Reja: 1 Foyda solig‘i stavkalari va ularni qollashning o‘ziga xos hususiyatlari Foyda solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi 3


Soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim etiladi


Download 434.02 Kb.
bet3/32
Sana03.02.2023
Hajmi434.02 Kb.
#1149402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
67...FOYDA S

Soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
Budjet tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan soliq bo‘yicha soliq hisoboti soliq davri yakunlariga ko‘ra taqdim etiladi, bundan matlubot kooperativlari mustasno. Bunda o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha jami daromad mavjud bo‘lmagan taqdirda soliq hisobotini taqdim etish talab qilinmaydi.
Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 28 yanvardagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Foyda solig‘i hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma iщdab chikilgan va Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 24 fevralь kuni 3221-son bilan ro‘yxatga olingan)
Foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq ushbu soliqni to‘lovchisi bo‘lgan shaxslar tomonidan to‘ldiriladi. Foyda solig‘i Soliq kodeksining 294-363-moddalari bilan tartibga solinadi. Hisobot shaklini to‘ldirish va yuborish my.soliq.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Foyda solig‘i hisob-kitobi(paket kodi 10205_28);

  2. Soliq agentlari tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobi (paket kodi 10202_4);

  3. Norezidentlarning daromadidan soliq agenti tomonidan to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi (paket kodi 10307_3);

  4. Daromad summasi va ushlab qolingan soliqning jami summasi to‘g‘risida ma'lumotnoma;

5) Yuridik shaxs - O‘zbekiston Respublikasi norezidentining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlari bo‘yicha foyda solig‘i hisob-kitobi;
6) Norezidentning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadidan soliq agenti tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolingan foyda solig‘ini qaytarish to‘g‘risida ariza. Soliq to‘lovchilar soliq hisobotini topshirishda davlat soliq xizmati organlariga faqatgina ma'lumotlar mavjud bo‘lgan Hisob-kitoblarning ilovalarini taqdim etishadi.
Foyda solig‘i hisobot shakli 9 ta ilovadan iborat:
1-ilova. Jami daromadlar;
2-ilova. Xarajatlar;
3-ilova. Imtiyozlar;
4-ilova. Investitsiyaviy chegirma hisob-kitobi;
5-ilova. Nolь stavka qo‘llaniladigan soliq to‘lovchilar foydasi;
6-ilova. Joriy soliq davridagi soliq solinadigan foydani kamaytiradigan o‘tgan yillar zarari summasining hisob-kitobi;
7-ilova. Operatsiyalarning ayrim turlari bo‘yicha zararlarni o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari;
8-ilova. Hisobga olinadigan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan foyda solig‘i summasi;
9-ilova. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olinishi lozim bo‘lgan (olingan) dividendlar tarzidagi daromadlardan foyda solig‘ining ma'lumotnoma hisob-kitobi.
Hisob-kitob shaklini to‘ldirish tartibi : Foyda solig‘i bo‘yicha soliq kodi 32, yil, davr va hisobot turi tanlanadi. Elektron hisobot shaklining satrlari 2 xil rangda aks ettirilgan bo‘lib, ko‘k rangdagi satrlar soliq to‘lovchi tomonidan to‘ldiriladi, sariq rangdagi satr esa avtomatik ravishda shakllanadi. Hisob-kitob ushbu soliqni to‘lovchilari tomonidan har chorakda, yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda co‘mda to‘ldiriladi. Hisob-kitobning “Xodimlarning umumiy o‘rtacha yillik soni” katakchasida yuridik shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga), shu jumladan o‘rindoshlik, pudrat shartnomalari va boshqa fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslar soni ko‘rsatiladi. Hisob-kitobning “shundan, nogironligi bo‘lgan shaxslar” katakchasida nogironligi bo‘lgan shaxslar soni ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 294 va 461-moddasiga muvofiq soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshgan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar belgilangan chegaraviy miqdor oshib ketgan oydan keyingi oyning boshidan boshlab foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishi shart. Mazkur soliq to‘lovchilar Hisob-kitobning “Foyda solig‘ini oyidan boshlab to‘laydi* ”satrida belgilangan chegaraviy miqdor oshib ketgan oydan keyingi oyning boshini aks ettiradi (Masalan, korxonaning yalpi tushumi aprelь oyida 1 mlrd.so‘mdan oshib ketgan taqdirda, 1 maydan boshlab foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishi va ushbu katakchada may oyini yozib qo‘yadi). Hisobot shakllarini to‘ldirishda shakllarning pastki qismida qayd etilgan izohlarga e'tibor bergan holda ma'lumotlarni qayd etish lozim. Hisob-kitob satrlarini to‘ldirishda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) 010-satrda – Soliqqa tortiladigan jami daromadlar aks ettiriladi. Ushbu satr ko‘rsatkichi Hisob-kitobning 1-ilovasi 010-satridan ushbu ilovaning 110 va 3 121 - satrlari ayrilganiga teng bo‘lishi kerak (Elektron soliq hisoboti shakllarida ushbu satr ko‘rsatkichi Hisob-kitobning 1-ilovasi to‘ldirilgandan so‘ng avtomatik ravishda shakllanadi);
2) 011-satrda - notijorat tashkilotlarning soliq solinmaydigan daromadlari solinmaydigan daromadlari ko‘rsatiladi);
3) 020-satrda - Chegiriladigan xarajatlar. Ushbu satr qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi: (Hisob-kitobning 2-ilovasi 010-satri 3 va 4 ustunlar ayirmasi) + (Hisobkitobning 4-ilovasi 060-satri) );
4) 030-satri - soliq solinadigan foyda. Ushbu satr qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi: (010-satr - 011-satr - 020-satr) );
5) 040-satri – imtiyozlar. Ushbu satrda hisob-kitobning 3-ilovasi 3-ustun 030- satridagi summasi keltiriladi);
6) 050-satri – nolь stavka qo‘llaniladigan soliq to‘lovchilar foydasi. Ushbu satrda hisob-kitobning 5-ilovasi 030-satridagi summasi keltiriladi);
7) 060-satrida – Soliq bazasi. Ushbu satr qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi); (030-satr - 040-satr- 050-satr)
8) 070-satrida - Soliq kodeksining 337-moddasida belgilangan stavka ko‘rsatiladi. 2020 yil uchun banklar 20 foiz, sement (klinker), polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchilar, asosiy faoliyat turi mobilь aloqa xizmatlari ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan yuridik shaxslar, bozor va savdo komplekslarida xizmat ko‘rsatishdan olingan foyda 20 foiz, boshqa korxonalar 15 foiz ko‘rsatadilar. Nolь stavkani qo‘llaydigan soliq to‘lovchilar 5-ilovani tegishli satrlarini to‘ldirgan holda mazkur satrga 15 foiz ko‘rsatadi); Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086- sonli qarorining 4-bandiga asosan Foyda solig‘ini imtiyozlar amal qilish muddati tugagunga qadar ikki baravar pasaytirilgan stavkada to‘lash tartibini qo‘llayotgan yuridik shaxslar 3-ilovaning 051-052-satrlarida soliq bazasining 50 foizini ko‘rsatadi);
9) 071-satrida - Nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun tuzatilgan soliq stavkasi. Ushbu satr qiymati “Nogironligi bo‘lgan shaxslar” katakchasida nogironligi bo‘lgan shaxslar soni ko‘rsatilishi natijasida avtomatik aniqlanadi (SK 337-modda) );
10) 080-satrida - Foyda solig‘i summasi aniqlanadi);
11) 090-satrida - Doimiy muassasa sifatida hisobga qo‘yilguniga qadar to‘lov manbaida ushlab qolingan foyda solig‘i summasi ko‘rsatiladi. Hisobga olish soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi (SK 350-modda) );
12) 100-satrida - Ushbu hisobot choragida hisoblangan bo‘nak to‘lovlari. Ushbu satrda jami daromadi
joriy va o‘tgan soliq davrida besh milliard so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilarga tegishli hisobot choragida hisoblangan bo‘nak to‘lovlari ko‘rsatiladi; 4
13) 101-satrida - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5813-son Farmoniga asosan kamaytiriladigan foyda solig‘i summasi ko‘rsatiladi;
14) 110-satrida - Foyda solig‘ining byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan jami summasi. Barcha ilovalari to‘ldirilganidan so‘ng ushbu satr qiymati shakllanadi va ushbu summa soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasiga kiritiladi;
15) 111-satrida - alohida bo‘linmalar joylashgan joyi bo‘yicha hisoblangan foyda solig‘i summasi ko‘rsatiladi. Ushbu satrni Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi qarori bilan belgilangan ro‘yxatdagi yuridik shaxslar tomonidan to‘ldiriladi.

Download 434.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling