Purgoldlar bilan tanishadi, opa-singillar A.Dargomijskiy va
“Moguchaya kuchka” kompozitorlari asarlarining doimiy
ijrochilari edi. A.Dargomijskiy vafotidan so'ng N.A.Rimskiy-Korsakov uning vasiyatiga ko'ra, “Tosh mehmon” operasini orkestrlashtiradi.
1868— 1872—yillarda kompozitor o'zining birinchi operasi - "Pskovlik ayol” ustida ishlaydi. Bu opera L.Meyning Ivan
Grorzniyning “erkin shahar” - Pskovni Moskvaga
bo'ysundirishi uchun kurash davri tarixiy dramasi sujetiga
yozilgan. Avval aytilgandek, shu yillarning o'zida
M.Musorgskiy “Boris Godunov” operasini yozayotgan edi,
buning ustiga, do'stlar birga yashashardi. Ular ijodiy g'oyalar
bilan almashishar, ulami umumiy badiiy qiziqishlar birlashtirib
turardi. bulaming hammasi ikkala xalq musiqali dramasining
ba’zi g'oyaviy, dramaturgik, uslub xususiyatlari yaqinligiga o'z
ta’sirini o'tkazmasdan qolmasdi. “Pskovlik ayol” premyerasi 1873—yil Mariin teatrida bo'lib o'tdi.
Operaning yozib tugatilishi kompozitor hayotidagi baxtli o'zgarish - ajoyib pianinochi Nadejda Nikolaevna Purgoldga
uylanishi bilan to'g'ri keldi, bu ayol uni bir umr sevdi va unga sadoqatli do'st bo'ldi.
1871—yil yozida N.A.Rimskiy-Korsakov Peteiburg konservatoriyasining kuy bastalash, cholg'ulashtirish va,
shuningdek, orkestrga rahbarlik qilish bo'yicha professor
lavozimida ishlash taklifini qabul qildi. Biroq, yosh
musiqachilami o'qitishni boshlaganda, u o'z ijodiga ham ta’sir
etuvchi nazariy bilimlarida katta kamchiliklar borligini sezdi.
N.A.Rimskiy-Korsakov o'zi o'qiy boshlaydi, behisob mashqlar
va fugalar yozib, qadimiy mualliflar asarlarini o'rganib,
Do'stlaringiz bilan baham: |