Reja: Adabiy tilining xususiy me’yorlar haqida
Insonning nutqiy faoliyati uch ko‘rinishda bo‘ladi
Download 323.64 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Obyektivlik
Insonning nutqiy faoliyati uch ko‘rinishda bo‘ladi:
1.so‘zlash. 2. mutolaa 3. eshitish. So‘zlash deganda so‘zlovchining ma’lumot, maslahat berishi, buyurishi, o‘ziga noma’lum bo‘lgan narsalar haqida so‘rashi tushuniladi. So‘zlaganda so‘zlovchining bilimi, madaniyati, axloqi, odobi yuzaga chiqadi. So‘zlashning dialog va monolog ko‘rinishlari mavjud. Mutolaa qilish o‘quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, timsollari bilan muloqotidir. Mutolaa tufayli yozma nutqda aks etgan voqea-hodisadan xabardor bo‘ladi. Jamiyat o‘qituvchining qo‘liga yosh avlodni, ya’ni o‘z kelajagini ishonib topshiradi. Uning kamol topishida o‘qituvchining nutqi o‘ta muhimdir. Demak, bu kasb insonparvarlik, vatanparvarlik, yuksak madaniyatlilik, nutqiy malakaga ega bo‘lish keraqligini talab qiladi. Ilmiy uslubga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: 1. Aniqlik. Har qanday ilmiy bayon, xulosa, shubhasiz, aniqlikni talab qiladi. Shuning uchun bu uslubda so’zlarni aniq, asosan bir ma’noda qo’llash, sinonimik qatordagi variantlardan masalaning mohiyatini birmuncha aniq ifoda etadigan variantini tanlash, hyech bo’lmaganda, neytral variantini qo’llash taqozo etiladi. Terminlarni qo’llash bu uslubning asosiy xususiyati sanaladi: Ximiyaviy tarkibiga ko’ra gerbidsidlar anorganik va organik gerbidsidlarga bo’linadi. Anorganik gerbidsidlar: natriy arsenit, ammoniy sulfat, kalsiy sianamid, sulfat kislota va boshqalar. Organik gerbidsidlar: traktor kerosini, mochevina hosilalari, xlorfenoksisirka kislota, xlorfenoksimoy kislota va boshqalar. Hozirgi vaqtda ko’proq organik birikmali va ba’zan anorganik birikmali gerbisidlar qo’llaniladi (Dehqonchilik, 134). 2. Obyektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub doirasida til materiali fikrning haqqoniyligi, obyektivligiga xizmat qilishi lozimligi uqtiriladi 25 . «Mantiq» darsligidan bir misol keltiramiz: «Epimenid «Men yolg’on gapiraman» deb aytdi. Bu paradoksni mutlaqo hal etib bo’lmaydi. Aytaylik, Epimenid rost gapirdi, bu holda uning haqiqatda yolg’on gapirgani aniq bo’ladi. Aytaylik, u yolg’on gapirdi. Bu holda uning haqiqatda ham rost gapirgani ma’lum bo’ladi» Ma’lum bo’ladiki, haqqoniylik, obyektivlik nihoyatda murakkab jarayon bo’lib, uning reallashuvida faqatgina til birliklariga tayanib ish ko’rish qiyin. Uni vaziyat, suhbatdoshlarning bir- birlarini bilishi va tushunishi kabi ekstralingvistik omillar ham belgilashi mumkin. Download 323.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling