Reja: 1 Marketing strategik rejasini shakllantirishning dastlabki


Download 0.53 Mb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1561192
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Biznes-rejani ishlab chiqishda marketing strategiyasi


Biznes-rejani ishlab chiqishda marketing strategiyasi


Reja:


1 Marketing strategik rejasini shakllantirishning dastlabki shart-sharoitlari va texnologiyasi
2 Marketing strategiyalari va korporativ maqsadlarga erishishda ularmng roli
3. Bozor kartasini tuzish ya strategik rivojlanish yo’Iini tanlash
4. Marketingni taktik rejalashtirishning asosiy bosqichlari
5. Marketing xarajatlari va ularni budjet cheklanishlarini hisobga olib tartibga solish

1 Marketing strategik rejasini shakllantirishning dastlabki shart-sharoitlari va texnologiyasi
Marketologlar tomonidan foydalaniladigan «strategiya» atamasi har xil mazmunga ega bo'lishi mumkin. Strategiya marketingga tegishli faoliyatning bir qismi bo’lib, marketingni rejalashtirish va uni amalga oshirish, firmaning tovar ishlab chiqarish faoliyatining bosh maqsadlari, yo'nalishlarini belgilash, tovar va narx siyosatini ishlab chiqish, raqobat kurashini olib borish, ichki va tashqi bozorlarga kirish, ularda o'zining ulushiga ega bo'lishi, reklama ishlarini olib borishi, xullas firmani muvaffaqqiyatli faoliyat olib boradigan ishlarni amalga oshirishni bajaradi. Strategiya firmaning rahbariyati tomonidan bajariladigan marketing faoliyatini tashkil qilish, boshqarish, resurslardan samarali foydalanib foydani ko'paytirishga oid ishlarni o'z ichiga oladi.

Bugungi kunda «strategiya» marketing kompleksining har xil elementlari bilan birga tasawurga ega bo'ladigan atama. Masalan, marketologlar ko'pincha mahsulot strategiyasi, tovarlarni taqsimlash strategiyasi, reklama qilish va tovarlarni sotish strategiyasi, bahoni belgilash strategiyasi, tovarlarni taqsimlash strategiyasi degan so'zlarni ishlatadilar. Amalda strategiya deb ataluvchi so'z, bir tomondan bozomi rivojlantirishga qaratilgan ishlarni ko'zda tutsa, ikkinchi tomondan bozorni maqsadli tanlashga qaratilgan marketing qarorlarining keng spektrlarini anglatadi.
Marketingni boshqarishda strategik va taktik qarorlar mavjuddir. Dj.Steyner va Dj.Miner(l6) strategik qarorlarning taktik qarorlardan farqlantiradigan quyidagi belgilarini keltiradilar :
Muhimligi

Tashkilot va firma uchun strategik qarorlar taktik qarorlarga nisbatan muhimroq hisoblanadi. P. Drukeming fikricha «to’g’ri buyumlarni ishlab chiqarish, buyumlarni to’g’ri qilishdan ko’ra muhimroqdir>>. Agar firma o'z harakatlarini tovar bozorlarini egallashga yo'naltirsa, bu, agar u xulosalarda xato qilsa ham, to’g’riroq bo'ladi. Ammo favqulodda yaxshi marketing taktikasi (reklama kompaniyasi, sotuv uchun kurash va hokazolar) P. Druker ta’biri bo'yicha muvaffaqiyatsiz tovar-bozor maqsad-larining o'rnini bosolmaydi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling