Reja: 1 Foyda solig‘i stavkalari va ularni qollashning o‘ziga xos hususiyatlari Foyda solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi 3
Download 434.02 Kb.
|
67...FOYDA S
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Dividendlar tarzidagi daromadlarga 2022 yil uchun foyda solig‘i stavkasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
- 7. Hisoblab chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lash muddatlari to‘g‘ri korsatilgan javobni belgilang
3.Faoliyatining asosiy turi mobilь aloqa xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan korxonalarga 2022 yil uchun foyda solig‘i stavkasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
А 20% B 16% S 17% D 21% 4. Tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi elektron tijorat sub'ektlarining milliy reyestriga kiritilgan soliq to‘lovchilarga 2022 yil uchun foyda solig‘i stavkasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. А 7,5% B 25% S 17% D 21% 5. Dividendlar tarzidagi daromadlarga 2022 yil uchun foyda solig‘i stavkasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. А 5% B 15% S 17% D 22% 6.Soliq to‘lovchilarning jami daromadi qancha miqdorni tashkil qilsa bo‘nak to‘lovlarini tolash amalga oshiriladi А. Besh milliard so‘mdan ortiq B. Uch milliard so‘mdan ortiq S. Yetti milliard so‘mdan ortiq D. Bir milliardgacha 7. Hisoblab chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lash muddatlari to‘g‘ri korsatilgan javobni belgilang А hisobot davri har bir oyining 23 kunidan kechiktirmay B har oyning 20 sanasidan kechiktirmay S hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasigacha D har chorakdan keyingi oyning 20 sanasigacha 8. Hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq hisoboti qanday muddatlarda taqdim etiladi А Hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay; B Soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1-fevraligacha. S Hisobot choragidan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay D Soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1-yanvarigacha 9. Soliq davri yakunlari bo‘yicha soliq hisoboti qanday muddatlarda taqdim etiladi А Soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay. B Soliq davrining 31-dekabriga. S Hisobot choragidan keyingi oyning 15kunidan kechiktirmay D Soliq davri dan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay Kanadalik olim Pinto, O. (2016) ta'kidlashicha soliq omillari xalqaro raqobatbardoshlikni baholashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatning soliq tizimi uning raqobatdoshligining asosiy belgisi hisoblanadi. Foyda solig‘i korxonalarning xarajatlariga va pul oqimlariga ta'sir qiladi. Shuningdek, muallif tomonidan xalqaro raqobatbardoshlikka ta'sir qiluvchi 5 ta soliq omillarini qayd etadi. \ Bular quyidagilar: 1. Foyda solig‘i stavkalari; 2. Boshqa soliqlar va yig‘imlar 3. Investitsiyaga chegirmalar; 4. Soliq tizimining murakkabligi; 5. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar. Qatarlik iqtisodchi olim Abdellatif, M. (2005) xulosasiga soliq raqobatbardoshligi butun mamlakat raqobatbardoshligining muhim qismidir. Soliq raqobatbardoshligi rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq siyosatidagi so‘nggi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Coliq stavkasining pasaytirilishi va soliq imtiyozlarining butunlay bekor qilinishi ma'lum darajada samarali soliq tizimini yaratishi mumkin. Biroq, u bir qator tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini va tashqi ta'sirlar bilan bog‘liq ijobiy tomonlarini hisobga olmaydi. Slovakiyalik professor László, N. (2017) ta'kidlashicha soliq solish investitsiya va innovatsiya jarayonlariga ta'siri orqali korxonalarning raqobatbardoshligiga bilvosita ta'sir qiladi. Investitsiyalarni qo‘llabquvvatlaydigan soliq tizimini yaratish uchun investitsiya qarorlarini buzadigan foyda solig‘ining ta'sirini kamaytirish lozim. Amerikalik taqiqotchi Knoll, M. (2010) tomonidan yuqori foyda solig‘i stavkalari mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini pasaytirishini aniqlangan. Foyda solig‘i mahalliy korxonalarning xorijiy korxonalarga nisbatan investitsiyalarini cheklasa hamda chet el investitsiyalarini taqiqlasa mamlakatning raqobatbardoshligini pasaytiradi. Tadqiqot metodologiyasi Tadqiqotni amalga oshirishda ilmiy mushohada, st Keyingi yillarda mamlakatimizda raqobatbardosh ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, erkin raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash va barcha tadbirkorlik sub'ektlari uchun teng imkoniyat yaratishga qaratilgan soliq tizimini joriy qilishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu borada, korxonalar foydasini soliqqa tortish borasida amalga oshirilgan ислоҳотларни “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2020 yil 201 2/2020 (№ 00046) http://iqtisodiyot.tsue.uz alohida qayd etish lozim. Bunda foydadan olinadigan soliq yukini kamaytirish, qo‘shimcha soliq turlarini qisqartirish, foyda solig‘ini hisoblab chiqarishni soddalashtirish va soliq stavkalarini optimallashtirishga e'tibor berildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyulda qabul qilingan PF-5116-sonli Farmoniga asosan 2018 yildan korxonalarning sof foydasidan 8 foiz miqdorida undiriladigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i foyda solig‘i bilan unifikatsiya qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyunda qabul qilingan PF-5468-sonli Farmoni bilan mamlakatimiz soliq siyosatini takomillashtirish kontsepiyasi qabul qilindi. Mazkur kontseptsiyaga muvofiq, 2019 yildan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizga, tijorat banklari uchun – 22 foizdan 20 foizga pasaytirildi, shuningdek, mobilь aloqa xizmati ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib foyda solig‘i hisoblash tartibi, sement (klinker) va polietilen granulalar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun qo‘shimcha foyda solig‘i bekor qilingan holda foyda solig‘i stavkasi 20 foizga oshirildi. 1-rasm. 2015-2019 yillarda foyda solig‘i stavkalarining dinamikasi. Manba: Muallif tomonidan tayyorlandi. Yuqoridagi rasm ma'lumotlari asosida foyda solig‘i stavkalari dinamikasini tahlil qiladigan bo‘lsak, foyda solig‘ining asosiy stavkasi 2015 yilda 7,5 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yilda 14 foizga oshgan. 2019 yilda 12 foizni tashkil etgan holda 2018 yilga nisbatan 2 foizga pasaygan. Shuningdek, banklar uchun foyda solig‘i stavkasi 2015 yilda 15 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yilda 22 foizga oshgan. Foyda solig‘ining asosiy hamda banklar uchun stavkasining 2015 yilda 2018 yilga oshishiga sabab korxonalarning sof foydasidan 8 foiz miqdorida undiriladigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining foyda solig‘i bilan unifikatsiya qilinishi “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2020 yil 202 2/2020 (№ 00046) http://iqtisodiyot.tsue.uz hisoblanadi. Ushbu davrda foyda solig‘i stavkasi oshgan bo‘lsada, korxona foydasidan olinadigan soliq miqdori kamaygan. Auktsionlar o‘tkazishdan va ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar uchun foyda solig‘i stavkasi 2015-2019 yillarda 23 foizga ya'ni 3,0 barobarga kamaydi. Foyda solig‘i stavkasining kamayishini mazkur korxonalar uchun 2018 yildan asosiy stavkaning joriy qilinishi bilan izohlashimiz mumkin. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun foyda solig‘i stavkasi 2015 yilda 7,5 foizni tashkil etgan. 2016 yildan boshlab mazkur korxonalar uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib foyda solig‘i hisoblanishi belgilandi. Natijada foyda solig‘i stavkasi uyali aloqa kompaniyalari (rentabillik daraja 30%) uchun 21,6 foizga oshdi. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining foyda solig‘i bilan unifikatsiya qilinishi natijasida 2018 yilda foyda solig‘i stavkasi 26 foizga oshdi. Ushbu soliq to‘lovchilar uchun 2019 yildan rentabellik darajasidan kelib chiqib foyda solig‘i hisoblash tartibi bekor qilindi va soliq stavkasi 20 foizga pasaytirildi. Sement (klinker) va polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilarga 2015-2018 yillarda foyda solig‘ining asosiy stavkasi bo‘yicha soliq solingan. Shuningdek, ushbu davrda qo‘shimcha foyda solig‘i undirilgan. Mazkur soliq to‘lovchilar uchun 2019 yildan qo‘shimcha foyda solig‘i bekor qilindi va foyda solig‘i stavkasi 14 foizdan 20 foizga oshirildi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, 2015-2019 yillarda foyda solig‘i stavkalari optimallashtirildi va foydadan olinadigan soliq turlari qisqartirildi. Shuningdek, foydadan olinadigan soliq miqdori kamaytirildi. Foyda solig‘ining to‘lovchilari mamlakatimizning soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki davlatimizdagi manbalardan daromad oluvchi norezidentlar hisoblanadi. Фойда солиғи тўловчилар сонининг ўзгаришини қуйидаги расмда кўришимиз мумкин. 12 391 9 171 8 197 7 575 48 838 0 10 000 20 000 30 000 40 000 50 000 60 000 2015 й 2016 й 2017 й 2018 й 2019 й 2-расм. 2015-2019 йилларда фойда солиғи тўловчилар сонининг динамикаси Манба: Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги маълумотлари асосида тайёрланди. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2020 yil 203 2/2020 (№ 00046) http://iqtisodiyot.tsue.uz 2-расм маълумотларидан кўриниб турибдики, фойда солиғи тўловчилар сони 2015-2018 йилларда камайиш тенденциясига эга бўлган. Жумладан, 2018 йилда 7 525 тани ташкил этиб, 2015 йилга нисбатан 4 866 тага камайган. Фойда солиғи тўловчилар сони 2019 йилда кескин ўсган яъни 48 838 тани ташкил этган ҳолда 2018 йилга нисбатан 6,5 баробарга, 2015 йилга нисбатан эса 4,0 баробарга ошган. Фойда солиғи тўловчилар сонининг кескин ошишининг асосий омили солиқ сиёсати концепцияси доирасида йиллик обороти (тушуми) 1 миллиард сўмдан ошган корхоналарнинг умумбелгиланган солиқларни тўлашга ўтказилганлиги ҳисобланади. Кейинги йилларда фойда солиғи ставкаларининг оптималлаштирилганлиги, фойдадан олинадиган солиқларнинг қисқартирилганлиги, фойдага солиқ солиш соддалаштирилганлиги ҳамда умумбелгиланган ва соддалаштирилган тартибда солиққа тортиш такомиллаштирилганлиги натижасида фойда солиғи тушуми 2019 йилда 16 360,5 млрд.сўмга етди. 3-расм. 2015-2019 йилларда фойда солиғи тушумининг динамикаси Манба: Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги маълумотлари асосида тайёрланди. 3-расм маълумотларидан кўриниб турибдики, 2015-2019 йилларда фойда солиғи тушуми ўсиш тенденциясига эга бўлган. Жумаладан, 2019 йилда 16 360,6 млрд.сўмни ташкил этган ҳолда 2018 йилга нисбатан 5,0 баробарга, 2015 йилга нисбатан 14,0 баробарга ошган. Ўз навбатида, ушбу даврда фойда тушуми олдинги даврга нисбатан 2015 йилда 105,4 фоизга, 2016 йилда 102,9 фоизга, 2017 йилда 121,4 фоизга, 2018 йилда 222,5 фоизга, 2019 йилда 498,4 фоизга ўсган. Фойда солиғи тушуми ортиши натижасида ЯИМдаги улуши, Давлат бюджетидаги ва бевосита солиқлар таркибидаги улуши ҳам ортган. Жумладан, фойда солиғининг ЯИМдаги улуши 2019 йилда 3,2 фоизни ташкил этиб, 2,6 фоизга ошган. Давлат бюджетидаги улуши 2015 йилда 3,2 фоизни ташкил этган бўлса, 2019 йилда бу “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2020 yil 204 2/2020 (№ 00046) http://iqtisodiyot.tsue.uz кўрсаткич 14 фоизга ошган. Фойда солиғининг бевосита солиқлар таркибидаги улуши эса 2019 йилда 51,7 фоизни ташкил этган ҳолда 2015 йилга нисбатан 38,3 фоизга ёки 3,8 баробарга ошган (4-расм). Бундан кўриниб турибдики, фойда солиғи кейинги йилларда амалга оширилган ислоҳотлар натижасида бюджет даромадларини шакллантирадиган асосий солиқ туридан бирига айланди. 4-расм. 2015-2019 йилларда фойда солиғининг ЯИМдаги, Давлат бюджетидаги ва бевосита солиқлар таркибидаги улуши динамикаси Манба: Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги маълумотлари асосида тайёрланди. Мамлакатимизда 2020 йилнинг 1 январидан бошлаб амалга киритилган янги таҳрирдаги Солиқ кодекси билан фойда солиғи бўйича бир қатор ўзгартиришлар киритилди. Жумладан, бозорлар, қишлоқ хўжалиги товар ишлаб чиқарувчи корхоналар ва хусусий амалиёт билан шуғулланувчи нотариуслар учун фойда солиғи жорий қилинди. Зарарларни тақсимлаб кўчириш муддати 5 йилдан 10 йилга узайтирилди, чегаравий миқдори эса солиқ солинадиган базанинг 50 фоиздан 60 фоизгача оширилди. Шунингдек, солиқ солинадиган фойдани камайтириш тарзидаги имтиёзлар бекор қилинди. Фойда солиғи ставкалари Солиқ кодексининг 337-моддаси билан белгиланди. Қишлоқ хўжалиги товар ишлаб чиқарувчилари ва балиқ хўжалиги корхоналари, ижтимоий соҳада фаолиятни амалга оширувчи солиқ тўловчилар ва қўшимча манбалардан даромадлар олувчи бюджет ташкилотлари учун фойда солиғи ставкаси 0 фоиз миқдорида белгиланди. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2020 yil 205 2/2020 (№ 00046) http://iqtisodiyot.tsue.uz 5-расм. 2020 йил учун фойда солиғи ставкалари, % да Манба: Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодексининг 337-моддаси асосида муаллиф томонидан тайёрланди. 5-расм маълумотларидан кўриниб турибдики, банклар, цемент (клинкер) ва полиэтилен гранулалар ишлаб чиқаришни амалга оширувчи юридик шахслар, мобиль алоқа хизматларини кўрсатувчи юридик шахслар учун 2020 йилда фойда солиғи 20 фоиз миқдорида сақланиб қолинди. Шунингдек, 2020 йилдан фойда солиғининг бозорлар ва савдо комплекслари учун 20 % фоизли, электрон тижорат корхоналари учун 7,5 % фоизли ставкаси жорий қилинди. Бундан ташқари, фойда солиғининг асосий ставкаси 2020 йил учун 15 % ни ташкил этиб, ўтган йилга нисбатан 3 фоизга ошрилди. Хулоса ва таклифлар Хулоса қилиб айтадиган бўлсак, кейинги йилларда фойда солиғи ставкаси фойдадан олинадиган бошқа солиқ турларининг бекор қилиниши сабабли ошган. Бироқ фойдадан олинадиган солиқ юки камайган. Фойда солиғи тўловчилар сони 4,0 баробарга, фойда солиғи тушуми эса 13,8 баробарга ошган. Шунингдек, фойда солиғининг ЯИМдаги улуши 2,6 фоизга ўсган. Бундан кўриниб турибдики, фойда солиғи бўйича ижобий натижаларга эришилган. Ижобий натижаларга эришишда кейинги икки йилда фойда солиғи ставкаларининг оптималлаштирилиши, корхоналар фойдасидан олинадиган солиқларнинг қисқартирилиши, барча солиқ тўловчилар учун бир хил солиқ солишга қаратилган ислоҳотларни алоҳида қайд этиш лозим. Фойда солиғи бўйича амалга оширилган ўзгаришлар иқтисодиётнинг янада ривожланиши ва унинг рақобатбардошлиги ошишининг асосий омили бўлди. Қолаверса, фойда солиғи тушумининг ортиши давлат бюджети даромадларининг барқарорлигини таъминлади. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2020 yil 206 2/2020 (№ 00046) http://iqtisodiyot.tsue.uz Фикримизча, фойда солиғи бўйича 2020 йил учун белгиланган ставкалар фойда солиғи тушумининг янада ортиши ва тадбиркорлик фаолиятининг ривожланишига хизмат қилади. Давлатимиз иқтисодиётининг рақобатбардошлигини янада ошириш мақсадида корхоналар фойдасини солиққа тортиш тартибини такомиллаштириш юзасидан қуйидагилар таклиф этилади: - барча тадбиркорлик субъектлари учун фойда солиғи жорий қилиниши; - фойда солиғи ставкаларини янада оптималлаштирилиши яъни банклар ҳамда цемент (клинкер) ва полиэтилен гранулалар ишлаб чиқаришни амалга оширувчи юридик шахслар учун фойда солиғи ставкаси 20 фоиздан 15 фоизга пасайтирилиши; - экспорт қилувчи корхоналарни қўллаб-қувватлаш ва рақобатбардош экспорт маҳсулотлари ишлаб чиқаришнинг кўпайтирилишини рағбатлантириш учун фойда солиғи бўйича берилган имтиёзларни янада кенгайтирилиши мақсадга мувофиқ.
Download 434.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling