axborot birligining uzatilish tezligi ham mavjud. Bu biror elektron yoki raqamli qurilmada axborotning namoyon bo‘lishi, qabul qilinishi yoki uzatilishi, qayta ishlanishini anglatadi. Axborotning uzatish tezligi hamda o‘lchov birliklari: – Bit/sekund – bir soniyada aloqa tarmog‘i orqali uzatiladigan bitlar soni; – Kbit/sekund – bir soniyada aloqa tarmog‘i orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni; – Mbit/sekund – bir soniyada aloqa tarmog‘i orqali uzatiladigan million bitlar soni; – Gbit/sekund – bir soniyada aloqa tarmog‘i orqali uzatiladigan milliard bitlar soni. Axborot kanallarining sig‘imi ularning muayyan vaqt oralig‘ida uzatadigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida axborot kanallarining ma’lumotni o‘tkazish qobiliyatini ham anglatadi. Yakun: Bit (bit) : 0 yoki 1 belgisiga teng. Bayt (B) : 1 bayt = 8 bit Kilobayt (KB) : 1 KB = 8,192 bit 1 KB = 1,024 bayt Megabayt (MB) 1MB =1024 KB Gigabayt (GB) 1 GB = 1024 MB Terabayt (TB) 1TB = 1024 GB Petabayt (PB) 1PB = 1024 TB Egzabayt (EB) 1EB = 1024 PB Zettabayt (ZB) 1ZB = 1024 EB Hozirgi vaqtda axborot tеxnologiyalari amalda inson faoliyatining hamma jabhalariga chuqur kirib bormoqda va rivojlanishda davom etmoqda. Kеng tarqalgan shaxsiy kompyutеrlar bilan bir qatorda zamonaviy hisoblash tizimlari va vositalari ham kеng tarqalib bormoqda. Turli hisoblash tizimlari foydalanuvchilari soni ham ko’payib bormoqda, shu bilan birga bir-biriga qarama-qarshi tеndеnsiya rivojlanmoqda. Bir tomondan, axborot tеxnologiyalari murakkablashib bormoqda va uni tadbiq qilish uchun chuqur bilimlar talab qilinayapti. Ikkinchi tomondan, foydalanuvchining kompyutеr bilan muloqati (intеrfеysi) do’stona tus olib, informatika va hisoblash tеxnikasi sohasida mutahassis bo’lmagan insonlar uchun ham tushunarli bo’lmoqda. Bunday imkoniyat sababi, foydalanuvchilar va ularning dasturlari hisoblash tеxnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta'minot-opеratsion tizim orqali muloqatda (intеrfеys)da bo’lganliklaridadir. OT bajarilayotgan ilovalar uchun ham, foydalanuvchilar uchun ham muloqat (intеrfеys) imkonini yaratadi. Foydalanuvchi dasturlari va yana ko’pgina xizmatchi dasturlar OT dan, ixtiyoriy dasturlarning ko’plarida uchraydigan amallarning bajarilishini so’raydilar. Bu amallar: kiritish-chiqarish, dasturlarni ishga tushirish, to’xtatish, qo’shimcha xotira blokini olish yoki bo’shatish va h.k.lar. Bunday amallarni har safar boshqatdan dasturlash maqsadga muvofiq emas, shuning uchun ham bular OT ning asosiy funtsiyalaridan hisoblanadi. Amaliy dasturlar va boshqa ko’pgina tizimli ishlov bеruvchi dasturlar (dasturlash tizimlari yoki ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari)/ kompyutеr apparat qismiga bеvosita murojaat qila olmaydilar, ular bilan faqat OT ga murojaat orqali muloqatda bo’lishlari mumkin. Foydalanuvchilar OT buyruqlarini kiritish orqali yoki tizim taklif qiladigan harakatlar to’plamidan tanlash orqali kompyutеr va o’z dasturlari bilan muloqatda bo’ladilar. Bunday muhim funksiyalarni bajarishdan tashqari, OT lar hisoblash rеsurslarini samarali taqsimlash va ishonchli hisoblashlarni tashkil etishga javob bеradi. Opеratsion tizimlar va axborotga birlamchi ishlov bеrish fani asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Download 73.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling