berganini tasdiqladi. Shundan so‘ng, 90-yillarning oxirida olimlar Brukxeven (AQSH)dagi
elementar zarrachalar tezlatgichida elektronlardan ozod qilingan oltin atomini yorug‘lik
tezligining 99,9 qismiga qadar o‘zaro qarama-qarshi yo‘nalishda tezlatib, to‘qnashtirish
orqali sun’iy «katta portlash»ni vujudga keltirmoqchi bo‘lishdi. Bunda “katta
portlash”dan keyingi jarayonning dastlabki daqiqalaridagi holatini kuzatish maqsad
qilingan edi. Bu ikki bosqichda — “Feniks” deb ataluvchi birinchi loyiha Kolumbiya
universitetining professori Nagamiya rahbarligidagi 355 mutaxassisdan iborat jamoa
tomonidan, “Star” nomli ikkinchi loyiha esa Berkli Lourens laboratoriyasidan Jon Xarris
boshchiligidagi 350 nafar fizik tomonidan olib borilishi ko‘zlangandi. Biroq ko‘pchilik
mutaxassislar bunday sinov jiddiy xavf ostida amalga oshirilishini e’tirof etishdi. Shunga
qaramay, olimlar qayta o‘tkazilgan hisob-kitoblar natijasida reaktsiya jarayonida jiddiy
xavf kutilmasligini ta’kidlab, sinovni o‘tkazishga qaror qildilar. Biroq o‘shanda kollayder
quvvatining pastligi tufayli kutilgan natijani olishning imkoni bo‘lmadi. Bizning asrimizda
ayni shu masalani hal qilish uchun 2002 yilning 11 avgust kuni Shveysariya va Fransiya
chegarasida qurilgan dunyodagi elementar zarrachalarning eng yirik tezlatgichi — katta
adron kollayderi (KAK) ishga tushirildi. Salkam 10 milliard dollarga tushgan va juda
katta quvvatga ega bo‘lgan bu kollayder dunyoda eng yirik yadro fizikasi laboratoriyasi —
CERN (Consell Europeen pour la Recherche Nucleare)da qurildi. U o‘rtacha 100 metr
chuqurlikda, uzunligi 27 kilometr bo‘lgan xalqa ko‘rinishidagi tezlatgich bo‘lib, unda
qarama-qarshi yo‘nalishda 7 tev (terra elektron volt, ya’ni trillion elektron volt)
energiyagacha tezlatilgan proton dastalari to‘qnashtiriladi. Ana shunday to‘qnashish
Do'stlaringiz bilan baham: |