Reja: 1 Biologik faol moddalar
Download 85.5 Kb.
|
2 5384303459057011427
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron ta’lim resursi. 1.http;//ziyonet.uz/ 2.https;//www.google.uz
Mavzu:Biologik faol moddalar.Vitaminlar.Ularning vazifasi va klassifikatsiyasi. Reja:
1)Biologik faol moddalar. 2)Vitaminlar. 3)Ularning vazifasi va klassifikatsiyasi. Biologik faol moddalar Biologik faol moddalarni bioorganik kimyo, farmatsevtik kimyо, biologik kimyo va boshqa fanlar o’rganadi. Bu yo’nalishning intensiv rivojlanishiga sabab hozirgi zamon tekshirish usullari bunda konformasion strukturalarni, molekulyararo ta’sirlarni, murakkab aralashmalardan moddallar ajratilishi, endogen biologik faol moddalar xossalari va ksenobiotiklar xossalari ko’pgina muhim fizik-kimyoviy hayot faoliyatini o’rganishga sababchi bo’lmоqdа. Eng muhimi, molekulyar, xujayra va tizimlar darajasida biologik faol moddalar ta’sir mexanizmlari tadqiq qilinmoqda. Izlanish natijasida rejalashtirilgan xossalarni namoyon qiladigan moddalar ham sintez qilindi. Kombinator kimyo robotlashtirilgan skrining bilan birgalikda yangi dorivor moddalar olish uchun muhim ahamiyat topmoqda. Supromolekulyar komplekslar sintez qilinmoqda, yangi fizik va fizik-kimyoviy usullarning kashf etilishi (rentgenostruktur analiz va boshqa.) Biologik faol moddalar organizmda barcha hayotiy jarajonlar normal kechishida muhim rol o'ynaydi.Biologik faol maddalarning eng katta qismini vitaminlar o'rin oladi.Inson organizmida muhim biologik moddalar bor.Inson organizmning o'sishiga uglevod,lipid va mineral moddalarning almashnuvida bevosita ishtirok etadi.yana bir biologik faol moddalardan biri siklik nukleotidlar hisoblanadi.Ular tashqaridan hujayraga keladigan xabarlar(gormon,neyromediatorlar va boshqalar)uchunvositachilik rolini bajaradi.Ular siklaza fermentlari yordamida sintezlanib faolliklari esa har xil effektorlar jumladan gormonlar orqali boshqariladi.Biologik faol moddalar oqsillar,nuklein kislotalar,gormonlar,vitaminlar va boshqalar tarkibiga kiradi.Biologik faol maddalar organizm hayotida muhim ahamiyatga ega. Vitaminlar Vitaminlar-tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur bo'lgan muhim organik birikmalardir.Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega.Oziq moddalar tarkibida qandaydirmoddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal bolishi togrisida gi malumotlar qadimgi Xitoy kitoblarida,keyinchalik esa Gippokrat asarlarida qayd etilgan.Vitaminlarni ilmiy nuqtai nazardan organish XVIII asrlardan boshlangan.Vitaminlarni organishga ingliz vrachi Lind,fransuz fiziologi Majandi,rus vrachi Lunin,Eykman,Funk va boshqalar katta hissa qoshdilar.Organizm ozi vitamin sintez qilmaydi,zarur vitaminni tashqi muhit yani oziq ovaqlardan oladi.Organizmda vitamin yetishmasa gipovitaminoz,umunan yetishmaganda esa avitaminoz kasalligi kelib chiqadi.Vitaminlaming umumiy xossalari XIX asrning oxiriga kelib odam va hayvon organizmiga doimo ovqat bilan oqsil, yog1, karbonsuv va mineral tuzlar tushib turishi aniqlandi. Shu bilan birga moddalar almashinuvida kamchiliklar va kasalliklar paydo bo'lishi m a’lum edi. Demak, ovqat bilan organizmga tushadigan asosiy ovqat mahsulotlaridan boshqa yana bir narsa yetishmasligi aniq bo'lib qoldi. Ana shu ovqat mahsulotlarining tarkibida yetishmaydigan moddani 1880-yilda rus olimi N.I. Lunin eksperiment orqali ko'rsatib berdi. Polyak olimi K.Funk esa unga "vitamin"lar, ya’ni "hayot aminlari" deb nom berdi. Vitaminlar — bular organizmning hayotiy faoliyati, ko' payishi, o'sishi uchun kerakli, kimyoviy tarkibi jihatidan har xil past molekulali moddalar guruhidir. Vitaminlar uchun xarakterli belgilar quyidagilar: — vitaminlar odam organizmida sintezlanmaydi, shuning uchun ular ovqatlar bilan organizmga tushishi kerak. Ayrimlari (B6, B 12, pantoten va folein kislotasi) ichak mikroflorasi yordamida sintezlanadi, boshqalari organizmda (masalan, nikotin kislota triptofandan) sintezlanadi. Ammo bu jarayonlar organizmning bu vitaminlarga bo'lgan ehtiyojini qondira olmaydi; — bular plastik materiallar yoki energiya manbayi bo'lib xizmat qila olmaydi. Bularga organizmning ehtiyoji uncha katta emas, bir kecha-kunduzda mg larda (masalan, С — 0,07 g; B, - 0,002 g; B12 - 0,000003 g) bo'ladi; — vitaminlar organizmga juda kam miqdorda ovqat bilan tushib, biokimyoviy jarayonlarga ta ’sir qiladi. Ko'pginavitaminlar fermentlarning faol guruhiga (koferment) kirib, ularning ta’sir qilishini aniqlaydi; — vitaminlaming ovqatlar bilan kam miqdorda (yoki yomon hazm bo'lishi) organizmga tushishi moddalar almashinuvini va fiziologik funksiyalami buzadi, hatto kasalliklarni (avitaminoz va gipovitaminoz) keltirib chiqaradi.Vitaminning asosiy manbai osimliklar hisoblanadi.Vitaminlarning hosil bolishida mikroorganizmlar katta rol oynaydi.Viyaminning biologik ahamiyati moddalar almashinuvida rostlovchi tasir etishdan iborat.Vitamin organizmda bolayotgan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi,organizmning oziq moddalarni ozlashtirishiga tasir korsatadi,hujayralarning normal osishida va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi,organizmda fermentlar tarkibiga kirib,ularning noalligi va funksiyasini taminlaydi.Organizmda vitaminlar barcha jarayonlar normal kechishida muhim ahamiyatga ega.Masalan,K vitaminini olaylik bu vitamin qonning ivishida ishtirok etadi.Agar K vitamini yetishmasa qonning ivishi buziladi va gemofiliya kasalligi kelib chiqadi.A vitamini shiliq qavatlar,teri,koz otkirligini taminlashda ishtirok etadi.A vitamini yetshmasa shapkorlik,ichki organlar yalliglanishi,terilarning qurib yorilishi kabi holatlar yuzaga keladi.Hamma vitaminlarning organizmda oz ahamiyati va vazifasi bor.Vitaminlar organizmda katta ahamiyatga ega. Vitaminlarning vazifasi va klassifikatsiyasi Vitaminlarning vazifasi organizmda juda katta ahamiyatga ega. Vitaminlarning klassifikatsiyasi Vitaminlar 2 katta guruhga bo'linadi: 1) suvda eriydigan vitaminlar; 2) yog‘da eriydigan vitaminlar. Bunday klassifikatsiya fiziologo-biokimyoviy ahamiyatga ega: yog'da eruvchi vitaminlar odam organizmida yig'ilishi mumkin, shuning uchun qisqa vaqtli (defitsit) yetishmaslik qandaydir yaxshi bo'lmagan hodisaga olib kelmaydi. Ovqatlar bilan yog'da eruvchi vitaminlarni ko'proq qabul qilish ularning konsentratsiyasi organizmdagi lipidlarni m e’yoridan orttirib, ayrim hollarda yaxshi bo'lmagan o'zgarishlarga yoki funksional buzilishlarga (gipervitaminoz) olib kelishi mumkin. Organizmda suvda eruvchi vitaminlar amalda yig'ilmaydi, shuning uchun ularning ta ’siri katta emas. Suvda eruvchi vitaminlaming ratsionda kam miqdorda bo'lishi yoki bo'lmasligi moddalar almashinuvida maxsus buzilishlarni juda tez keltirib chiqaradi.Qator moddalar (orot, pangamat kislota, xolin, karnitin, U vitamin) organizm uchun katta ahamiyatga ega bo'lsa-da, lekin barcha vitaminlarga xos bo'lgan xarakterli xossalarga ega emas, shuning uchun ular vitamin- larga o'xshash moddalarga kiritiladi. Organizm hayotiy faoliyatida barcha vitaminlar bir xil rol o'ynamaydi. Bir xil vitaminlar yetishmasligiga moddalar almashinuvining buzilishi sabab bo'lsa, boshqasining yetish- masligi faqatgina almashinuvga ta’sir qilib qolmasdan, fiziologik funksiyani chetlashi mumkin; ko'proq vaqt yetishmasligi — sog'liqning buzilishiga va o'limga olib kelishi mumkin.Vitaminlar meva va sabzovotlarda,oziq ovqat mahsulotlarida kop miqdorda boladi.Agarda oziq ovqatni notogri pishrilsa tarkibida vitaminlar kamayadi. Vitaminlar organizmni normal osishi,rivojlanishi,kopayishi uchun ham hizmat qiladi.E vitaminini olsak u jinsiy kayishni normal kechishi uchun xizmat qiladi. Suvda eruvchi vitaminlar Tiamin — B1 vitamini. Bu toza ajratib olingan vitaminlardan birinchisi hisoblanadi. Kimyoviy tarkibi bo'yicha murakkab birikmalar hisoblanib, pirimidin va tiazol halqasini tashkil qiladi:Tarkibida oltingugurt va aminoguruhning bo'lishi vitaminning atalishiga asos bo'ldi. O rganizm da B ] vitamini pirofosfor efiri shakli — tiamindifosfat (kokarboksilaza) holida barcha organ va to'qimalarda uchraydi: В, vitamini pirofosfor efiri sifatida ko'proq jigarda, buyrakda, yurakda, miyada va muskulda uchraydi. U ketokislota dekarboksillanishini katalizlovchi koferment hisoblanadi (pirouzum, a-ketoglutarat). Organizmda B, vitaminining yetishmasligida karbonsuvlarning m e’yoriy almashinuvi, ketokislota yuqori darajada yig‘ilishi kuzatiladi. Tiamin biosintez jarayonida juda muhim rol o ‘ynaydi. U tiamindifosfat shaklida boshqa ferment tarkibiga kirib, transketolaza bo‘lib pentozalar yo'lida karbonsuvlar oksidlanishida qatnashadi. Hosil bo‘lgan pentoza nuklein kislotalar, bir qator fermentlar va boshqa birikmalar biosintezida ishtirok etib, besh atomli karbonsuvlar tarkibiga kiradi. Riboflavin — B 2 vitamini. Bu vitaminlar rang beruvchi vitaminlarga (flavinlar) kiradi. Riboflavin kimyoviy tarkibi bo‘yicha izoalloksazin hosilasi hisoblanadi va besh atomli spirt ribitolniga ega (uning nomi shundan olingan). Riboflavin hayvon organizmining barcha organ va to'qimalarida aniqlangan. U erkin holatda ham oqsillar bilan birikkan holda uchraydi. Jigar riboflavinga ancha boy bo'lib, buyrak, muskul va miyada jigarga nisbatan 8—10 marta kamdir. Riboflavinning juda keng tarqalganligi ham uning moddalar almashinuvida muhim rol o'ynashidan dalolat beradi. FAD (flavinadenindinukleotid) shaklida riboflavin fermentlari prostetik guruhi bo'lib, nafas olish zanjirida vodorod tashiydi. Boshqa fermentlar tarkibiga kiruvchi riboflavin oqsillar almashinuvida qatnashib, organizm o'sishida va oqsillarning sarf bo'lishi da yaxshi ta’sir ko'rsatadi. Piridoksin — B 6 vitamini. Piridoksin hidsiz, nordon mazali, kristall modda. Kimyoviy tabiatiga ko'ra piridinning hosilasi: pirimidin hosilasining 3 ta yaqin tuzilishini tashkil etadi. Tirik organizmda moddalar almashinuvi jarayonida ular bir-biriga o ‘tishi mumkin, ammo odamda esa 2 ta oxirgisi aniqlangan. Piridoksal va piridoksamin fosforlanib piridoksalfosfat yoki piridoksaminfosfatga aylanadi va bir qator fermentlarning asosiy koferm entlariga o ‘tib, oqsil alm ashinuvini boshqarishda qatnashadi.Bularning ichida eng muhimi aminotransforaza hisoblanib, aminokislotalarning aminguruhini ketonkislotaga olib o ‘tishda qatnashadi va almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar, ketokislotalarni hosil qiladi.Piridoksin boshqa fermentlar tarkibiga kirib, aminokislotalarni dekarboksillaydi. Uning ishtirokida aminokislotalardan aminlar hosil bo'ladi, ularning ko‘pchiligi (serotonin, gistamin, yаminomoy kislotasi) asab tizimida va boshqa organlarda muhim rol o ‘ynab, moddalar almashinuvini boshqaradi.Piridoksinkarbonsuvlar almashinuvida ishtirok etibr fosforilaza fermcnti tarkibiga kirib, glikogenning parchalanishida qatnashadi Pantoten kislotasi — B3 vitamini. Pantoten kislotasi tarkibiga alanin va pantolin kislotasi kiradi: biroz murakkab hisoblanadi. Uning molekular massasi — 1356. Sianokobalamin molekulasi tarkibida halqa bo'lib, gemoglobin porfiriniga o'xshash, ammo markazda temir bo'lmasdan, kobalt va sianoguruh bo'ladi. Uning formulasidan ko'rinib turibdiki, B 12 vitam ini ikki qism dan iborat: porfiringa o'xshash va
rangda bo'ladi. B12 vitam inining biokim yoviy roli k o 'p qirralidir. U koferment tarkibiga kiradi (kobamid kofermenti). Kobamid kofermentini saqlovchi fermentlar asetillanish reaksiyasi (asetil-koenzim A ning hosil bo'lishi)ga ta’sir qilib, sirka va pirouzum kislotalarining biologik oksidlanish jarayonlarini tezlashtiradi. B12 vitam inining purin va pirimidin asoslari sintezida ishtiroki RNK va D N K hosil bo'lishida katta ahamiyatga ega. Kobamid fermentlari oqsil sinteziga ta ’sir qilib, ularni quwatlab turadi va anabolik effekt kou ko'rinishida bo'ladi. B|2 vitamini metionin almashinuvida, metil guruhini olib o'tishda qatnashadi va uning yog'lar almashinuvida yaxshi tomonga ta’sir qilishini ko'rsatadi (lipotrop holida ta’siri). Folein kislota — Bc vitamini. Uning shpinat bargida ko'p miqdorda uchrashi kislota nomi bilan bog'liqligini ko'rsatadi (lotincha folium — barg dem akdir). Folein kislotasi 3 ta komponentdan tuzilgan bo'lib, pteridin, paraaminobenzol va glutamin kislotasidan tashkil topgan: Askorbin kislota — С vitamini. Bu to'yinmagan birikma o'zida karboksil guruhiga ega emas. Ikkita enol gidrooksili bo'lishi uni nordon xarakterli birikma ekanini aniqlaydi.Askorbin kislota degidroaskorbin kislotasiga tezda qaytar oksidlash yo'li bilan aylanishi (degidridlanish) va o'ziga vodorod atomini biriktirib (qayta tiklanish), yana askorbin kislotasiga aylanishi mumkin. Yog'da eruvchi vitaminlar Retinol — A vitam ini. Bu vitaminning faqat hayvon mahsulotlarida borligi aniqlangan: dengiz hayvonlari jigarida, baliqda, sutda, sariyog1 va boshqalarda. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha u davriy (siklik) birikmalar b o ‘lib, o ‘zida (3-ionli halqa, izoprenning ikkita qoldig‘i va birlamchi spirt guruhiga ega. Kalsiferol — D vitamini. D vitamini — antiraxit faollikka ega steroidlar guruhi bo‘lib, ulardan eng muhimlari D 2 vitamini (ergokalsiferol) va D 3 vitamini (xolekalsiferollar)dir. D3 vitamini terida 7-degidro-xolesterindan quyosh nuri ostida va ultrabinafsha nurlanishda hosil bo‘ladi.ultrabinafsha nurlanishda hosil bo‘ladi. Shunga asoslangan holda u ltrab in afsh a n u rlarin in g raxitga qarshi t a ’sirini tushuntirish mumkin.D vitaminining preparatlari ergosterinni nurlash orqali olinadi, ular rangsiz kristall ko‘rinishida b o ‘lib, yog'lar va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Havo kislorodi bilan qizdirganda yaxshi oksidlanadi:0 ‘simlik mahsulotlarida D vitaminining miqdori ko‘p emas. Hayvon mahsulotlaridan jigarning yog‘i 10000—500000 ME (1 g mahsulotda), baliq jigarining yog‘i — 250, tovuq tuxumi— 2—4, cho‘chqa va mol jigari — 0,2—2, sigir suti — 0,01—0,2, sariyog1 — 0,2—0,8.Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, keng tarqalgan oziqalar bilan ovqatlanish organizmning D vitaminiga talabini to ‘la qondira olmaydi. D vitaminining yetishmasligiga, asosan, bolalar organizmi juda sezgir bo'ladi.D vitamini ingichka ichakdan o ‘t kislotalari ishtirokida so'riladi, keyin jigarga tashiladi va u yerda N A D N 2 hamda molekular kislorod ishtirokida ishlovchi mitoxondriyalar tizimi t a ’sirida 25-O ksikalsiferolga aylanadi. 25-O ksikalsiferol buyraklarda gidroksillanadi, natijada gormonal xususiyatga ega bo'lgan 1,25-Degidrokalsiferol hosil bo'ladi. Bu reaksiya paratgormonlar bilan boshqariladi. 1,25 Degidrokalsiferol ichakda C a2+ tashilishini kuchaytiradi. Uning ta ’sirida ichakshilliq qavati hujayralarining tegishli oqsillari kalsiy biriktirgan oqsilga aylanadi, bu birikma ichak mikrovorsinkalarida faoliyat ko‘rsatadi. Yuqoridagi oqsil Ca2+ ga bog'liq ATFaza ichakda C a2+ tashilishida qatnashadi va jarayon N a + ga ham bog'liq.D vitamini suyak to'qimalarida fosforli-kalsiyli tuzlar hosil bo'lishida, uning mustahkamligini oshirishda, organizmning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida va shuningdek, limon kislotasini chiqindiga chiqarishni boshqarishda qatnashadi. Bundan tashqari, D vitamini buqoq va juftbuqoq bezlarining funksional tuzilishiga ta’sir ko'rsatadi. D vitamini yetishmaganda faqat suyak to'qimasi emas, balki butun organizm zarar ko'radi, qon bilan a ’zolarga Ca2+ yetarli bormasligi natijasida ikkilamchi o'zgarishlar yuzaga chiqadi.D vitamini tanqisligida ingichka ichakning shilliq qavatida distrofik o'zgarishlar yuz beradi, bu esa ichakning faoliyatini, ayniqsa, so'rish (aminokislotalar, vitaminlar va boshqalarni) qobiliyatini susaytiradi. Aminokislotalarning hujayra ichidagi miqdori o'zgaradi, bu bilan azot balansi siljiydi, sisproteinemiya yuzaga chiqadi, jigar, buyrak, timus, taloq va boshqa a ’zolarda oqsil sintezi buziladi.D-gipovitaminozda lipidlar almashinuvi buziladi (qonda umumiy xolesterin, erkin yog' kislotalari va fosfotidiletanolaminlarning miqdori jigardagi lipidlar almashinuvi buzilishi natijasida ortadi). D-gipovitaminozda organizmdagi oqsil almashinuvida o'zgarishlar kuzatilgan. Taloqda va timusda oqsil parchalanishi ortishi bilan uning sintezi pasaygan. Shunday hollarda bolalar va kattalarda suyaklarning demineralizatsiyasi yuz beradi, unga kuchli bo'lmagan ta’sirlar suyaklar sinishiga olib keladi. Qon zardobida Ca2+ va P miqdori ortishi hisobiga yumshoq to'qimalarda Ca2+ yig'iladi va buyraklarda tosh hosil bo'ladi. ToKoferollar — E vitamini. E vitamini bir-biridan aromatik yadrosidagi metil guruhlari soni va joylashishi bilan farq qiluvchi tokoferolning hosilalari a, (3 va y-tokoferollardir. a-tokoferol eng yuqori biologik faollikka ega bo'lib, u tabiatda ham ko'p tarqalgandir.Vitamin-hayot degani.Organizmda vitaminlar juda katta ahamiyatga ega.Har bir vitaminning alohida ahamiyati va orni bor.Е vitamini sariq rangli moy ko‘rinishiga ega, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, kislota va ishqorlar qizdirilishining ta’siriga chidamli, lekin oksidlovchilarga ancha chidamsiz. Shu bilan birga havo kislorodi va ultrabinafsha nurlarga ham chidamsiz.Tokoferollar faqat o ‘simliklarning yashil qismida, ayniqsa boshoqlarning maysalarida hosil bo'ladi. Ular o'simlik moylarida ko‘p bo'ladi: kungaboqar moyida o'rtacha 60 mg%, bundan 100% ini a-tokoferol tashkil qiladi, paxta moyida tegishlicha 90 mg% va 65%, soya moyida 120 mg% va 10%. Hayvon mahsulotlarida ham tokoferollar bo'ladi.Odam va hayvonlarda tokoferollar ingichka ichakda oddiy diffuziya yo'li bilan so'riladi. Ovqatda yog'lar bo'lganda va o't kislotalari ishtirokida, iste’mol qilingan tokoferollarning 50% i so'riladi. a-tokoferol yaxshi so'riladi. Tokoferollar a ’zo va to'qimalarga lipoproteidlar tarkibida tashiladi.Hujayra ichidagi E vitamini faqatgina biomembranalar bilan bog'langan holda ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. U membranalarning lipidlari va lipoprotein tabiatli retseptorlarga bog'langan holatda bo'ladi.Evitaminining organizmdagi biokimyoviy roli ko'p qirralidir.Muskullar to'qimasida moddalar almashinuviga katta ta’sir ko'rsatadi. U yurak muskuli va skelet muskullarida sintezlanadigan eng muhim makroergik birikma — kreatinfosfat sintezida, muskuldagi miozinni yuqori darajadа saqlashda, muskullardagi minerallar almashinuvini boshqarishdahomiladorlik vaqtida jinsiy hujayralari ning hosil bo'lishiga ta’sir qiladi va steroid gormonlar sintezini boshqarishda qatnashadi. To'qima nafas olishida tokoferollarning boshqaruv roli juda ahamiyatga ega. E vitamini sitoxrom С ni tiklab, flavinli fermentlarning faolligini oshiradi va koenzim Q va boshqalar sinteziga yordam beradi.E vitaminining yetishmasligi makroergik birikmalar hosil b o ‘lishini oshirmasdan, to ‘qimalarning kislorodga talabini orttirib yuboradi (2—2,5 marta normaga nisbatan).E vitamini A vitaminiga o ‘xshab hujayra membranalarining o ‘tkazuvchanligini va sh uningdek, muskul hujayrasini boshqarishda ishtirok etadi. Naftoxinonlar — К vitamini. Naftoxinonlar suvda erimaydi va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Havo kislorodi bilan oson oksidlanadi. К vitaminiga, asosan, yashil o ‘simliklar, ayniqsa karam (10—30 mkg/g) boy. Hayvonlardan olingan mahsulotlarda esa К vitaminining miqdori kam bo'ladi. Masalan, cho'chqa jigarida 0,4—0,8 mkg/g.К vitaminining funksiyasi qon ivishini boshqarib turadi. К vitaminining yetishmasligi qon ivishi mexanizmidagi muhim rol o'ynaydigan protrombin hosil bo'lishi jarayoni buzilishiga olib keladi. К vitaminining asosiy biologik ahamiyati shundan iboratki, u jigarda qon ivishini ta’minlovchi oqsillar sintezida qatnashadi. Shu jarayonda К vitamini oqsil molekulalaridagi glutamin kislotasi qoldiqlarining a karboksillanish reaksiyalarida, jumladan protrom bindan protrom bin hosil b o ‘lishida koferm ent (protrombin, prokonvertin, IX va X omil) sifatida qatnashadi.К vitamini yetishmasligi qon ivishini sekinlashtiradi, natijada qon ketishi va gemorrogik belgilar rivojlanishiga imkoniyat tug'iladi. К vitaminini yetishmasligi odamlarda juda ham kam hollarda uchraydi, chunki u ovqatlar bilan organizmga tushishdan tashqari ichak mikroflorasi orqali yetarli ko'p m iqdorda sintezlanadi. Ammo yetishmaslik ichakdan vitaminlaming so'rilishi buzilganda ro'y berishi mumkin. Vitaminlar moddalar almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Hozirgi paytda barcha reaksiyalar m e’yoriy ketishi uchun nafaqat vitaminlar, balki fermentlar bilan ular tarkibidagi kofermentlar ham alohida ro‘1 o'ynaydi Vitaminlar — ovqatning almashtirib bo'lmaydigan omillari hisoblanadi.U larning zaxiralari organizm da juda ham k o ‘p emas. Shuning uchun ular ovqatlar bilan organizmga tushishi kerak. Moddalar almashinuvi va sog'lom bo'lish ratsiondagi vitaminlar miqdordagi bog'liq.Avitaminozlar — ovqatda vitaminlaming yo'qligidan yoki biron-bir vitaminning hazm boimasligidan kelib chiqadi.Gipovitaminozlar — ovqat bilan vitaminlaming kam tushishi yoki yomon hazm bo'lishidan kelib chiqadi.Organizmda gipervitaminozlar — ovqatlar bilan vitaminlarning ko'proq tushishidan kelib chiqadi.Bu hodisa juda ham kam bo‘ladi, ammo ayrim vitaminlar A, D, К lar organizmda ko‘proq sintezlanishi mumkin.Organizmda karbonsuvlarga talab ortganda B, ga,oqsillarga talab ortganda, B6 ga, o‘simlik yogiariga talab ortganda vitamin E ga talab ortadi. Oqsilga talab pasayganda ko‘pgina vitaminlarga talab ortadi, chunki ularning fermentlarini faollashtirib beruvchilar vitaminlardir.V itaminlarga talab, ayniqsa yuqori to g‘li hududlarga chiqqanda, iqlim o'zgarganda va har xil haroratli omillar o‘zgarganda, pasayganda ortadi. Ayniqsa, shu sharoitga o‘rganguncha talab ortib boradi.Vitaminlar organizmga har xil ovqat mahsulotlari bilan tushadi. Odam organizmining vitaminlarga boigan ehtiyoji va ularning asosiy ovqat manbalarbor.Vitaminlar hamisha hayot uchun zarur.Organizmda kam miqdorda bolsa ham katta ahamiyatga egadir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1) Sohibov.D Vitaminlar va ularning hayot uchun ahamiyati.1991. 2) To'raqulov.Y.X Bioximya ..T.O'zbekiston 1996. 3) Valixonov.M.N Biokimyo ..T.Universiset 2008. 4) Raxmatov.N.A,Maxmudov.T.M Biokimyo 5) Biologik kimyo va molekulyar biologiya... pdf.; 6) Ленинджер.А Основы биохимйии ..1985, 7) Коничев.А.С Молекулярная биология. .2005..,, Elektron ta’lim resursi. 1.http;//ziyonet.uz/ 2.https;//www.google.uz Download 85.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling