Reja: 1 Marketing strategik rejasini shakllantirishning dastlabki
investitsion loyihalash va biznes rejalashtirish (F2)
Download 53.21 Kb.
|
1509370935 69517
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strategik marketing elementlari
investitsion loyihalash va biznes rejalashtirish (F2);
moliyaviy taxmin qilish va loyihani kuzatish (F3); loyihalarni boshqarish (F4); investitsion faoliyatni informatsion qo'llash (F5); quyida asosiy funksiyalar va ishlar yuqorida keltirilgan yo'nalishlar bo'yicha ko'rib chiqiladi. Fokuslashtirish jarayoni 36-rasmda keltirilgan. Strategik marketing elementlari
Fokuslashtirish bo'yicha amalga oshiriladigan harakatlar. Strategik marketing: (Fj) Marketingni rejalashtirish (marketing auditi, marketingni strategik rejasini ishlab chiqish). Firma faoliyati natijalarini tahlil qilish (eksponensial silliqlash, mavsumiy tebranishlarni hisobga olish, regression tahlil). Optimal baholi rejalashtirish (berilgan foyda ko'rsatkichiga ko’ra baholarni hisoblash). Xavf-xatarni va noaniqlikni tahlil qilish. Tizimning hisobotini shakllantirish (jadval, chizmalar, diagrammalar, ma’lumotlami bosmadan chiqarish). Biznes rejalashtirish (biznes rejaning marketing bo’limini ishlab chiqish). Sheriklar bilan axborot texnologiyalari orqali ishlash (Internet, mahalliy tarmoq ). Investitsion loyihalash va biznes rejalashtirish: (F2) Investitsion loyihalashtirish (investitsion loyiha-larning biznes rejasini ishlab chiqish, investitsion loyihalaming bajarilish jarayonini kuzatib borish). Investitsion faoliyat doirasidagi ilmiy-texnika siyosatini ishlab chiqish (korxona investitsion loyiha sohasidagi faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish, buyruq, dokladlar, qarorlar, investitsion faoliyat rejalari va boshqalar). Uslubiy ishlar(investitsion loyihalashtirishning uslubiyatini ishlab chiqish, korxonada investitsion sikllarni amalga oshirishni optimallashtirish . Investitsion tahlil (amaldagi va kelajakdagi tovar va xizmatlar bozoridagi moliyaviy ahvolni va raqobatbardoshligini tahlil qilish usulini va monetoringini ishlab chiqish va boshqalar). Ma’lumotlami tayyorlash (investitsion faoliyat subyektlari bilan yozishma, korxona tarkibiy qismlari va mutaxassislarning investitsion faoliyatini tezkorlik bilan ta’minlash va boshqalar). Korxona investitsion faoliyati sohasiga tegishli ishlarning tashkiliy hududiy shakllarini takomillashtirish (ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasini yaratish va kuzatish). Tekshirishlarning yakunini chiqarish 37-rasmda keltirilgan. Loyihalarni moliyaviy taxmin qilish va kuzatish: (F3) Firmaning makroiqtisodiy doirasini modellashtirish (barcha turdagi qadrsizlanishlarni ifodalash va taxmin qilish, chegirma stavkasini belgilash va boshqalar). Firmaning joriy moliya iqtisodiy ahvolini ifodalash (hisob siyosatining xos xususiyatlari, soliq va boshqa imtiyozlar). Loyihaning inversion rejasini ishlab chiqish (loyihaning boshlanish davrini, muddatini belgilash, loyiha bo'yicha xizmatlar ro'yxatini tuzish va boshqalar). Loyihaning operatsion rejasini ishlab chiqish (har bir mahsulotni ishlab chiqarishni rejalashtirish, umumiy xarajatlami shakllantirish va boshqalar). Moliyaviy hujjatlarni shakllantirish (standart moli-yaviy hujjatlarni shakllantirish grafik, diagrammalami ishlab chiqish va boshqalar). Loyihalarni guruhlash (pul mablag’lari harakati to'g'risida hisobotlar tuzish va boshqalar). Loyihalarni boshqarish: (F4) Loyihalarni inisiatsiya qilish (asosiy maqsadlarni aniqlash, loyiha qatnashchilarini belgilash va hokazo). Loyiha predmet sohasini boshqarish (loyiha hayot davri fazalarini tahlil qilish va boshqalar). Mahsulotlami rejalashtirish va nazorat qilish (loyiha kalendar rejasini ishlab chiqish, ishlarni grafik bo'yicha topshirish, turli modelini ishlab chiqish va boshqalar). Resurslarni rejalashtirish va nazorat qilish (zarur resurslami aniqlash, ortiqcha va foydalanilmaydigan resurslarni bartaraf qilish va boshqalar). Qiymatni rejalashtirish va nazorat qilish (loyiha budjetini global monitoringini o'tkazish, inflatsiyani hisobga olib joriy va taxmin qilingan tannarxni tahlil qilish). Loyihani tezkor boshqarish (loyihaning barcha ko'rsatkichlari bo'yicha ma’lumotlarni yangilash, ishlarni avtomatlashgan va qo'lda tuzatish va hokazo). Loyihaviy axborotlar (loyiha hujjatlarini to'la komplektini hozirlash, jadvallarni o'z vaqtida yangilash, foydalanuvchilarning so'roviga muvofiq loyiha bo'yicha axborotlarga ishlov berish va hokazolar). Investitsion faoliyatni informatsion qo'llash: (F5) 1. Mahalliy elektron tarmoqda ishlarni tashkil etish (xizmatlar ichida axborot ayirboshlash tizimini boshqarish, hisoblash resurslarini taqsimlash va boshqalar). Internet tizimida ishlami tashlil etish (PR va ichki firma xizmatini tashkil etish, virtual ishchi guruhlarini tashkil etish va boshqalar). Internet tizimi orqali aloqalami tashkil etish (rahbariyat bilan axborot tarkibini kelishish va web-sahifani yangilash uchun kerakli axborotlarni yig'ish va hokazo). Intemetning asosiy texnologiyalaridan foydalanib ishlash. Keltirilgan masalalami bajarish uchun strategik xizmat ichida uchta tegishli labaratoriyalar tashkil etish lozim: strategik marketing, biznes rejalashtirish, investitsion loyihalami boshqarish. Strategik marketing laboratoriyasi quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: Marketingning strategik rejalarini ishlab chiqish va kuzatish; maxsus marketing usullari, yo'l-yo'riqlarini, modellar, dasturlar va ularni avtomatlashtirish imkoniyatlarini tadqiq etish; korxona marketing informatsion tizimini yaratish va ishlashini ta’minlash; zamonaviy axborot texnologiyalari asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish tizimini ishlab chiqish; internet tizimi orqali tashqi va ichki muhitni avtomat-lashtirilgan tadqiqot tizimini ishlab chiqish va amalda joriy etish; investitsion loyihalami marketing tadqiqotlarini o'tkazish uchun tashqi tashkilotlar va korxona ichki bo'linmalari bilan o'zaro aloqasini tashkil etish. Investitsion loyihalarning zamonaviy, progressiv vositalardan foydalanib taqdimot marosimini o'tkazish; •ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, marketing tadqiqotlarini o'tkazish, xalqaro va milliy telekommunikatsion tizirnlar bilan aloqalar o'rnatish; • hujjatlarni yaratish, yangilash, saqlashni tashkil etish. Biznes rejalashtirish laboratoriyasi quyidagi vazifalarni bajarishga mas’ul: biznes loyihalashtirish tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; investitsion faoliyat bo’yicha bilimlarni jamlash va foydalanish tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; investitsiyalar jalb qilish maqsadida korxonani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bo'yicha investitsion loyiha va biznes rejalarni shakllantirishga qaratilgan ishlarni tashkiliy, uslubiy, texnik jihatdan ta’minlash; •korxonani rivojlantirish standartlarini, investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish; biznes reja, investitsion loyihalarni korxonaning rasmiy hujjati sifatida ishlab chiqish va rasmiylashtirish; investitsion loyihalarning samaradorligini ko'rsatuvchi ko'rsatkichlar va hisoblash usullarini ishlab chiqish; investitsion takliflar, loyihalar, biznes rejalar, kompleks va maqsadli dasturlarni audit ko'rigidan o'tkazishni tashkil etish; korxonani tashqi tashkilotlar bilan o'zaro aloqasini tashkil etish, biznes rejalar, investitsion loyihalar taqdimotida ishtirok etish. Investitsion loyihalarni boshqarish laboratoriyasi loyihalar bo'yicha tashabbuskorlik, loyihani boshqarish, bajarish muddatlarini nazorat qilish, resurslardan foydalanish jarayonini kuzatish, loyiha qiymatini oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik funksiyalarini bajarishi mumkin. Keltirilgan funksiyalarni bajarish jarayonida strategik xizmatning, korxonaning boshqa tarkibiy bo'limlari bilan aloqalari vujudga keladi. ( 8-jadval). Ishni strategik marketing va biznes rejalashtirishga tegishli funksiyalami birlashtirib olib borish zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi va raqobat rivojlanayotgan sharoitda korxonaning umumiy tashkillashgan darajasini oshishiga olib keladi. Strategik rejalashtirishning beshta yo’nalishi 39-rasmda keltirilgan.
Download 53.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling