bosh janrga aylanadi - umrining oxirigacha u yana o'nta opera
yozib ulgurdi. “Rojdestvodan oldingi tun”dan keyin eng yaxshi
epik asarlardan biri - “Sadko” voqeiy operasi paydo bo'ldi. Bir
vaqtning o'zida kompozitomi boshqa mavzu qiziqtira
boshlaydi. “Motsart va Salyeri” va “Boyarina Vera Sheloga”,
shuningdek, ancha vaqtdan beri o'ylab qo'yilgan “Shoh kelini”
(tarixiy-maishiy sujetga) operalari insonning murakkab ichki
dunyosini ochib berishga bag'ishlangan, ularda kompozitor
chuqur lirik-ruhiy va dramatik obrazlar yaratdi.
Shu vaqtning o'zida, lirik mavzuga qiziqib, u o'zining sara romanslarini yozadi: “Редеет облаков летучая гряда” (“Kamayar parvozdagi bulutlar to'pi”), “Ненастный день потух” (“Bulutli кип so'ndi”), “Медлительно влекутся дни
мои” (“Kunlarim sekin sudralar”) (hammasi A.Pushkin
so'zlariga), “Когда волнуется желтеющая нива” (“Sarg'aygan
boshoqlar to'lqinlanganda”) (M.Lermontov so'zi), “О чем в
тиши ночей” (“Tun sukuti nima haqda”) va “Oktava”
(A.Maykov so'zi), “Шепот, робкое дыханье” (“Pichirlash,
tortinchoq nafas”) (A.Fet so'zi), “Звонче жаворонка пенье”
(“To'rg'aydan jarangliroq kuylash”) va “He ветер, вея с
высоты” (“Shamolmas yuksakdan esayotgan”) (A.Tolstoy
so'zi). N.A.Rimskiy-Korsakovning vokal lirikasi xotirjam
mushohadali xarakteri, tuyg'ularning qat’iyligi va sipoligi bilan
ajralib turadi. Shu bilan birga, bas uchun “Anchar” va
“Payg'ambar” monolog-ariozolari (A.Pushkin so'zlariga)
mardonavor ko'tarinki, qat’iy-dramatik xarakterga ega.
Kompozitor operalarining taqdiri Imperatorga qarashli Mariin teatri sahnasi bilan bog'liq bo'ldi. Biroq bu yerdagi sahnalashtirish na musiqiy va na sahnaviy jihatdan ko'pda
Do'stlaringiz bilan baham: |