Reja: Adabiyot-so’z san’ati


Download 1.36 Mb.
bet24/38
Sana04.08.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1665059
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Bog'liq
Reja Adabiyot-so’z san’ati-fayllar.org

Savol va topshiriqlar:
l. «Hadis» so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
2. Hadislar nima uchun mo'tabar manba hisoblanadi? Hadislarning yuzaga kelish omillari haqida gapirib bering.
3. Muhaddis kim?
4. Qaysi muhaddislarni bilasiz?
5. Hadislar qaysi mavzularni qamrab oladi? Misollar bilan tushuntiring.
6. Epigrafdagi fikrlar Imom Buxoriyning qaysi xususi- yatini ta'kidlaydi?
7. Imom Buxoriy ustozlaridan kimlarni bilasiz?
8. Ota-onani rozi qilish, hurmatlash, qadriga yetish, ularning haqini ado etishga oid hadislar mazmunini sharhlang, fikringizni hayotiy voqealar yoki badiiy adabiyotdagi misollar bilan dalillashga harakat qiling.
9. Hadis ilmidagi saboqlar badiiy adabiyotda qanday davom etdi? Bunda har bir adibning ijodiy yondashuv xususi- yatlarini izohlab bering.
10 .Majmua va darslikda keltirilgan hadislardan o'ntasini yod oling.
11. Hadislarning hozirgi zamondagi ahamiyati nimada deb o'ylaysiz?
12. Hadislar adiblar ijodida qanday namoyon bo'lgan?
13. Hadislarda qaysi xususiyatlar qoralangan? Buning sabablari nimada deb o'ylaysiz?
14. Muhaddislarning tarixiy xizmatlari nimada?
15. O'rta osiyolik muhaddislar nomini sanang. Ular orasi¬da Imom Buxoriy qanday o'rin tutadi?
16. Olimning tarjimayi holiga oid qanday ma'lumotlarni bilasiz?
17. Uning qaysi shaxsiy fazilatlarini alohida ta'kidlab ko'rsa- tish mumkin?
18. Amir ibn Fallosning «Al-Buxoriyga ma'lum boimagan hadis, albatta, ishonchli emasdir», degan gapi nimani anglatadi? Uni qanday tushunganingizni bayon qiling.
19. «Al-adab al-mufrad»ning ma'nosi nima?
20. Ota-onalar bilan bog'liq hadislardan yod oling.
21. «Hadislar va yozma adabiyot» mavzusida uy inshosi yozing.
-90-
11-Dars.Ahmad Yugnakiy “Hibbat ul-haqoyiq”

Reja:

1. “Hibbat ul haqoyiq”-didaktik adabiyot namunasi

2.Ahmad Yugnakiyning o’zbek adabiyoti tarixida tutgan o’rni
Qoraxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy hayotda bir qadar barqarorlik va iqtisodiy-madaniy hayotda rivojlanish ko'zga tashlanadi. Shuning oqibatida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» (1069—1070), Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-turk» (1072- yil) asarlari yuzaga kelgan edi. Ahmad Yugnakiyning XII asrda yozilgan «Hibat ul-haqoyiq» asari ham qoraxoniylar davridagi madaniy yuksalish mevalaridan biridir.
Ahmad Yugnakiy va uning asari haqida ham mukammal ma'lumotlar yetib kelgan emas. Ayrim ma'lumotlar kitobning o'zida mavjud:
Adib Ahmad otim, adab, pand so'zim,
So'zum munda qolur, borur bu o'zum.
Demak, muallif o'z nomini Ahmad deb tanishtirmoqda. Adib — uning ijodkorligiga ishora. Ehtimol, bu xalq orasidagi mashhurlik belgisidir.
Atasi oti Mahmudi Yugnakiy,
Adib Ahmad o'g'li, yo'q ul hech shaki, —
misralari uning otasi haqida xabar bermoqda. Demak, adib Ahmadning otasi Mahmud bo'lib, u Yugnakda istiqomat qilgan. Adib Ahmad haqida Alisher Navoiy o'zining «Nasoyim ul-muhabbat» asarida juda muhim ma'lumotlarni beradi:
«Adib Ahmad ham turk elidin ermish. Aning ishida g'arib (ajoyib, qiziqarli) nimalar manquldur (naql qilingan). Derlarki, ko'zlari butov (bitgan, yopiq) ermishki, aslo zohir ermas ermish. Basir (ko'rmaydigan) bo'lub, o'zga basirlardek andoq emas ermishki, ko'z bo'lg'ay. Ammo bag'oyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy (taqvodor, parhezkor) kishi ermish.
...Haq subhonahu va taolo agarchi zohir ko'zin yopuq yaratqondur, ammo ko'ngil ko'zin bag'oyat yoruq qilg'ondur».
Bu fikrlarni «Hibat ul-haqoyiq» misralari ham tasdiqlaydi:
«Tug'a ko'rmas erdi adibning ko'zi».
Shuningdek, Alisher Navoiy Ahmad Yugnakiyning Bag'dod atrofidagi qishloqlardan birini maskan tutgani va mashhur Imom A'zam saboqlariga piyoda kelib ketishi haqida ham xabar beradi. Ammo bu Imom A'zamning shaxsiyati aniq emas. Tarixda mashhur bo'lgan Imomi A'zam VIII asrda Bag'dodda yashagan. Ammo Ahmad Yugnakiy XII asrda yashaganligi uchun gap bu yerda boshqa shaxs ustida borayotganligini tasavvur etish mumkin.
Alisher Navoiy aytgan fikrlar, shuningdek, asarning uyg'ur va arab harflari bilan ko'chirilgan nusxalarining ko'plab tarqalishi asarning Navoiy yashagan davrida ham ancha mashhur bo’lganini ko'rsatadi.

-91-
Asar qayerda yozilgan?


Muallif Yugnak shahrini eslatadi. Bunday shahar Farg'ona, Samarqand va Turkistonda mavjud. Ayrim manbalarda bu shaharning qadimgi nomi Sig'noq bo'lib, Samarqand yaqinida deb ko'rsatiladi.
Kitob Dod Sipohsolarbekka bag'ishlangan.
Adib uning «qoshqarcha til» bilan yozilganini ta'kidlaydi:
Tamomi erur qashg'ariy til bila,
Ayitmish adib riqqati dil bila.
Agar bilsa qashqar tilin ar kishi,
Bilur ul adibning nekim aymishi.
(To'laligicha qashqariy til bilan yozildi,
Adib (asarni) tushunarli til bilan yozgan.
Kimki qashqar tilini biladigan bo 'lsa,
Adibning nima demoqchi bo 'Iganini bilib oladi.)
«Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqat sovg'alari») o'zidan oldingi didaktik adabiyot an'analarini izchil va ijodiy davom ettiradi. Asarda ma'rifat g'oyalari tashviqi yetakchi o'rin tutadi.
Asar 14 bobdan iborat. U 254 baytni tashkil qiladi. Asar an'anaviy hamd, na't va bag'ishlovlarga ega. So'ng bilim maqtovi va johillikning zarari, til odobi va uni tiyish, saxiylik va baxillik haqida bahs yuritiladi.
Adib ilm-ma'rifatga alohida e'tibor qaratadi. Bilimdonlik va bilimli kishilar ulug’lanadi, nodonlik, jaholat inson ma'naviyatini yerga uruvchi hodisalar qatorida sanaladi:
Baholik dinor ul biliklik kishi,
Bu johil biliksiz, bahosiz bishi, —
ya'ni bilimli kishi bahosi baland bo'lgan dinor — oltinga o'xshaydi. Johil, bilimsiz odam esa qadri yo'q mevaga o'xshaydi.
Bilimli — bilimsiz, baholi dinor va bahosiz meva qarshilantirishlari ikki xil hodisaga berilgan munosib bahodir. Muallif bilimli va nodon odamlar hech qachon teng bo’lmaydi, ular orasidagi tafovut aniq ko'rinib turadi, deydi. Hatto bilimli ayol erkaklar qatorida, aksincha, johil er ayollar qatorida bo'lishini istehzo bilan ta'kidlaydi. Albatta, bu yerda ma'naviy hodisalar jismoniy kuch qatorida sanalmoqda. Bilimning insonga kuch-quvvat, qudrat baxsh etishi ta'kidlanmoqda.
Adibning nazarida har bir pand-nasihat, donishmandlikning o'z o'rni bor. U nodon va johil kishilarga yo'naltirilmasligi lozim. Zero, bu ish nafsiz bo'ladi.
Adib, eng awalo, kishi har bir so'zni o'ylab, anglab so'zlamog'i kerak, deb ta'kidlaydi.
Aya do'st, biliklik yizin izlagil,
Qali so'zlasang so'z bilib so'zlagil.
(Ey do'st, bilimli kishi izidan bor,
Agar so 'zlasang, o 'ylab, bilib so 'zlagin.)
Ana shunday kishi el nazdida qadrli, obro'-e'tiborli bo'ladi. Aytilgan so'z so'zlovchini boshqalar nazariga tushirishi lozim. Buning uchun esa kishi so'z mag'zini chaqib, o'qib, uqib so'zlashi, gapirganda, boshqalarga so'zlayotganda

-92-
mutlaqo shoshilmasligi kerak. Agar aksincha bo'lsa, so'zdan tiyilgani ma'qul.


Chunki pinhon tutilishi kerak bo'lgan so'z og'zidan chiqib ketsa, afsus, kishini boshi pushaymondan chiqmaydi.
Uqub so'zla so'zni, eva so'zlama,
So'zung kizla, kezin bashing kizlama.
(So'zni uqib so'zla, shoshib (behuda) gapirma,
So 'zingni yashir, keyin boshingni yashirib yurma.)
Ahmad Yugnakiy o'zigacha yashab ijod etgan salaflar ijodini puxta o'zlashtirgan. Bunda kitobning o'zida aniq ishoralar bor:
Bezadim kitobi mavoiz masal,
Baqig'li, o'qug'li asig' alsu teb.
(O'qimishli, savodli (kishilar) undan foydalansin, deb
(qo'llanma uchun) kitobni turli masallar bilan bezadim.) Asardagi boshqa o'rinlarda, ayniqsa, nutq odobi masalalarining yoritilishida adib Mahmud Koshg'ariy hamda Yusuf Xos Hojib ijodiga murojaat qilganligini, ularning bu boradagi qarashlarini ijodiy rivojlantirganini ochiq ko'rish mumkin. Fikrimizni quyidagi to'rtlik asosida izohlashga harakat qilaylik:
Eshitgil, biliklik neku teb ayur,
Adablar bashi til ko'dazmak turur.
Tiling bekta tutg'il, tishing sinmasun,
Qali chiqsa bekta, tishing sinur.
(Ilmli kishi nimalarni so'zlaydi, sen unga
quloq sol,
Odoblar boshi tildir, uni tiymoq zarur.
Tilingni tiy, tishing sinmasin,
Agar so'zlab yuborsang, (tiling) chiqib qolsa,
tishingni sindiradi.)
Bu yerda dastlab ko'zga tashlanadigan narsa Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-turk»ida keltirilgan maqolga hamohanglikdir. Ushbu maqol XI asrda «Ardam bashi til», ya'ni «Odobning boshi — til» tarzida qo’llangan edi.
To'rtlikning keyingi qismi esa Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asaridagi misralarni yodga soladi:
So'zungni ko'dazgil, bashing barmasun,
Tilingni ko'dazgil, tishing sinmasun.
(So'zingni asragin, boshing ketmasin,
Tilingni asragin, (ya 'ni tiygin, toki)
tishing sinmasin.)
To'rtlikning birinchi misrasi yana «Qutadg'u bilig» ohanglariga monand. Aslida bu tarzdagi eslatmalar og'zaki ijod namunalariga xos xususiyat. Bu holat Ahmad Yugnakiyning xalq an'analaridan unumli foydalanganini ko'rsatadi. Shuningdek, adib ustozlari ta'siri doirasida qolib ketmasdan, ularning axloqiy-ta'limiy qarashlari zaminida o'z fikrlarini yanada balandroq pardalarda, o'z zamondoshlari talab-ehtiyojlariga monand holda kuyladi.
Shoir nazarida eng muhim narsa «ko'ni so'z» ayta olishdir. «Ko'ni» — to'g'ri, rost, haqqoniy ma'nolariga ega.

-93-
Til — og'izning bezagi. «Ko'ni so'z» esa inson qalbini, kishi ko'nglini bezamog'i kerak. Buning uchun yolg'on gapirmaslikdan tashqari, yolg'onchi odam bilan yaqin turmaslik, unday kishilar bilan muloqot qilishdan o'zini tiya olish darkor:


Tili yalg'an ertin yiraq tur tez-a,
Kechur san-ma umrung ko'nilik uza.
Ag'iz, til bezagi ko'ni so'z turur,
Ko'ni so'zla so'zni, dilingni beza.
(Yolg'onchi kishidan iezlikda o'zingni uzoq tut,
Sen umringni to'g'rilik bilan kechir.
Og'iz va tilning bezagi to'g'ri so'zdir,
So'zni to'g'ri so'zla, dilingni beza.)
Shoirning to'g'ri va yolg'on so'zlar uchun qo'llagan o'xshatishlari ham e'tiborni tortadi. To'g'ri so'z yoqimli bo'lganidan uni shirinliklarning eng yaxshisi — asalga, yolg'on so'zning achchiq ta'sirini esa yovvoyi sarimsoq piyozga qiyoslaydi.
Yugnakiy bu bilan kifoyalanmasdan to'g'ri va yolg'on so'zni tinglovchi ko'zi oldida yanada aniqroq gavdalan-
tirishga urinadi. Bu maqsadda kasallik va uning davosi bilan bog'liq o'xshatishlarni keltiradi. Bunda yolg'on so'z dard, kasallikka, to'g'ri so'z esa uning davosiga qiyoslanadi:
Ko'ni so'z asalteg, bu yalg'an — basal,
Basal yeb achitma ag'iz, ye asal.
Bu yalg'an so'z igteg, ko'ni so'z — shifa,
Bu bir so'z o'zag'i urulmish masal.
(To'g'ri so'z asal kabidir, yolg'on (so'z) sarimsoq
piyozdir,
Sarimsoq piyozyeb og'izni achitmay, asal yegin.
Yolg'on so'z kasallik kabidir, chin so'z shifodir,
Bu so 'z to 'g 'risida (qadimda) shunday masal to 'qilgan.)
So'zni o'z o'rnida qo'llash — nozik san'at. Uning nazokatini teran anglash uchun, eng avvalo, bilim hamda bilimdonlik, zukkolik kerak. Bilimli odam so'z qo'llash me'yorlarini ham biladi, undagi ma'no nozikliklarini yaxshi his qiladi. Bilimsiz esa so'zni pala-partish ishlataveradi, unda ifodalangan ma'noning kishi qalbiga, ruhiy olamiga ta'sirini nozik anglashdan mahrum. Har kirn ko'rgilikni tilidan ko'radi, deb ta'kidlanishiga sabab ham aslida shu bilan bog'liq:
Neki kelsa erka tilitin kelur,
Bu tiltin kim ezgu, kim aqir bo'lur.
Eshit, but bu so'zga qamug' tengda teng,
Ko'zub, tilga yuknub tazarru qilur.
(Kishi boshiga tushgan har qanday ish uning tili
tufayli sodir bo 'ladi,
Bu til sababli ayrimlar yaxshilik, ba 'zilar
hurmat ko'radi.
Bu so'z (o'git-nasihat) barchaga teng,

-94-
(Ular so 'zni) tilga jo qilib yukinadilar,


muloyimlik qiladilar.)
Xususan, ko'p gapirish, ayniqsa, yolg'on so'zni aralashtirish Ahmad Yugnakiy ta'rificha, juda yomon illatdir. U boshqalarga katta zarar keltiradi. So'zlovchining o'zi ham undan aziyat chekadi, jamiyat oldida beburd bo'ladi. Ko'pchilikning nazaridan tushib qoladi. Shoir tili bilan aytsak, u o'zi uchun «muruvvat yo'lini» yopadi:
Eki nang biriksa bir erda qali,
Bukandi ul erka muruwat yo'li:
Birul yangshar ersa keraksiz so'zin,
Ikinchi yalg'an ersa ul erning tili.
(Bir kishida ikki narsa yuz bersa,
U kishiga muruwat yo 'li yopiladi.
Behuda so 'zlar bilan bir yo 7 aljirasa,
Ikkinchidan, bu kishining so'zlari yolg'on bo'lsa.)Yolg'onchilik, behuda so'zlash ham, aslidabilimsizlik oqibati. Bilim bunday yaramas ishning oldini oladigan quroldir. So'zlashuvda bilimdon bo'lish shart ekanligini isbotlash uchun adib yana bir dalil keltiradi: hatto yaratganni bilmoq, anglamoq uchun ham bilim zarur. So'z ma'nolarining barcha jihatlarini puxta o'zlashtirish uni qo'llash imkoniyatlarini kengaytiradi. Ezgu so'zli odamning yoshi, jinsi, millati muhim emas. Muhimi, uning alohida kishilarga, ko'pchilikka, jamiyatga keltiradigan nafida. Ana shu naf tufayli bilimdon kishilar «ajam ham arab»lar orasida e'tibor topadi, o'z sha'nining ulug’lanishiga erishadi:
Biliklik so'zi pand, nasihat, adab,
Biliglikni o'gdi ajam ham arab.
Tavarsizga bilgi tuganmas tavar,
Hisabsizqa bilgi yarilmas hisab.
(Bilimli kishining so'zi o'git, nasihat, odobdir,
Shuning uchun ham bilimlilarni arab ham ajam
olqishladi.
Molsiz faqir kishiga uning ilmi tuganmas
boylikdir,
Hisobsizga uning bilimi yechilmas (ochilmas)
hisobdir.)
Mutafakkir yana shu narsani ta'kidlaydiki: «ko'ni so'z» ham, «haq so'z» ham bilimsiz uchun ahamiyatli emas, aniqrog'i bilimsiz odam haq bilan nohaq so'zning qadr-qimmatini anglab yetolmaydi. Shuning uchun ham unga o'git-nasihat qilmoqdan naf yo'q. Chunki u ezgu nasihatlarni qabul qilishga ma'naviy jihatdan tayyor emas, ularni «hazm qila olmaydi»:
Biliksizka haq so'z tatiqsiz erur,
Anga pand-nasihat asig'siz erur.
Ne turlug arig'siz arir yuv desa,
Jahil yub arimas arig'siz erur.
(Ilmsizga to'g'ri so'z ma'nosizdir,
Unga o 'git-nasihat foydasizdir.
-95-
Turli yuviqsizlarga (iflos kishilarga) yuvin
deb buyurilsa, toza bo'lur,
Ammo johil qancha yuvinmasin pok bo 'Imaydi.)
Yusuf Xos Hojib kabi Ahmad Yugnakiy ham kitobida til odobiga doir maxsus boblarni ajratgan. Ulardan biri «Tilni tiyish va axloq-odob haqida» deb ataladi. Keyingisi esa «Aqldan ozish, til jarohati va uni tiyish haqida» deb nomlangan. Shu o'rinda har ikki bobdan bittadan to'rtlikni keltirish o'rinlidir:
Xiradliqmu bo'lur tili bush kishi,
Telim bashni yedi bu til, so'z bushi.
O'chukturma erni tilin bil, bu til
Bashaq tursa butmas, butar o'q bashi.
(Tili achchiq kishining aqli yetuk bo 'ladimi,
Til va so 'z zahari ko 'p kishilarning boshini yedi.
Kishini o'chakishtirma, (uning) tilini bil, bu til
Yarasi tuzalmaydi, o 'q jarohati esa bitib ketadi.)
Safih er tili o'z bashi dushmani,
Tilindan to'kuldi telim er qani.
O'kush so'zlaganda o'kungan telim,
Tilin beklaganda o'kungan qani.
(Ahmoq kishining tili o'ziga dushman,
Ko 'p kishilarning qoni tili tufayli to 'kildi.
Ko'p so'zlaganlar ichida o'kinganlar ko'pdir,
Tilni tiyganlar orasida o 'kingan bormi, qani.)
Ko'rinib turibdiki, til odobiga bo'lgan e'tibor hech qachon susaymagan. Jamiyat a'zolari orasidagi «eng muhim aloqa vositasi» bolmish til haqidagi adib Ahmad Yugnakiy aytgan fikrlar haligacha o'z kuchini yo'qotmagan. Ular hozirgi kunda ham ta'lim-tarbiya ishimizda ko'mak beradi.
Ahmad Yugnakiy umumturkiy adabiyot, jumladan, o'zbek adabiyoti tarixida ham alohida o'ringa ega. U Yusuf Xos Hojibdan keyin didaktik adabiyot rivojiga katta hissa qo'shdi.
Hajman katta boimagan (500 misradan ko'proq) «Hibat ul-haqoyiq» asari orqali u yuksak insoniy tuyg'ularni, insonparvarlikni, yaxshi fazilatlarni, insonning ma'naviy kamolotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan fazilatlarni targ'ib qildi.
Asarda qasida va g'azal shakliga mos keladigan namunalar, murabba' va to'rtlik janrlari, masnaviy shakli uchraydi.
Adib bilimning ahamiyati haqida so'zlar ekan, turmushdan olingan nihoyatda hayotiy, ibratli misollar orqali so'zlaydi:
Biliksiz yiliksiz so'ngakteg hali,
Yiliksiz so'ngakka sunulmas elik.
Bu yerda bilimi yo'q odam ichida iligi yo'q suyakka nisbat berilmoqda. Iligi yo'q suyakka qo'l cho'zilmaganidek (sunulmas elik), bilimsiz odam ham boshqalar e'tiboridan chetda qolishi hayotiy timsol orqali ta'sirli ifodalanmoqda.
Asarda «Qutadg'u bilig»dagi tasvir usullariga uyg'un namunalar anchagina. Adib Yusuf Xos Hojib qo'llagan «ko'nilik (to'g'rilik) to'ni», «muruvvat yo’li», «ati (nomi) o’luk» singari istioralardan unumli foydalangan.
-96-
Asar «Qutadg'u bilig» singari aruzning mutaqorib bahrida yozilgan.
Bi-lik-lik bi-ring-ga bi-lik-siz mi-ngin
V - - V - - V - - V -
Te-ngak-li te-nga-di bi-lik-ning te-gin.
V - - V - V - - V -
Yoki:

Ya-zug'-lug' ki-shi-ning ya-zu-g'in ke-chur,


V - - V - - V - - V -
A-da-vat ko'-ki-ni qa-zib kes o'-chur.
V - - V - - V - - V -
Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarida o'gitlar faqat muallif tilidan bayon qilingan.
Pand-nasihat ruhi Ahmad Yugnakiy ijodi uchun ham xosdir. Bularning barchasi o'zbek adabiyoti tarixida didaktikaning, «o'gitnoma»larning salmoqli o'rin tutishini ko'rsatadi


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling