Reja: 1 Marketing strategik rejasini shakllantirishning dastlabki
Marketing strategiyalari va korporativ maqsadlarga
Download 0.53 Mb.
|
Biznes-rejani ishlab chiqishda marketing strategiyasi
2 Marketing strategiyalari va korporativ maqsadlarga erishishda ularmng roli
Strategiya kompaniya masalalarini tuzuvchi, ulami tashqi va ichki kuchlami hisobga olib tartibga keltiruvchi, keltirilgan masalalarni yechish uchun kompaniya rejalarining aniq variantlarini shakllantirish va nihoyat kompaniyaning asosiy maqsadlari va masalalariga erishishni ta’minlovchi omildir. Bu natijalar rejalarni amalga oshirishda namoyon bo’ladi. Marketing strategiyasi firmaning raqobat vaziyatini egallash va uni ushlab turishdagi ahamiyatini biznesning tez o’zgaruvchanligi hamda ko'p qirrasi, murakkabligini hisobga olib resurslardan samarali foydalanish yo’lini ko’rsatuvchi bozor talabini qondiruvchi uch guruhini korporativ darajada ko'rsatish mumkin. Korporativ strategiyalarning quyidagi turlari mavjud: Portfel strategiyalari korxonaning har xil sohadagi faoliyatini samarali boshqarish masalalarini yechishga qaratilgan; o'sish strategiyasi korxona qaysi tomonga qarab rivojlanishi, bozor talablariga yaxshiroq moslashishi va buning uchun o'z resurslari yetarlimi yoki qo'shimcha resurslarga muhtojlik kabi masalalarni yechishga qaratilgan; raqobatlashuvchi strategiyalar potensial iste’mol-chilarni ko'plab jalb etish va raqobatchilarga nisbatan qanday siyosat olib borish nuqtayi nazaridan korxonaga raqobat-bardoshlik ustuvorligini aniqlashga qaratilgan. Marketing strategiyalari xos xususiyatli funksiyalar bo'yicha ham bir necha turga bo'linadi: segmentlashtirish, tovarlarning bozorlardagi o'rnini belgilash va marketing ta’siriga ko'ra. Natijada marketingning funksional strategiyalari shakllanadi. Ular marketing strategiyalarining asosiylari bo'lib, korxonaga maqsadli bozorlarni tanlash va ular uchun maxsus marketing harakatlarining kompleksini ishlab chiqadi. Funksional darajada marketing strategiyalarining uchta yo'nalishini ko'rsatish mumkin: Bozorni segmentlarga bo'lish strategiyasi (bozor uchastkalarini har xil segmentlashtirilgan belgilari bo'yicha tanlash imkonini beradi); tovarlami bozordagi o'rnini belgilash strategiyasi (bozorning tanlangan segmentlarida potensial iste’mol-chilarning ko'zi oldida korxona mahsulotining jozibali tomonlarini topish imkonini beradi); maqsadli bozor strategiyalari korxonaga sotuv masalalarini yechishni, bozorning ma'lum ulushiga ega bo'lish va mahsulotga nisbatan tanlangan segmentlarda ijobiy munosabatlarni shakllantirish imkonini beradigan marketing miksni shakllantiradi. Marketing strategiyalarini guruhlashning uchinchi yo'nalishi bu strategiyalami marketing harakatlarining samarasini oshirish yo'1-yo’riqlari, usullaridir. Bu strategiyalar korxonaga maqsadli bozorlarda marketing komplekslarining alohida elementlaridan eng samarali foydalanish yo'lini tanlash imkonini beradi. Ular orasida quyidagi strategiyalami ko'rsatish mumkin:. keng iste’mol tovarlar strategiyalari, maqsadli bozorda potensial iste’molchilar kutgan tovarlarni assortimenti va sifati yuqori bo'lgani bilan ta’minlaydi; baho strategiyalari - tovarlardagi iste’molchi uchun qaarli deb hisoblangan axborotlami yetkazish bilan sh’ig'ullanadi; taqsimlash strategiyalari - korxona tovarlarini iste’molchilarga kerakli vaqtda, talab etilgan joyda yetkazib berish bilan shug’ullanadi; tovarlarni muvaffaqqiyat sari yetaklash strategiyalari marketing kompleksining barcha elementlarining iste’molchilar uchun foydaliligi to’g’risidagi axborotlami iste’molchilarga yetkazish, bu strategiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Yuqorida ko’rilgan strategiyalarning sxema shaklida ko'rinishi 40-rasmda keltirilgan. Korxonaning xalqaro miqyosda faoliyat olib borishiga qarab xalqaro marketing strategiyalarining umumiy, yetarli uzoq muddatli (e’tiborli va kompaniya darajasida amalga oshiriladigan). moslashadigan yoki intellektual turlarini keltirish mumkin. Har xil belgilarga qarab xalqaro marketing quyidagi turlarga bo'linadi: Geografik taqsimlanishi bo'yicha (ichki, milliy, regional, ko'pmillatli, global); tovarlaming bozorlarda taqsimlanishiga ko'ra (tor tovar turlari, bozorning tor bo'lagi, keng tovar turlari, bozoming global segmenti); Xalqaro marketing strategiyalarini guruhlashning boshqa belgilari bo'lib raqobat asosi hisoblanadi. Bunga ko'ra quyidagi strategiyalar keltiriladi: 41-rasmda har xil xalqaro strategiyalarning qaror qabul qilish darajasiga qarab o'zaro bog'liqlik sxemasi keltirilgan. Kompaniyalarning tashqi bozorlarga kirish yo'l-yo'riqlari, usullari bo'yicha bir nechta mualliflar quyidagi xalqaro marketing strategiyasini keltiradilar: xorijda kompaniya filialini tashkil etish; xorijda franchayzing tashkil etish; litsenziya sotish; shartnoma bo'yicha boshqarish; Tayanch (bozorning asosiy ulushi global ko'rinishga ega, bozorning ulushi lokal ko'rinishga ega bozorda, global o'rin egallagan); konfrontatsion (orqadan hujum qilish, oldindan hujum qilish, o'rab olish, chetlab o'tish); hamkorlik (strategik alyanslarni tuzish); innovatsion (texnologik yetakchi, ergashuvchi). pudratga olib ishlab chiqarish va sherikchilik; to'g'ridan-to'g'ri eksport qilish; bilvosita eksport. Har qanday kompaniya, bir marotaba xalqaro biznesga yuz tutsa, xalqaro bozorlarda faoliyat ko'rsatishi uchun mun-tazam ravishda strategiya masalasini hal etib turishi lozim. Marketing faoliyatining muvaffaqiyati umuman bozorda tovarlarning to'g'ri segmentlarga bo'lish va ularning o'mini belgilashga bog'liq. Tovarlarni segmentlarga bo'lishning yagona yo'li mavjud emas. Segmentlashtirish to'la yoki qisman bo'lishi, matematik usullami qo'llab yoki ularsiz, shakllantirilgan yoki eksport baholari orqali amalga oshiriladi (42-rasm). Qisman shakllantirilgan segmentlashning usul-laridan bin yetti bosqichli segmentlashtirish usuli hisoblanadi. (43-rasm). Bozor sigmentini tanlashda quyidagi ko'rsat-kichlar hisobga olinadi: segment hajmi, narxlarning arzonligi, muqobilligi, foydaliligi, o'rindoshlilik, himoyalanganlik, samaradorlik. Har bir segment sig'imini baholash Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling