Reja: 1 Foyda solig‘i stavkalari va ularni qollashning o‘ziga xos hususiyatlari Foyda solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi 3
Download 434.02 Kb.
|
67...FOYDA S
Foyda soli g‘i stavkalari.Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi Reja: 1 Foyda solig‘i stavkalari va ularni qollashning o‘ziga xos hususiyatlari 2. Foyda solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi 3. Foyda solig‘ini to‘lash tartibi Soliqlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri, asosan, ularning stavkalari darajasining miqdori bilan belgilanadi. Soliq stavkalari Respublika va mahalliy byudjetlar xarajatlarini mablag bilan ta'minlashda muvozanat darajasini hamda xo‘jalik sub'ektlarining moliyaviy imkoniyatlarini belgilaydi. Soliq stavkalari korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlagan holda, moliya-byudjet munosabatlarining pul muomalasiga ko‘rsatadigan salbiy ta'siriga barham bera olishi ham kerak. Bu esa, Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq islohotining muhim jihatini tashkil etadi. Iqtisodiy adabiyotlarda soliq stavkasi deganda soliq ob'ektining har bir soliq birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me'yori tushuniladi. Soliq stavkasining ahamiyati soliq ob'ektini qancha qismi qanday miqdorda majburiy to‘lov sifatida byudjetga undirishini xarakterlaydigan masalaga javob beradi. Soliq stavkalarini mohiyati shundaki, ular soliq ob'ekti, soliq birligi va soliq normalariga asoslangan holda soliq mexanizmini samarali ishlashini ta'minlaydi. Kanadalik olim Pinto, O. (2016) ta'kidlashicha soliq omillari xalqaro raqobatbardoshlikni baholashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatning soliq tizimi uning raqobatdoshligining asosiy belgisi hisoblanadi. Foyda solig‘i korxonalarning xarajatlariga va pul oqimlariga ta'sir qiladi. Xalqaro raqobatbardoshlikka ta'sir qiluvchi 5 ta soliq omillar quyidagilardir. 1. Foyda solig‘i stavkalari; 2. Boshqa soliqlar va yig‘imlar 3. Investitsiyaga chegirmalar; 4. Soliq tizimining murakkabligi; 5. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar. Soliq stavkasining pasaytirilishi va soliq imtiyozlarining butunlay bekor qilinishi ma'lum darajada samarali soliq tizimini yaratishi mumkin. Biroq u bir qator tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini va tashqi ta'sirlar bilan bog‘liq ijobiy tomonlarini hisobga olmaydi. Slovakiyalik professor László, N. (2017) ta'kidlashicha soliq solish investitsiya va innovatsiya jarayonlariga ta'siri orqali korxonalarning raqobatbardoshligiga bilvosita ta'sir qiladi. Investitsiyalarni qo‘llab quvvatlaydigan soliq tizimini yaratish uchun investitsiya qarorlarini buzadigan foyda solig‘ining ta'sirini kamaytirish lozim. Amerikalik taqiqotchi Knoll, M. (2010) tomonidan yuqori foyda solig‘i stavkalari mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini pasaytirishini aniqlangan. Foyda solig‘i mahalliy korxonalarning xorijiy korxonalarga nisbatan investitsiyalarini cheklasa hamda chet el investitsiyalarini taqiqlasa mamlakatning raqobatbardoshligini pasaytiradi. Keyingi yillarda mamlakatimizda raqobatbardosh ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, erkin raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash va barcha tadbirkorlik sub'ektlari uchun teng imkoniyat yaratishga qaratilgan soliq tizimini joriy qilishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu borada, korxonalar foydasini soliqqa tortish borasida amalga oshirilgan isloxatlarni (Iqtisodiyot va i nnovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2020 yil 201 2/2020 (№ 00046) http://iqtisodiyot.tsue.uz ) aloxidaа qayd etish lozim. Bunda foydadan olinadigan soliq yukini kamaytirish, qo‘shimcha soliq turlarini qisqartirish, foyda solig‘ini hisoblab chiqarishni soddalashtirish va soliq stavkalarini optimallashtirishga e'tibor berildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyulda qabul qilingan PF-5116-sonli Farmoniga asosan 2018 yildan korxonalarning sof foydasidan 8 foiz miqdorida undiriladigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i foyda solig‘i bilan unifikatsiya qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyunda qabul qilingan PF-5468-sonli Farmoni bilan mamlakatimiz soliq siyosatini takomillashtirish kontsepiyasi qabul qilindi. Mazkur kontseptsiyaga muvofiq, 2019 yildan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizga, tijorat banklari uchun – 22 foizdan 20 foizga pasaytirildi, shuningdek, mobilь aloqa xizmati ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib foyda solig‘i hisoblash tartibi, sement (klinker) va polietilen granulalar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun qo‘shimcha foyda solig‘i bekor qilingan holda foyda solig‘i stavkasi 20 foizga oshirildi. Yuqoridagi ma'lumotlari asosida foyda solig‘i stavkalari dinamikasini tahlil qiladigan bo‘lsak, foyda solig‘ining asosiy stavkasi 2015 yilda 7,5 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yilda 14 foizga oshgan. 2019 yilda 12 foizni tashkil etgan holda 2018 yilga nisbatan 2 foizga pasaygan. Shuningdek, banklar uchun foyda solig‘i stavkasi 2015 yilda 15 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yilda 22 foizga oshgan. Foyda solig‘ining asosiy hamda banklar uchun stavkasining 2015 yilda 2018 yilga oshishiga sabab korxonalarning sof foydasidan 8 foiz miqdorida undiriladigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining foyda solig‘i bilan unifikatsiya qilinishi ( “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2020 yil 202 2/2020 (№ 00046) http://iqtisodiyot.tsue.uz) hisoblanadi. Ushbu davrda foyda solig‘i stavkasi oshgan bo‘lsada, korxona foydasidan olinadigan soliq miqdori kamaygan. Auksionlar o‘tkazishdan va ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar uchun foyda solig‘i stavkasi 2015-2021 yillarda 23 foizga ya'ni 3,0 barobarga kamaydi. Foyda solig‘i stavkasining kamayishini mazkur korxonalar uchun 2019 yildan asosiy stavkaning joriy qilinishi bilan izohlashimiz mumkin. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun foyda solig‘i stavkasi 2015 yilda 7,5 foizni tashkil etgan. Natijada foyda solig‘i stavkasi uyali aloqa kompaniyalari (rentabillik daraja 30%) uchun 21,6 foizga oshdi. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining foyda solig‘i bilan unifikatsiya qilinishi natijasida 2018 yilda foyda solig‘i stavkasi 26 foizga oshdi. Ushbu soliq to‘lovchilar uchun 2019 yildan rentabellik darajasidan kelib chiqib foyda solig‘i hisoblash tartibi bekor qilindi va soliq stavkasi 20 foizga pasaytirildi. Sement (klinker) va polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilarga 2015-2018 yillarda foyda solig‘ining asosiy stavkasi bo‘yicha soliq solingan. Shuningdek, ushbu davrda qo‘shimcha foyda solig‘i undirilgan. Mazkur soliq to‘lovchilar uchun 2019 yildan qo‘shimcha foyda solig‘i bekor qilindi va foyda solig‘i stavkasi 14 foizdan 20 foizga oshirildi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, 2015-2021 yillarda foyda solig‘i stavkalari optimallashtirildi va foydadan olinadigan soliq turlari qisqartirildi. Shuningdek, foydadan olinadigan soliq miqdori kamaytirildi.. Oxirgi uch yilda Foyda soliqdan tushumlar sezilarli darajada o‘sib bormoqda. O‘sish dinamikasi - 234,5%, barcha soliqlar bo‘yicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, jami soliq tushumlarida soliqning salmog‘i ham sezilarli darajada oshib bormoqda - 2019 yildagi 14,6 dan 2021 yilda 23,3 gacha. Soliq tushumlari dinamikasiga quyidagi omillar ta'sir ko‘rsatgan va ta'sir ko‘rsatmoqda: - soliq stavkasining 14%dan 15%gacha oshirilishi; - 2021 yilda foyda solig‘ining umumiy tushumida - 25,7 trln so‘m (yoki 67%i) oltin va mis qazib oluvchi korxonalar – “NKMK” AJ va “OKMK” AJ hissasiga to‘g‘ri keladi. Oltin va misga jahon narxlarining o‘sishi tufayli фойда солиғининг асосий ўсишини айнан шу корхоналар таъминламоқда. Бошқа солиқ тўловчилар улуши 12,6 трлн сўмни ташкил этади (2020 йилга нисбатан ўсиш жами 36,7%); Quyidagi jadval ma'lumotlarida 2022 yilda yuridik shaxslarning foydasiga soliq stavkalari keltirilgan. Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Download 434.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling